|
Hisobot bajaruvchi
|
bet | 3/3 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 29,3 Kb. | | #140194 |
Bog'liq Hisobot bajaruvchi (1)Ichi kovak g‘isht yuqorida qayd qilganimizdek uvalanishga moyil, siqilishga chidamsizdir. Bu kamchiliklarni ularga kuchli plastik moddalar qo‘shish orqaligina bartaraf etish etish mumkin. Toshkent Kimyo–texnologiya instituti «Silikat materiallar texnologiyasi» kafedrasi olimlarining fikricha, bu maqsadlarda 10-15% miqdorda Keles bentoniti yoki Angren kaolinitini lyossga qo‘shish maqsadga muvofiq.
G‘ishtning silikat g‘ishti deb ataluvchi turini ishlab chiqishda esa ohaktosh va qum ishlatiladi. ishlatilayotgan kvars qumida kremniy (IY)-oksidining miqdori 90% dan kam bo‘lmasligi, ohak esa to‘yinmagan va so‘nmagan bo‘lishi kerak. 90-93% qum va 7-10% miqdorda ohak aralashtirilgandan so‘ng ohak baraban yoki silosxonalarda suv yordamida so‘ndiriladi.
O‘tga chidamli va yuzali g‘ishtlarning olinishida asosan tarkibida alyuminiy oksidi ko‘p bo‘lgan va kimyoviy formulasi gidroalyumosilikatga to‘g‘ri kelgan oq kaolin tuprog‘i hamda tog‘ jinslarining barcha turlari qo‘llaniladi. Masalan. Shamot g‘isht nomli o‘tga chidamli materialning olinishida ishlatiladigan tuproqning temperaturaga chidamliligi 1580оС dan, undagi alyuminiy (III)-oksidining miqdori esa 28% dan kam bo‘lmasligi kerak.
ғisht ishlab chiqarish jarayoni murakkab bo‘lib, u bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Quyida berilayotgan oddiy va unumli g‘isht ishlab chiqarishning texnologik sxemasi bu haqda tushuncha hosil bo‘lishga yordam beradi.
Tuproqni qazib olish (ekskavator)
|
Qo‘shilma
(qum, toshqol, ko‘mir, qipiq)
|
Bug‘,suv
|
↓
|
↓
|
↓
|
Tuproqni saqlash (qishda isitish)
|
Tayyorlash
|
↓
|
↓
|
↓
|
↓
|
Tuproqqa ishlov berish
(yashikli uzatgich, bulg‘alagiya, begun)
|
Dozalash
|
Dozalash
|
|
↓ ↓
|
↓
|
Massa tayyorlash
(bir va ikki vali tuproq aralashtirgich)
|
|
↓
|
|
g‘ishtni quyish
(lentali vakuum yoki vakuumsiz press)
|
|
↓
|
|
Quritish
(aylanma yoki tunnel pechi )
|
|
↓
|
|
Tayyor mahsulot ombori
(kran, konteyner)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
g‘isht ishlab chiqarish kerakli xomashyo manbalari bor yerlarda amalga oshiriladi va ish xomashyoni bir yoki ko‘p cho‘michli ekskavatorlar yordamida qazib olishdan boshlanadi. So‘ngra tuproq 12 yoki undan ham ko‘p yuk ko‘taradigan KrAZ, BelAZ markali avtosamosvallarda tuproq saqlash omboriga jo‘natiladi va saqlanadi.
Xomashyoni maydalash jarayoni g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasining eng ahamiyatli jarayonidan biridir. g‘isht korxonalarida bu jarayon toshajratkich va silliq vali mashina (bulg‘alagichlar) yordamida bajariladi.
150-200 mm o‘lchamli bo‘lakchalar toshajratkich silindrlarida 12 mm gacha, silliq vallarda esa 3-4 mm gacha maydalanadi. Mexanik aralashtirgichlar yordamida tuproqqa qo‘shimcha moddalar va suv qo‘shiladi. Sanoatda keng tarqalgan SM-447A aralashtirgichda bir soat davomida 18 m3 moddani qo‘shish va namlash mumkin. Namlikning massada bir tekisda tarqalishi, tuproqning tez bo‘kishi uchun suv o‘rnida 0,5-0,7 atmosferali bug‘ ishlatilsa yaxshi natijalar berishi mumkin. Texnologlarning fikricha, 1000 dona g‘ishtga 100-150 kg bug‘ sarflash g‘ishtning markasining hech bo‘lmaganda 25 kg ga oshishini ta’minlaydi.
18-23% namlikdagi g‘isht massasi va vakuumsiz yotiq lenta presslarda 2-5 kg|sm2 li bosim ostida qoliplarga quyiladi. Vatanimizda keng tarqalgan, 420-700 mm simob ustuniga teng vakuumli va 100 kvt tok kuchi yordamida ishlaydigan SM-443A pressining unumdorligi soatiga 5000 ming donani tashkil qiladi. Shuningdek, qishtni yarim quruq presslash usuli bo‘yicha 100-150 atm bosim ta’sirida ham qoliplash mumkin. Bu holatda namligi 8-12% bo‘lgan tuproq ishlatiladi.
