1.3.Elementar hodisalar fazosi.
Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri tasodifiy hodisalar .
Bu tushuncha tajriba bilan chambarchas bog`liqdir.Tajriba sun`iy
ravishda
yaratiluvchi yoki uni o`tkazuvchi shaxsning ixtiyoriga bog`liq bo`lmagan holda
vujudga keluvchi ma`lum shrtlar kompleksi bajarilganda , o`tkaziladigan sinovdan
iborat.Tajribalarni ikki sinfga (turga) bo`lish mumkin.Ularning biriga tajriba
natijalari
tabiat
qonunlariga
tayangan
holda
oldindan
aytib
berilishi
mumkin.Bunday
tajribalar
deterministik (aniqlangan)
degan nom bilan
yuritiladi.Tajribalarning ikkinchi sinfida esa bir xil shart-sharoit bajarilganda ham
sinov natiasida bir – birini rad etuvchi xilma-xil hodisalar ro`y berishi
mumkin.Bunday
xilma-xillik masalan,elektr
lampochkalarining ishdan chiqish
hodisasini kuzatganda , elementlar zarrachalar bir-birlari bilan to`qnashganda ,
individumlarning biror tibbiy preparatga ta`sirchanligi kuzatilganda va hokazolarda
uchraydi. Bunday tajribalarni o`rganish ehtimollar
nazariyasining predmetini
tashkil etadi.Ular
tasodifiy (stoxastik)
yoki ehtimollik tajribalari deb ataladi.Biz
bunday tajribalarni istalgan qaytarish mumkin, deb faraz qilamiz .
Tasodifiy tajribaning har qanday natijasi
elementar hodisa
deyiladi. Tajriba
natijasida ro`y berishi mumkin bo`lgan barcha elementar hodisalardan tashkil
topgan to`plamni biz
elementar hodisalar fazosi
yoki
tanlanma fazo
deb ataymiz
va Ω orqali belgilaymiz , har bir elementar hodisani esa ω , (ω
∈
Ω)
orqali
belgilaymiz.
Elementar hodisalar fazosining tuzilmasini izohlash uchun quyidagi misollar
keltiramiz.
1.3.1-misol.
Tajriba va jinsli simmetrik tanga tashlashdan iborat bo`lsin.
Raqamni
va gerbni
orqali belgilasak , u holda elementar hodisalar
va
bo`lib ,
elementar hodisalar fazosi
to`plamdan
iborat bo`ladi.
1.3.2-misol.
Tajriba nomerlangan kubni (yoqlari birdan oltigacha
nomerlangan bir jinsli kubni ) tashlashdan iborat bo`lsin. Bunda elementar
hodisalar fazosi
to`plamdan iborat.
1.3.3-misol.
Faraz qilaylik , biz telefon stansiyasining
ishini bir soat ichida
kuzatib , chaqirishlar (talablar) soni bilan qiziqaylik. Kuzatuv vaqtida bitta ham
chaqirish kelmasligi ,
bitta chaqirish kelishi , ikkita chaqirish kelishi va hokazo
hodisalar ro`y berishi mumkin. Bu tajriba elementar hodisalar fazosi
ko`rinishiga ega.
1.3.4-misol.
ta sharni ta turli sharlarni o`z ichiga olgan idishdan tanlash
bilan bog`liq bo`lgan murakkabroq tajribani ko`rib o`tamiz.
Har bir tanlovda
olingan shar idishda qaytarib qo`yilgan tajribaga