|
1- topshiriq: Menejment
|
Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 40,83 Kb. | | #119684 |
Bog'liq MENEJMENT QONUNLARI VA TAMOYILLARI
1- Topshiriq: Menejment – so’ziga klaster tuzing
((Klaster-tutam, bog‘lam) - axborot xaritasini tuzish yo‘li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.)
2-Topshiriq: FSMU texnikasidan foydalanib, Boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarni hisobga olmaslik natijasida nima ruy beradi? Ushbu savolni izohlang:
F
|
FIKRINGIZNI BAYON ETING
|
S
|
FIKRINGIZ BAYONIGA BIROR SABAB KO’RSATING
|
M
|
KO’RSATILGAN SABABNI TUSHUNTIRUVCHI MISOL AYTING
|
U
|
FIKRINGIZNI UMUMLASHTIRING
|
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
3-Topshiriq: KEYS-STADI: O‘Z VAZIFANGNI O‘ZING BAJAR! Vaziyat bayoni.
Informatsion kompaniyaning loyihalash bo‘limida ikki xodima-Zokirova N. va Maxmudova L. injener bo‘lib ishlaydilar. Ular kompaniyaga bir vaqtda ishga kelganlar, lekin ularning ishlash stili bir-biridan tubdan farq qiladi. Zokirova N. punktual, vijdonan ishlaydi va boshqalardan ham buni talab qiladi. Rejadan tashqari ishlardan ham bosh tortmaydi. Maxmudova Z. esa bir maromda ishlamaydi, uning kayfiyati bilan ishlash layoqati hech bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, u qon bosimi yoki yuragining urishidan doimo shikoyat qiladi, ammo davolanish ta’tiliga chiqmaydi, oylik maoshini qisqarishini hoxlamasligini ro‘kach qiladi. Rahbar Zokirova N. ga tayangani uchun Maxmudova Z.ga yon bosardi. Maxmudova L. o‘zini yomon his qilayotganini ro‘kach qilib mayda topshiriqlardan bosh tortganda, bo‘lim boshlig‘i uning ishlarining bir qismini Zokirova N.ga yuklardi.
Bu ikki xodimalarning birinchi to‘qnashuviga Maxmudova Z.ning ishidagi xatolari bo‘ldi. Zokirova N. Maxmudova Z. ishlarini bir qismini bajargani uchun u Maxmudovadan ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarishini talab qila boshladi. Zokirova N. o‘zining talab va shikoyatlarini Maxmudovaga Z.ga guvohlarsiz aytdi, Maxmudova Z. esa bu holatni bo‘limda muhokama qilinadigan muammoga aylantirdi.
Bu nizo xamkasblarni bir-biriga nisbatan nafratli bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ularning rahbari ayollar ishiga aralashmaslikka qaror qilib, birinchi imkoniyatning o‘zida ularning ish funksiyalarini ajratib, Zokirova N.ga qo‘shni bo‘limdan boshqa ish joyini egallashini taklif qildi. Zokirova N. boshqa funksional topshiriqlarni bajarishdan bosh tortdi va rahbardan Mahmudova Z.ni boshqa bo‘limga o‘tkazishini talab qildi. Bunda faqat u ishdan qochishini va bu holatga aynan u aybdor ekanligini ta’kidladi.
Muhokama va mulohaza uchun savol va topshiriqlar.
1.Keys ishtirokchilarini pozitsiyasini tushuntiring. Sizning fikringizcha, kim vaziyatga yuqori darajada ta’sir qiladi?
2. Rahbarning echimlarida xatoliklar bormi? Qanday xatolar?
3. Paydo bo‘lgan muammoni echish uchun, ishtirokchilar qanday yo‘l tutishlari kerak?
4. Muammoni echish uchun kompaniyaga taklifingiz.
|
| |