HADOOP MAPREDUCE ORQALI KATTA HAJMLI MA’LUMOTNI PARALLEL QAYTA ISHLASH
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada biz katta hajmli ma‟lumot sifatida qarash mumkin bo‟lgan tarixiy asardagi so‟zlarning chastotaviy tahlilini amalga oshirdik. Buning uchun katta hajmdagi ma‟lumotlarni taqsimlangan saqlash tizimlari saqlash jarayonini amalga oshirdik, hamda parallel hisoblashlar yordamida qayta ishlangan ma‟lumotlani tahlil qildik. Taqsimlangan saqlash tizimi sifatida Hadoop HDFS(Hadoop Distributed File System)
tizimidan, parellel hisoblashni amalga oshirishda esa Hadoop MapReduce komponentidan foydalanilgan. Bundan tashqari ushbu maqolada, aynan shu katta hajmli ma‟lumotlarni ananaviy hisoblashlar yordamida qayta ishlashdan olingan natijalar ham keltirilgan. Ananviy hisoblashlar va parallel hisoblashlar yordamida olingan natijalarga asoslangan holda xulosalar qilingan.
Kalit so’zlar: so‟zlar
chastotasi, Big Data,
Hadoop HDFS, Hadoop MapReduce,
parallel hisoblash, taqsimlangan saqlash tizimi