ADABIYOTLA TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 248,25 Kb.
bet2/5
Sana13.05.2024
Hajmi248,25 Kb.
#228978
1   2   3   4   5
Bog'liq
hadoop mapreduce orqali katta hajmli ma lumotni parallel qayta ishlash

ADABIYOTLA TAHLILI VA METODOLOGIYA


Bugungi kunda har kuni 2,5 (1018) kvintillion bayt ma‟lumot yaratilmoqda va bu ko‟rsatgich 2022 yilda har bir inson uchun kuniga 2,1 MB ma‟lumot yaratilganligini bildiradi.[1] Bu turdagi katta hajmli ma‟lumotlar bilan ishlashda yangidan-yangi algoritm va texnologiyalar ishlab chiqishni talab qilmoqda. 2018 yilda jami to„plangan ma‟lumot miqdori 912 eksabaytni tashkil etdi, deb xabar beradi TrendFocus[2]. 2013-2015 yillarda oralig„ida to„plangan ma‟lumotlar hajmi shundan oldingi butun insoniyatning o„tmish tarixiga qaraganda ko„proq ma‟lumotlar yig„ilganini takidlashgan. 2025-yilga kelib, barcha ma‟lumotlar 163 zettabayt (ZB) ga teng bo„lishi mumkinligi ta‟kidlangan.
Katta ma‟lumotlar - bu xar xil turdagi va avtonom ma‟lumot manbalaridan kelib chiqadigan keng miqyosli, hajmli va ko„p formatli ma‟lumot oqimlarining yig„indisidir[2,3]. Katta hajmli ma‟lumotlarning asosiy xarakteristikasi bo„lib, u keng miqyosli ma‟lumotlar markazlarida va saqlash zonalari tarmoqlarida saqlash joylarini egallash bilan tavsiflanadi. Katta ma‟lumotlarning katta o„lchamlari nafaqat ma‟lumotlarning turli xil bo„lishiga olib keladi, balki natijada ma‟lumotlar to„plamida xilma-xil o„lchovlar paydo bo„ladi[4]. Katta miqdordagi ma‟lumotlarni tahlil qilish inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo„lgan qonuniyatlarni aniqlashda yordam beradi[5]. Big data atamasi ilk bora Nature jurnalining 2008 yildagi sonida duch kelish mumkin. Jurnal muharriri Klifford Linch dunyodagi ma‟lumotlar hajmining intensiv ortib borishiga bag‟ishlangan maqolasida bu haqda to‟xtalgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytish mumkin. Katta hajmli ma‟lumotlarni tushintirishda “Meta Group”(eski Facebook) kompniyasi tomonidan ishlab chiqilgan xususiyatlar muhimdir.


1-rasm. Katta hajmli ma’lumot xususiyatlari.



    • Volume – ma‟lumotlar hajmining kattaligi [3]. Ma‟lumotlarning hajmini kattaligi, ahamiyati va uni katta ma‟lumotlar deb hisoblash mumkinmi yoki yo„qligini birdiradi;




    • Variety – bu ma‟lumotlarning turi va xususiyatini ifodalab, turli xil ma‟lumotlarni bir vaqtning o„zida qayta ishlash imkoniyatidir.

    • Velocity – ma‟lumotlar o„sish tezligi va natijaga erishish uchun ma‟lumotlarni qayta ishlash vaqtining real vaqtga yaqinligi.

    • Value – Katta ma‟lumotlar to„plamlarini qayta ishlash va tahlil qilish orqali erishish mumkin bo„lgan ma‟lumotlarning ahamiyati.

    • Veracity – bu katta ma‟lumotlar uchun kengaytirilgan ta‟rif bo„lib, bu ma‟lumotlar sifati va ma‟lumotlar qiymatini anglatadi.

