9-Mavzu:
Ozbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk
agentligi
dagi EHMuchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi xizmati
O’zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun
yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi
to’g’risida
O’zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun
yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi
Qonuni 06.05.1994 yilda qabul qilingan va 05.04.2002 va 30.08.2002 yillarda
o’zgartirishlar
kiritilgan.
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning
huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni O’zbekiston
Respublikasida tartibga soladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va
ma’lumotlar
bazalarining
huquqiy
himoyasi
borasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu
Qonunda nazarda tutilganidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro
shartnoma
yoki
bitim
qoidalari
qo’llaniladi.
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini mualliflik
huquqi
ob’ektlari
sirasiga
kiritadi.
Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, ob’ektiv shaklda ifodalangan, bosib
chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining
natijasi bo’lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va ma’lumotlar
bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur
yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi toki aksi isbotlanmagunga qadar
saqlanib
qolaveradi.
Ushbu
Qonun
bilan
beriladigan
huquqiy
himoya:
har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda ifodalanishi mumkin bo’lgan
EHM uchun yaratilgan dasturlarning barcha xiliga (shu jumladan, operastiya
tizimlari va dasturiy majmualarga) nisbatan, boshlang’ich matn va ob’ekt kodiga
nisbatan ham, shuningdek ma’lumotlarni tanlash va tashkil etish bo’yicha ijodiy
mehnatning natijasi bo’lgan ma’lumotlar bazalariga nisbatan tatbiq etiladi;
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari yoxud ularning biron-bir
qismiga asos bo’lgan g’oyalar va prinstiplarga, shu jumladan, interfeys hamda
algoritm tashkil qilish g’oyalari va prinstiplariga, shuningdek dasturlash tillariga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
EHM uchun dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi
ular yaratilgach yuzaga keladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar
bazasiga bo’lgan mualliflik huquqi e’tirof etilishi va ro’yobga chiqarilishi uchun
ro’yxatdan o’tkazish yoki o’zga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
Mualliflik huquqi ob’ekti bo’lmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan
ma’lumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi ma’lumotlar bazasini yaratgan
shaxslarga tegishli bo’ladi.
Boshqa shaxsning mualliflik huquqi ob’ekti bo’lgan materiallarni o’z ichiga
olgan ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mualliflik huquqi bunday materiallarning har
biriga nisbatan mualliflik huquqiga rioya qilingan taqdirdagina e’tirof etiladi.
Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan materiallarning har biriga nisbatan mualliflik
huquqi saqlanadi. Bu materiallar ma’lumotlar bazasidan qat’i nazar ishlatilishi
mumkin.
Ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ushbu
ma’lumotlar bazasiga kirgan materiallar va asarlarni mustaqil ravishda tanlashi va
tashkil etishiga monel ik qilmaydi. Huquq egasi o’z huquqlaridan xabardor qilish
maqsadida EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining birinchi bor
bosib chiqarilishidan e’tiboran mualliflik huquqining uch qismdan: doira yoki kichik
qavs ichiga olingan "S" harfi; huquq egasining nomi (ismi); EHM uchun yaratilgan
dastur yoki ma’lumotlar bazasi birinchi bor bosib chiqarilgan yil ko’rsatilgan
yozuvdan
tarkib
topgan
himoya
belgisini
qo’llashi
mumkin.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik
huquqi ularning moddiy ashyosiga nisbatan mulk egaligi huquqi bilan aloqador
emas. Moddiy ashyoga nisbatan bo’lgan huquqlarni o’zgalarga har qanday tarzda
berish EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo’lgan
mualliflik huquqlaridan birortasining o’zgalarga o’tib qolishiga sabab bo’lmaydi.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik
huquqining amal qilish muddatlari qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan mualliflik
huquqi normalariga muvofiq belgilanadi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik,
shuningdek muallifning (mualliflarning) yoki o’zga huquq egasining shaxsiy va
mulkiy huquqlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. EHM uchun
yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi (mualliflari) yoxud o’zga
huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini
modifikastiyalashni, shu jumladan, dasturni bir dasturlash tilidan boshqa tilga
o’tkazishni amalga oshirish va (yoki) amalga oshirishga ruxsat etish borasida mutlaq
huquqqa ham egadir.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy
huquqlar shartnoma bo’yicha o’zga jismoniy yoki yuridik shaxslarga to’liq yoki
qisman o’tkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta
quyidagilar belgilab qo’yiladi: EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar
bazasidan foydalanish hajmi va usullari, haq to’lash tartibi va mukofot puli miqdori,
shartnomaning amal qilish muddati.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy
huquqlar
qonunda
belgilangan
tartibda
meros
bo’lib
o’tadi.
Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yoki ish beruvchining topshirig’iga binoan
yaratilgan EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mulkiy huquqlar
ish beruvchiga, basharti u bilan muallif o’rtasidagi shartnomada o’zgacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa, tegishli bo’ladi.
Haq to’lash tartibi va mukofot puli miqdori muallif bilan ish beruvchi
o’rtasidagi
shartnomada
belgilab
qo’yiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga nisbatan mulkiy
huquqlarga ega bo’lgan tashkilot yoki korxona (mulkchilik shaklidan qat’i nazar)
qayta tashkil qilinsa, tarqatib yuborilsa yoki tugatilsa, barcha mulkiy huquqlar
tegishli ravishda sudning yoki tugatish komissiyasining qaroriga ko’ra muallifga
(mualliflarga), davlatga yoki boshqa huquqiy vorisga o’tkazilishi mumkin.
|