Mavzu: texnologiya fani mashg‘ulotlarida muommoli topshiriqlardan foydalanish Muammoli ta’lim texnologiyasi




Download 430.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi430.43 Kb.
#36189
  1   2   3   4
Bog'liq
Is7MJjgoFMk1KK3vJjhezgoXftTTI8jQtvSSlRw7
Boshlang\'ich matemarika nazariyasi va metodikasi (E.Jumayev), pre-intermediate 14.12.2022, kafolat xati, mustaqil ish, mustaqil ish, ЭТ адебият, lomonosov, Shoshqalardi aziqlandiriwda basqa haywan tu’rlerinen pariq etetug’in tiykarg’i qa’siyetleri, AT maruza-18.4 Masofaviy ta\'lim1, 1668837564, NAFOSATSHUNOSLIK must. ish (1), MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN QIZ BOLALAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, 2 sinf matematika darsida miqdorlarga doir masalalar yechishga o, 2-mavzu


Mavzu: texnologiya fani mashg‘ulotlarida muommoli topshiriqlardan
foydalanish
Muammoli ta’lim texnologiyasi. 
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi – shaxsning individual kamol topishi
uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi. 
Rivojlantiruvchi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari – o‘quvchilarda topshiriqlarni
yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi.
O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim
yo‘nalishi sanaladi. 
Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan
bo‘lib, uning asosida “Tafakkur – muammoli vaziyatdan boshlanadi” – degan
g‘oya yotadi. 
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan
ishlab chiqilgan. 
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega. 
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 
2. Muammoning qo‘yilishi. 
3. Muammoning yechimini topish. 
Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq.
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar diqqatini bir joyga
(muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi. 
Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga
keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida
nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy
faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda
tutadi. 
Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli
vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi. 
Bunda: 
- nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha; 
- shakllantirilmagan savol bilan; 
- ortiqcha ma’lumotlar bilan; 
- o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 
- yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir obyekt mohiyatini bayon
etish; 
- olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; 
- hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash; 
- “bir lahzada” topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. 
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda
amalga oshiriladi: muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash,
yechim modelini aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan


yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o‘rtasidagi
zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan
iboratdir. 

Download 430.43 Kb.
  1   2   3   4




Download 430.43 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: texnologiya fani mashg‘ulotlarida muommoli topshiriqlardan foydalanish Muammoli ta’lim texnologiyasi

Download 430.43 Kb.
Pdf ko'rish