Nurli yoki rotatsion avtomatlar bilan brusdan kesilgan g‘isht «avtomat-taxlagich» mashinalar yordamida quritish vagonchalariga joylanadi. Jumladan, «SM-562A» markali shunday mashina bir soatda 8000 dona g‘ishtni taxlaydi, ya’ni ilgari 8-10 kishi bajaradigan ishni bir o‘zi bajaradi.
Xom g‘isht 6-9% namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli operatsiya hisoblanib, g‘isht haftalab ochiq maydonlarda quyosh nuri yoki yonayotgan o‘tin yordamida quritilar edi. Hozirgi paytda g‘isht quritish jarayoni zamonaviy kamera yoki tunnel quritgiyalarda 90-120оС da quritiladi. Quritish vaqti ham bir necha marta qisqaradi: kamera agregatida 40-70 soatni, tunnel agregatida esa 15-40 soatni tashkil qiladi.
Quritilgan g‘isht quritgich vagonchalaridan olinib, maxsus vagon yoki xonalarga joylanadi va so‘ngra pishiriladi.
Qurilish g‘ishtini olish uchun ishlatiladigan shixta tarkibiga erish temperaturasi past bo‘lgan moddalarning kirishiga qaramasdan xom g‘ishtning pishishi va qattiq toshga aylanish temperaturasi hali ham yuqoriligicha (900-1100оС) qolmoqda. Shuning uchun g‘ishtlar maxsus o‘tdonda, ya’ni aylanma (halqasimon, ichida aylanma yo‘llar bo‘lgan) va tunnel pechlarida kuydiriladi yoki ularga avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O‘tga chidamli g‘isht tarkibiga erishi qiyin bo‘lgan kaolin tuprog‘i, temperaturaga temperaturaga chidamli tog‘ va sun’iy jinslar kirganligi sababli, ular kuydirilayotganda temperatura ancha yuqori (1350-1500оС atrofida) bo‘ladi va ular asosan tunnel pechlarida tayyorlanadi.
Hozirgi zamonaviy g‘isht kuydirish pechlari gigant inshootlardan biri bo‘lib, uning maydoni o‘n, hatto yuz m2 ni tashkil qiladi. Misol tariqasida aylanma (xalqasimon) pechning hajmi 950, tunnel pechining hajmi 315-440 m3 ni tashkil qilishini eslatib o‘tish kifoya. Bu pechlar elektr toki, gaz yoki mazut orqali isitiladi. Bunday pechlarning 1m3 hajmidan bir oyda 1500-5000 dona g‘isht pishirib olinadi. Bitta 100 m3 hajmni tashkil etgan pechdan yiliga olinadigan g‘isht mahsuloti 25 million donani tashkil etadi. g‘ishtlarni kuydirish vaqti 24 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin. Xozirgi paytda silikat g‘ishtlar katta hajimli avtoklavlarda pishiriladi. Ishlov berishda bug‘ning temperaturasi 150-2000 С atrofda bo‘lib bosim 7-8 atm.ni. Avtoklavda ishlov beri shvaqti esa 14-16 soatni tashkil etadi. Faqat shunday sharoit yaratilgandagina qum va ohak suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi, g‘ishtning mustahkamligini ta’minlovchi monokalsiygidrosilikat mineralini hosil qiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, amaliyotning butun davri kompaniya faoliyatining turli nuqtalari bo'yicha tahliliy ishlarga boy bo'ldi. Ushbu faoliyat yo'nalishlari nafaqat xodimlarni boshqarish tizimini, balki kompaniyaning bozorda ishlashining iqtisodiy va moliyaviy masalalarini ham o'z ichiga oladi.
Ushbu amaliyot hisobotini yozish jarayonida muallif boshqaruv tizimiga oid asosiy masalalarni tahlil qildi va tadqiq qildi. Tahlillar natijasida ma’lum bo‘ldiki, “G’isht savdo” X/F yuqori raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi kompaniya hisoblanadi.
Korxonaning strategik rejasining mohiyati, uni yaratish uchun korxonaning ichki va tashqi muhitini tahlil qilish kerak:
Korxona faoliyatining yo'nalishini belgilaydi.
Marketing tadqiqotlari tuzilmasini, Iste'molchilarni o'rganish jarayonlarini, mahsulotni rejalashtirishni, uni bozorga olib chiqish va narxni rejalashtirishni yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Korxonaning har bir tarkibiy bo'linmasini korxonaning umumiy maqsadlari bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlar bilan ta'minlaydi.
Turli yo'nalishlarda bo'limlarning sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishni rag'batlantiradi.
Korxonani o'zining kuchli va zaif tomonlarini raqobatchilar, atrof-muhitdagi imkoniyatlar va tahdidlar nuqtai nazaridan baholashga majbur qiladi.
Tashkilot amalga oshirishi kerak bo'lgan muqobil harakatlarni yoki ularning kombinatsiyasini aniqlaydi.
Resurslarni taqsimlash uchun asos yaratadi.
|
| |