|
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
|
bet | 2/2 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 18,67 Kb. | | #160866 |
Bog'liq Tadbirkorlar reytingiMezon
|
Ballar
|
1
|
So‘nggi 12 oy ichida kompaniyaning ish joyini (pochta manzilini) uch yoki undan ortiq marta o‘zgartirish
|
-5
|
2
|
So‘nggi 12 oy ichida kompaniya direktorining uch yoki undan ko‘p marta o‘zgarishi
|
-5
|
3
|
Oxirgi 3 yil ichida kompaniya direktori yoki ta’sischisining jinoiy hukmi yoki bankrotligi
|
-5
|
4
|
Avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish
|
bir o‘zgartirish uchun -1 ball (maksimal 5)
|
5
|
QQS to‘lovchi sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish
|
-10
|
6
|
Soliq qarzlarini mol-mulk hisobidan undirish (jarima to‘langanidan keyin olib tashlanadi)
|
-5
|
7
|
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortish
|
ma’muriy — 2;
jinoiy — 5.
|
8
|
MXIKdan noto‘g‘ri foydalanish (oyiga kamida 2 marta)
|
-5
|
9
|
Kreditorlik qarzlarini undirish bo‘yicha sud jarayonlari (12 oy ichida ikki yoki undan ko‘p marta)
|
-10
|
Qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar quyidagilardan iborat:
Reytingni ijtimoiy faollik orqali ham yaxshilash mumkin.
|
Mezon
|
Ballar
|
1
|
Xodimlar orasida muhtoj shaxslarning (ijtimoiy himoya yagona reyestri, “temir”, “ayollar”, “yoshlar” daftarlaridagi), shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulushi.
|
10−20 foiz — 5;
20 foizdan ortiq — 10;
|
2
|
Eng kam ish haqidan yuqori ish haqi oladigan xodimlar sonining yillik o‘sishi (yangi kompaniyalar uchun dinamika oldingi oyga nisbatan ikkinchi oydan boshlab hisoblanadi)
|
1−10 foiz — 2;
10−20 foiz — 4;
20−30 foiz — 6;
30−40 foiz — 8;
40−50 foiz — 10;
50 foizdan ortiq — 15;
|
3
|
To‘langan QQS miqdori tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,1 baravar yuqori bo‘lsa yoki eksportdan olingan daromad umumiy daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa (QQS to‘lovchilar uchun — oyiga BHMning kamida 10 baravari)
|
10
|
4
|
Aylanmadan olinadigan soliq to‘langan miqdori tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,1 baravar yuqori bo‘lsa yoki eksport daromadi umumiy daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa (QQS to‘lovchilar uchun — oyiga BHMning kamida 10 baravari) (AOS to‘lovchilar uchun oyiga BHMning kamida 1 baravari)
|
10
|
Reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi. “AAA” reytingiga ega bo‘lgan korxona soliq tekshiruvidan o‘tkazilmaydi (jinoyat ishlari bo‘yicha tekshiruvlar bundan mustasno). QQS summalari tekshiruvlarsiz bir kun ichida qaytariladi (hozirda 7 kundan 30 kungacha).
4 va 5-soliq toifalaridagi hududlarda faoliyat yurituvchi “AA” va undan yuqori reyting bahosiga ega bo‘lgan tadbirkorlar bo‘lib to‘lashga sotiladigan davlat mulki va yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Xususan, davlat mulki va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi uchun kamida 15 foiz boshlang‘ich to‘lov to‘lansa, qolgan mablag‘ 5 yil (hozirda 3 yil) ichida to‘lanishi mumkin. Bunda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha yillik foizlar hisoblanmaydi.
Reytingi “A” va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha to‘langan soliq summalari (QQSdan tashqari) uch kun ichida (hozirda 15 kun) qaytariladi. Bundan tashqari, tovar va xizmatlarni import qilish va sotishda to‘langan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi qo‘llanadi.
Ushbu rag‘batlantirish choralari davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan davlat korxonalari va kompaniyalariga tatbiq etilmaydi.
Davlat rahbari tomonidan joriy yilning 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy etilayotgan reyting “tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim” ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, u yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘layotganini aytib o’tdi.
|
| |