|
6-dars. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida axborot va jinoyat
|
bet | 1/2 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 27,48 Kb. | | #112343 |
Bog'liq axborotlar himoyasi
6-dars. AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA ANTIVIRUSLAR HAQIDA
Axborot va jinoyat
Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o‘z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko‘zlab axborotni «o‘g‘irlash», «bu zish», «keraksiz ma’lumotga to‘ldirish», axborot saqlanadigan qu rilmalarni ishdan chiqarish hollari hayotda uchramoqda. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.
Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari na faqat mutaxassislarni, balki barcha hisoblash texnikasidan foy dalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib ke layotgani bilan bog‘liq.
«Axborot» tushunchasiga yondashuv ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko‘proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o‘ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o‘zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o‘nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot «o‘g‘rilarini» (axborot o‘g‘rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo‘lgan) yangi pog‘onaga ko‘tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o‘z xonasidan chiqmasdan o‘zlashtirib olishi (o‘g‘irlashi), ularni g‘arazli maqsadlarda o‘zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o‘zo‘zidan axborotni himoyalash extiyojini keltirib chiqaradi.
Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqarildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlaridan bog‘liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq va bank
tizimi, transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashhis ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy sohada ham alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘onasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o‘ziga jalb etdi. Ular tomonidan yetarli texnik va dasturiy vositalar yordamida qiyinchiliksiz maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarning amalga oshirilishi mumkin bo‘lib qoldi. Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik soha mutaxassislari yangi, kutilmagan muammoga duch keldi.
1971yilda AQSHning «NyuYork Penni Sentral Reylroud» temir yo‘l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo‘qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo‘qolgani aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish vagonlar yo‘qolishining sababi kompyuterga atayin noto‘g‘ri manzil kiritilganida ekanini ko‘rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi «elektron jinoyat» edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, «elektron
jinoyatchilar»ga ham yangi imkoniyatlar ochib berdi.
Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar
Lotin tilidagi media (medium) so‘zi o‘zbek tilida vosita, vo- sitachi, muhit ma’nolarini bersa ham, hozirgi kunda bu so‘z ingliz tilidagi mazmuniga mos radio, televideniye, mobil telefon va Internet vositalarini o‘z ichiga oluvchi «ommaviy axborot vositalari» kabi tushunilmoqda. Ma’lumki, ushbu vositalar orqali turli mazmunda juda katta hajmdagi axborotlar o‘tmoqda. Bu axborotlardan qaysi biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olish oson emas. Ayniqsa, Internet tizimida yoshlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, odobaxloq va huquqiy me’yorlarning buzilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar ko‘p. Bunday ma’lumotlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm);
• chet el yashash tarziga xos, lekin milliy mafkura va madaniyatimizga zid g‘oyalar, qarashlar (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo);
• tekshirilmagan yoki soxta ma’lumotlar;
• axloqsiz voqealarni o‘z ichiga olgan axborot (rasm, video, hikoya)lar.
74
16-dars. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida
Shu sababli, Internet tarmog‘ida ishlaganda axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda ma’lumot yuborish, olinayotgan ma’lumotlarni milliy mafkuramiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas urfodatlarimizga zid, qonunlarimizga xilof emasligini aniqlay olish savodxonligiga ega bo‘lish muhimdir. Bunday savodxonlik media-savodxonlik deb ataladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan xavflardan ogohlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deganlar: «… agarda kimdakim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzumaqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimizni muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi».
Viruslar ta’siri
Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o‘z malakasini oshirish uchun yoki shunchaki «hazillashib» buzg‘unchilik qilayotgan «yosh dasturchilar» ko‘proq zarar yetkazadi. Chunki ular juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba’zilari kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham.
Internet orqali yetkazilishi mumkin bo‘lgan asosiy zararlar:
• tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz «kirish» va uni Sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish;
• internetda uzatilayotgan axborotlar «yo‘lda ushlab olinib», ulardan nusxa olish yoki o‘zgartirish;
• turli virus (kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni o‘chirish, o‘zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo‘shilib olish, «yuqish» xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus dastur) dasturlarini websahifalarga «yashirib qo‘yish»;
• turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonalarga tegishli axborotlarni o‘g‘irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda to‘lov talab qilish;
• jamiyat mafkurasi va ma’naviyatiga zid axborotlarni Internetda e’lon qilish.
Ba’zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tu shunib olish mumkin. Masalan, Black Hole (Qora Tuynuk, ya’ni ekranning chap burchagidan qora tuynuk ochadi), Black Friday (Qora Juma, juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o‘chiradi), Friday
75
II bob. Internetda ishlash asoslari
13 (13sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o‘chiradi), «sekin ta’sir qiluvchi virus» (kompyuter ishini bir necha yuz marta sun’iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo.
Viruslar klassifikatsiyasi
Viruslarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: – fayl viruslari [COM, EXE va DLL ni zararlaydi];
– boot-viruslar [disketlarni boshlang‘ich yuklovchi sektorlari (yoki
MBR – Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi];
– makroviruslar;
– tarmoq viruslari.
Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko‘p tarqalgan viruslardir.
Ular barcha viruslarning taxminan 80 % ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo‘lib, o‘z vaqtida ehtiyot chorasi ko‘rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (Qora Juma).
Bootviruslar o‘zini diskning operatsion sistemani yuklovchi
0trakiga yozib oladi. Bunday viruslar foydalanuvchi hali an tivirus dasturini ishga tushirmasdan avval, operatsion sistema yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi. Bootviruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Bootviruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam hamda ular sekinroq tarqaladi. Tabiiyki, ham fayl sistemasiga, ham yuklash (Boot) sektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
Makroviruslar – ma’lumotlarni qayta ishlovchi turli tizimlar ga (matn muharrirlari, elektron jadvallar) o‘rnatilgan makrotil imkoniyatlaridan foydalanadi. Ular, ayniqsa, Microsoft Word va Excel dasturlarida keng tarqalgan. Bunday viruslar zararlangan fayllar ishga tushganda faollashadi va shu turdagi fayllar ishga tushsa, ularni ham zararlantiradi. Ular nafaqat alohida kom pyuterlarni, balki ushbu dasturlar o‘rnatilgan tarmoqdagi kompyu terlarni ham zararlantiradi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi viruslar replikatorlar deb atalib, tar moqdagi barcha yoki ba’zi abonentlarni zararlaydi. Tarmoq viruslari o‘zini keng tarqatishi uchun tarmoq protokollari yoki kompyu ter tarmoq va elektron pochta buyruqlaridan foydalanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan ushbu turdagi viruslar – troyanlar va pochta viruslari (cherv). Bunday viruslar ma’lumotlarni o‘g‘irlashda keng imkoniyat yaratadi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomli bo‘lib, u 1988yilda Internet tarmog‘idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirgan.
76
16-dars. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida
Viruslardan himoyalanish
Bunday xavflarni oldini olishning bir qancha choratadbirlari mavjud. Ularga rioya qilish xavfni butunlay bartaraf etmasada, sezilarli darajada kamaytiradi. Quyida ushbu choratadbirlarning asosiylari keltirilgan:
• shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish;
• internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish;
• ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish;
• kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dastur lardan foydalanish.
Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko‘rish maqsadida o‘g‘irlashga arziydigan qimmatli axborot bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o‘chirib yuborish yoki foydalanib bo‘lmaydigan darajada
o‘zgartirib yuborishga qodir. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter xavfsizligi sohasida taniqli mutaxassis Fred Koen nomi bilan bog‘liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko‘chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muhim ma’lumotlarni o‘chirish, sistema fayllarini «buzish» kabi ishlarni bajarish xususiyatiga ega bo‘lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushar edi. Axborotni o‘g‘rilardan himoya qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Kompyuterdagi ma’lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSH, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqa rilmoqda. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlari keng foyda lanilmoqda:
DrWeb for Windows
Kaspersky AntiVirus
Norton Antivirus
Aidstest
Avira Internet Security
McAfee VirusScan
Avast Antivirus
NOD32
77
II bob. Internetda ishlash asoslari
1. Axborotlarni himoya qilish nima uchun kerak?
2. Internet orqali kompyuter va uning axborot resurslariga qanday
zarar yetkazilishi mumkin?
3. Viruslarning qanday guruhlari bor?
4. Fayl viruslari qanday «ko‘payadi»?
5. Axborot xavfsizligi va «elektron jinoyatchi»lardan himoyalanishni
ta’minlovchi choratadbirlar haqida so‘zlab bering.
6. Kriptografiya deganda nimani tushunasiz?
7. Kompyuter viruslarining yaratilishiga kim turtki bo‘lgan?
8. Kompyuter viruslariga qarshi qanday kurashish mumkin?
9. Bootviruslar haqida so‘zlab bering.
1. Mantiqan mos qo‘ying:
Internet axborot «o‘g‘rilarini» yengillashtirish maqsadida yaratildi. Kompyuterlar inson ish faoliyatini yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Kompyuter viruslari esa ularni o‘chirib yuborish yoki
yangi, kutilmagan muammoga duch kelib qoldi.
Adliya, kriminalistika, milliy xavf sizlik soha mutaxassislari
foydalanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirib yuborishga qodir.
2. Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
Hozirda kompyuter tizimlariga o‘z malakasini oshirish yoki shunchaki «hazillashib» … qilayotgan yosh das turchilar ko‘proq zarar yetkazadi.
bajaradigan
Ba’zi virus dasturlarining nomidan ham … ishini tu shunib olish mumkin.
manfaat ko‘rish
Sizning shaxsiy kompyuteringizda …maqsadida o‘g‘irlashga arziydigan qimmatli axborot bo‘lmasligi mumkin.
buzg‘unchilik
3. Quyidagi fikrlardan qaysi biri to‘g‘ri:
a) kompyuter viruslaridan foydalanish uchun maxsus dasturlar –
antiviruslar ishlab chiqishga to‘g‘ri keldi;
b)jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘onasida vi
ruslar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o‘ziga jalb
etdi;
c) Internet axborot «o‘g‘rilarini» yangi pog‘onaga ko‘tardi.
|
| |