Mundarija
Kirish
I-Nazariy qism
1.1.
Ehtimollik va uning ta’rifi.
1.2.
Ehtimolning klassik, geometrik va statistik ta’riflari.
1.3.
Elementar hodisalar fazosi.
1.4.
Ehtimollar nazariyasini aksiomatik asosda qurish.
II-Amaliy qism
2.1.
Mustahkamlash uchun masalalar .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
K I R I SH
«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» darsligi Jahon Iqtisodiyoti
va Diplomatiyasi Universiteti 0 ‘quv Metodik Kengashida tasdiqlangan namunaviy
va o ‘quv dasturlar asosida tuzilgan. Mazkur darslik iqtisod yo‘nalishida ta’lim
oluvchi talabalarga «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» fanini
o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Ushbu darslikda mualliflarning oxi^gi 10 yil
davomidagi dars berish jarayonida to‘plagan tajribalarining ijodiy mahsulidir.
Darslikda «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» fanining «tasodifiy
hodisalar», «tasodifiy miqdorlar va ularning funksiyalari» va «matematik
statistika» qismlari o‘z aksini topgan.
Har bir mavzu uch qismdan iborat bo‘lib, awalo, qisqacha mavzuga tegishli
nazariya bayon qilingan, so‘ng mavzuga tegishli nazariy va amaliy masalalami
yechish jara yoni yoritilgan va nihoyat, mustaqil ishlash uchun masalalar
keltirilgan. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani metodlari hozirda
xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, jumladan iqtisodiyotda keng
qo‘llanilmoqda.
Oxirgi yillarda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha olingan Nobel mukofot lari
ning sovrindorlari ham ushbu fanning ayrim yo‘nalishlarini iqtisodiy jarayonlarga
qo‘llab, makroiqtisodiy ko‘rsatgichlami matematik modellarini tahlil qilgandan
so‘ng awaldan bashorat qilish usullarini yaratganlari uchun jahon olimlari
tomonidan tan olinmoqda. Yuqorida aytilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi
zamon iqtisod chisi ushbu fan asoslarini chuqur o‘rganib iqtisodiyotga qo‘llash
usullari haqida yaxshi tasawuiga ega bo‘lsalaigina iqtisodiyotning jahon
iqtisodiyoti, xalqaro savdo, moliyaviy bozorlar, sug‘urta masalalari va boshqa
sohalarda tasodifiy jarayonlar va hodisalami mikro va makroiqtisodiy
ko‘rsatgichlarga ta’sirini chuqur tahlil qila olishlari mumkin. Ikkinchi tarafdan esa
iqtisodiy statistikani va ekonometrikaning asoslarini ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika usullari tashkil qilishini e’tiborga olsak, ushbu fanni o‘rganish
qanchalik muhimligini yanada yaqqol tasawur qilamiz.
So‘ngi vaqtlarda o‘qituvchi va talabalar obqish va o‘rganish jarayonida
zamonaviy kompyuter dasturlaridan va turli xil maxsus statistik paketlardan keng
foydalanmoqdalar.
Darslikda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kursining amaliy
mashg‘ulotlarida zamonaviy shaxsiy elektron hisoblash mashinalari —
kompyuterlardan foydalanish maqsadida EXSEL sistemasining ayrim standart
funksiyalari imkoniyatlari yoritiladi Matn davomida mavzu bo‘yicha kompyuter
imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap borganda maxsus belgilar ishlatilgan.
Mavzu va unga oid masalalami tanlash borasida iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi
masalalami yoritishga harakat qilingan.
|