Ushbu xususiyatlardan kelib chiqib biz tanlagan obyekt Abdulla Qodiriyning “O‟tkan kunlar” asarini katta hajmli ma‟lumot deb atash mumkin. Ushbu asar 220 sahifadan iborat bo‟lib, unda sal kam 100 000 so‟zdan foydalanilgan. Belgilar soni esa 574 000 dan oshadi. Biz yechmoqchi bo‟lgan masala esa ushbu asardagi so‟zlarning chastotasini hisoblashdan iborat. Boshqacha aytganda, ushbu ulkan asarda har bir so‟z nechta marta qo‟llanganini xiosblash zarur bo‟ladi.
Bu masalani yechishda biz ikki hil metoddan foydalandik:

  1. Java Core ga asoslangan dastur yordamida ananviy hisoblash

  2. Hadoop MapReduce ga asoslangan parallel hisoblash

Endi bu ikki metod haqida to‟xtalib o‟tamiz. Java Core ga asoslangan dasturimiz Eclipse IDE muhitida yozilgan. Bu dastur bitta WordCount deb nomlangan klass dan tuzilgan bo‟lib, java.io.FileInputStream kutubxonasi yordamida katta hajmli ma‟lumotni fayldan o‟qib oladi. Bundan tashqari dasturda java.util.ArrayList, java.util.Iterator, java.util.Scanner kabi kutubxonalardan foydalanilgan. Dasturning asosiy bajaruvchi tanasi quyidagicha
Dastur sanalgan so‟zlarni java.io.FileOutputStream kutubxonasi yordamida faylga yozib qo‟yadi. Dastur hisoblashlarni ananviy tarzda parallel bo‟lmagan usulda bajaradi. Ya‟ni dastur kodini kompilyatsiya qiladi. Keyingi qadamda uni JRE (Java ishlash muhiti) ga uzatadi. JRE esa o‟z navbatida CPU(markaziy protsessor)ga uzatadi va CPU da hisoblash bajarilib, shu ketma ketlikda orqaga qaytadi. Java Core ga asoslangan birinchi metodimiz haqida chuqur to‟xtalib
o‟tirmayman, ikkinchi metodimizga chuqurroq to‟xtalaman.

Ikkinchi metodimiz katta hajmli ma‟lumotni taqsimlangan saqlash tizimiga saqlab, uni parallel hisoblash yordamida qayta ishlashga asoslanadi. Biz buning uchun Apache litsenziyasi asosida ishlovchi Hadoop HDFS va Hadoop MapReduce dan foydalandik. Apache Hadoop - bu katta hajmdagi ma'lumotlar va hisoblash bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun ko'plab kompyuterlar tarmog'idan foydalanishni osonlashtiradigan ochiq manbali dasturiy ta'minot vositalari to'plami. U MapReduce dasturlash modelidan foydalangan holda katta ma'lumotlarni taqsimlangan saqlash va qayta ishlash uchun dasturiy ta'minot tizimini taqdim etadi. Apache Hadoop yadrosi Hadoop Distributed File System (HDFS) deb nomlanuvchi saqlash qismi va MapReduce dasturlash modeli bo'lgan ishlov berish qismidan iborat. Hadoop fayllarni katta bloklarga ajratadi va ularni klasterdagi tugunlar bo'ylab tarqatadi. Keyin ma'lumotlarni parallel ravishda qayta ishlash uchun paketlangan kodni tugunlarga o'tkazadi. Asosiy Apache Hadoop fremvorki quyidagi modullardan iborat:



  • Hadoop Common - boshqa Hadoop modullari uchun zarur bo'lgan kutubxonalar va yordamchi dasturlarni o'z ichiga oladi;

  • Hadoop Distributed File System (HDFS) - klaster bo'ylab juda yuqori agregat o'tkazish qobiliyatini ta'minlovchi tovar mashinalarida ma'lumotlarni saqlaydigan taqsimlangan fayl tizimi;

  • Hadoop YARN – (2012-yilda taqdim etilgan) klasterlardagi hisoblash resurslarini boshqarish va ulardan foydalanuvchilarning ilovalarini rejalashtirishda foydalanish uchun mas‟ul platforma;

  • Hadoop MapReduce - keng ko'lamli ma'lumotlarni qayta ishlash uchun MapReduce dasturlash modelini amalga oshirish.

  • Hadoop Ozone - (2020 yilda taqdim etilgan) Hadoop uchun ob'ektlar do'koni.




Download 248,25 Kb.
1   2   3   4   5




Download 248,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ADABIYOTLA TAHLILI VA METODOLOGIYA

Download 248,25 Kb.