• Tayanch so’z va iboralar
  • 14.1 KODLI SIGNALLARNI RELS ZANJIRIGA UZATISHDA SVETOFOR KO’RSATKICHLARIGA MOSLIGINI TEKSHIRISH
  • 14-ma’ruza avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signalizatsiya (als) qurilmalaridagi o‘lchovlar




    Download 154.2 Kb.
    bet1/3
    Sana08.04.2023
    Hajmi154.2 Kb.
    #49675
      1   2   3
    Bog'liq
    14-maruza
    jinoyat protsessual kodeksi, Pasport-2019, Topshiriq 1-laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki x, homework, Kasb psixologiyasining predmeti, maqsadi va vazifalari, amaliy a-www.hozir.org 3, Саволлар жавоби билан, New Microsoft Word Document, “Мактабгача ва умумий ўрта таъли, ТАҚДИМОТ, 3.Нанаотехнология ва наноматериалларнинг ҳаётимиздаги ўрни ва аҳамияти, top, Ўсимликларнинг ўсиши ва ривожланиш физиологияси, Buddaviylik dinining paydo bolishi, Garb mamlakatlarining borliq xaqidagi taminotlari

    14-MA’RUZA
    AVTOBLOKIROVKA VA AVTOMATIK LOKOMOTIV SIGNALIZATSIYA (ALS) QURILMALARIDAGI O‘LCHOVLAR.

    REJA
    14.1. Kodli signallarni rel’s zanjiriga uzatishda svetofor ko’rsatkichlariga mosligini tekshirish.
    14.2. Avtoblokirovka rel’s zanjirlaridagi kuchlanishni o’lchash.
    14.3 ALS tizimlarining vazifasi va tasniflanishi
    14.4. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish.

    Tayanch so’z va iboralar
    Zamonaviy temir yo’l transportidagi avtomatika va telemexanika tizimlari-ning xususiyatlari, poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash, strelka va sig-nallarni markazlashtirish qurilmalari, dispetcherli markazlashtirish, peregondagi poyezdlar harakatini boshqarish uchun avtomatik tizimlar, avtomatik blokirovka, avtomat, avtomatika, avtomatik boshqaruv, avtomatik boshqarish tizimi, boshqa-riladigan ob’yekt, avtomatik boshqarish qurilma, telemexanika, telemexanik tizim

    14.1 KODLI SIGNALLARNI RELS ZANJIRIGA UZATISHDA SVETOFOR
    KO’RSATKICHLARIGA MOSLIGINI TEKSHIRISH
    Kodli signallarni rel’s zanjiriga uzatishda svetofor ko’rsatkichlariga mosligi qo’shma rel’s zanjiridagi kuchlanish qutblanishini tekshirish bilan bir vaqtda va izolyatsiyalangan stik tutashuvi himoya sxemasi ishi tekshiriladi.
    Kodli signallarni rel’s zanjiriga uzatishda svetofor ko’rsatkichlariga mosligini IVP-ALSN raqamli asbobdan yoki s4380 (EK-2346, IRS 50/25) qo’shma asbobdan foydalangan holda tekshiriladi. Sonli kodli signal ko’rinishi (3, J i KJ) rel’sga asbobni ulash orqali aniqlanadi. Rel’s zanjiridagi kodli signallarni aniqlashda svetofor ko’rsatkichlariga e’tibor beriladi.
    Kodli signallarni rel’s zanjiriga uzatishda svetofor ko’rsatkichlariga mosligi xududiy sharoitdan kelib chiqqan holda loyiha texnik xujjati asosida sariq va yashil ranglarning lampalari olinganda ham tekshiriladi.
    Kodli signallarning svetofor ko’rsatkichlariga mosligini tekshirishda asosiy e’tibor ogohlantiruvchi (kirish oldi) svetoforidan kirish svetoforidan oldin joylashgan va kirish svetofori qizil, o’chib-yonuvchi sariq, 2ta sariq va h.k. signal ko’rsatkichlarida blok-uchastkani kodlanishiga berilishi kerak. Rel’s zanjirining kodlanishi va svetofor signal ko’rsatkichi loyiha texnik xujjatiga mos kelishi kerak.
    Uzluksiz turdagi avtomatik lokomotiv signalizatsiya (ALS) rel’s zanjirli avtoblokirovka tizimlarida tekshirish uchun kodlash svetofor oldidan rel’s zanjiriga SHU-01m shuntlash metodi orqali amalga oshiriladi. Bu ish poyezdlar harakatidan bo’sh vaqtda amalga oshiriladi. Tekshiruv boshlash vaqtini katta elektromexanik (elektromexanik) yaqin stansiya navbatchisi (DSP) yoki poyezd dispetcheri bilan kelishib oladi. Rel’s zanjiridagi kodli signallarni svetofor ko’rsatkichlariga mosligini tekshirishda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi kerak.


    Download 154.2 Kb.
      1   2   3




    Download 154.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-ma’ruza avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signalizatsiya (als) qurilmalaridagi o‘lchovlar

    Download 154.2 Kb.