• Parol va tasdiqlash kodlari xavfsizligi
  • Qanday himoyalanish kerak?




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana26.02.2024
    Hajmi0.74 Mb.
    #162823
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-seminar
    5-класс ВОСПИТАНИЕ, Namuna, O, Masalalar yechish bo\'yicha praktum. Sillabus, 1 (2), 1 (3), 1.4 (2), Ma\'no, 2.09-tarbiyaviy ishlar metodikasi, To\'qliyeva M, To\'qliyeva M. (1), Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word, piraktika1, piraktika2
    Qanday himoyalanish kerak? 
    Qog’oz va boshqa internetga aloqador bo’lmagan vositalarda saqlanadigan axborotni 
    ishonchli joyda saqlash kerak. Bunday ma’lumotlar keraksiz bo’lib qolgan vaziyatda albatta 
    axborotni uni saqlovchi vosita bilan birga jismoniy yo’q qilish maqsadga muvofiq. Qaysidir 
    maxfiy xujjat kerak bo’lmay qolsa, uni chiqindiga butunligicha tashlab yubormang. Disk yoki 
    fleshkada maxfiy ma’lumotingizdan qutulmoqchi bo’lsangiz, shunchaki axborotni o’chirish bilan 
    cheklanmang. Albatta axborotni uni tashuvchi vosita bilan birgalikda qayta tiklab bo’lmas holatga 
    keltirib, keyin tashlab yuborish tavsiya etiladi. Har qanday katta parchalarda yirtilgan qog’ozni 


    birlashtirish, har qanday disk yoki fleshkadan o’chirilgan ma’lumotni ma’lum texnologiyalar 
    asosida tiklash mumkinligini unutmang. 
    Internetdagi axborot xavfsizligi esa juda katta mavzu. Bugungi kunda deyarli hammaning 
    hayotiga kompyuterlar, smart telefonlar, onlayn bank kartalari va boshqa vositalar orqali kirib 
    kelgan internet texnologiyalariga bog’liq axborot xavfsizligini ko’p uchraydigan muammolar 
    jihatidan bo’lib ko’rib chiqamiz. 
    Parol va tasdiqlash kodlari xavfsizligi 
    Internetda foydalanishingiz mumkin bo’lgan xizmatlarning deyarli barchasida shaxsiy 
    parolingiz bo’lishi talab etiladi. Bunda tizimlar sizni xavfsiz parol tanlashga majbur qilishadi. Juda 
    oddiy va xavfli bo’lgan parollarni ishlatishingizga shunchaki yo’l qo’yilmaydi. Internetdan yaxshi 
    xabardor foydalanuvchilar biladiki, kamida 8 ta belgidan iborat bo’lgan, katta harf, belgi va 
    raqamlar uyg’unligida tuzilgan parollar «xavfsiz» sifatida baholanadi. Albatta, parolni bundan 
    ham mustahkamroq qilib yaxshiroq axborot xavfsizligiga erishishingiz mumkin. Internetda parol 
    generatorlari ko’p. Strong Password Generator kabi xizmatlardan foydalanib ishonchli va 
    mustahkam parol tanlashingiz mumkin. Albatta, generatsiya qilingan parollarni eslab qolish juda 
    qiyin. SHu sababli Google Password Manager kabi parollarni saqlash/boshqarish tizimlaridan 
    foydalanishingizni tavsiya qilaman. Bunday xizmatlardan foydalanishda esa barcha tuxumlarni 
    bitta savatda saqlash xavfi ham paydo bo’ladi. Parol boshqaruv xizmatiga kiradigan parolni bilgan 
    kishi unda saqlanayotgan barcha parollarga egalik qilishi mumkin 😀 Buning oldini olish esa ikki 
    qadamli tasdiqlash (2FV) vositalaridan foydalanish orqali bo’lishi mumkin. 
    Parol qanchalik qiyin bo’lishining o’zi axborotingizni xavfsiz qilib qo’ymaydi. Bitta 
    parolni bir nechta saytlar vxizmatlarda ishlatishingiz uni ancha mo’rt qilib qo’yadi. Sizning 
    parolingiz har qancha uzun, chalkash va xavfsiz bo’lmasin, u o’nta saytda bir xil shaklda ishlatilsa 
    va ularning bittasida parolingizni buza olishsa, demak sizning qolgan to’qqizta saytingizga ham 
    shu parol bilan bemalol kirish mumkin bo’ladi. Internetda ishlatiladigan parollarni hazil tariqasida 
    kishining ich kiyimiga o’xshatishadi: ich kiyimning egasi faqat bitta bo’lishi kerak, uni hech kim 
    ko’rmasligi kerak va albatta tez-tez almashtirib (yangilab) turish kerak. 

    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish