• Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
  • 1. Faoliyat haqida tushuncha
  • 2. Faoliyatning tarkibi
  • Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi
  • 3. Faoliyatni egallash .
  • 4. Faoliyatning asosiy turlari
  • Shaxs faoliyati va malakalari




    Download 23,51 Kb.
    bet1/7
    Sana24.03.2017
    Hajmi23,51 Kb.
    #1506
      1   2   3   4   5   6   7

    Aim.uz

    Shaxs faoliyati va malakalari

    Reja:


    1. Faoliyat haqida tushuncha

    2. Faoliyat tarkibi:

    a) maqsad; b) motiv; v) ish harakat.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    g) eksteriorizatsiya va interiorizatsiya

    3. Faoliyatni egallash.

    a) malakalar; b) ko`nikmalar; v) malakalarning o`zaro ta`siri.

    4. Faoliyatning asosiy turlari:

    a) o`yin; b) ta`lim; v) mehnat.


    Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:


    Avtomatizm - ixtiyorsiz yoki anglangan holda bajariladigan harakat;

    Avtomatlashuv – mashq qilish natijasida turli malakalarning shakllanish jarayoni;

    Etakchi faoliyat - shaxsning muayyan yosh davrida sifat jihatdan o`zgarishini ta`minlaydigan faoliyat turi;

    Interiorizatsiya - tashqi predmetli harakatlardan ichki aqliy harakatlarga o`tish jarayoni;

    Interferentsiya - avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil bo`lishini sustlashtirish yoki salbiy ta`sir etishi;

    Ko`nikma - biror ish harakatni anglangan holda bajara olish o`quvi;

    Maqsad - faoliyatning so`nggi natijasi timsoli, inson ehtiyojlarini amalga oshirilishi;

    Motiv - insonni faoliyatga undovchi va o`nga mazmun beruvchi kuch;

    Mehnat - moddiy va ma`naviy ne`matlar yaratishga yo`naltirilgan taqi olamni o`zgartirish va qayta hosil qilishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat;

    Odat - bajarilishi ehtiyojga aylangan harakat yoki xulq - atvorning tarkibiy qismi;

    Ta`lim - bilimlarni o`zlashtirish va mustahkamlash, faoliyat usullarini egallash jarayoni;

    Eksteriorizatsiya - ichki aqliy harakatdan tashqi predmetli harakatga o`tish jarayoni.


    1. Faoliyat haqida tushuncha


    Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi.

    Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.



    F a o l i ya t n i ng m u h i m x u s u s i ya t l a r i

    Hayvonlar faolligi

    Inson faoliyati

    Instinktiv - biologik faollik

    Bilishga va muloqotga bo`lgan ehtiyojlar bilan yo`naltirilgan.

    Hamkorlikdagi faoliyat emas, to`da bo`lib yurish, biologik maqsadlar (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan.

    Kishilik jamiyati hamkorlikdagi faoliyat asosida tashqil topgan har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatdagi o`rniga ko`ra ahamiyatlidir.

    Ko`rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi

    Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular o`rtasidangi sababiy bog`lanish va munosabatlarni aniqlash mumkin

    Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt) lar asosidagi xatti – harakatlar, ko`nikmalar yakka tartibda hosil bo`lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo`ladi

    Tajribani berish va o`zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi

    YOrdamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi

    Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlarga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib yangi qurol va vositalar yarata oladi

    Tashqi muhitga moslashadi

    O`z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o`zgartiradi

    Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo`lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo`lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.

    YUqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o`rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo`lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.

    2. Faoliyatning tarkibi


    Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni o`ylaydi.

    Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - ko`pmi uzoq yoki yaqin bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish - harakat (sa`i - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini o`zgartirmok”, “qo`yib yubormoq”, bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

    Narsalar bilan qilinadigan ish - harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma`lum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishi ta`minlaydigan harakatlar, (turish, utirish) organizmning bir joydan ikkinchi joyga o`rin almashtirishi (yugurish, sakrash), kommunikatsiyani ta`minlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud.

    Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma`lum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yo`naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bog`liqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va chang`ida yurish, og`ir va engil narsani boshqa joyga olib qo`yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko`tarish harakatlari bir - biridan farq qiladi.


    Harakatlarni boshqarish va nazorat qilish. Harakatni boshqarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yo`li bilan doim nazorat qilib boriladi va to`ldirilib turiladi. Unday nazorat sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, muskul sezgisi) yordami bilan amalga oshiriladi. Odamning maqsadini ko`pchilik hollarda ayni shu choqda ko`z o`ngida yo`q narsalar va lekin ularning harakatlarini yordami bilan erishilishi mumkin bo`lgan narsalar tashqil etadi. Demak, maqsad miyada, kelajakdagi faoliyat natijasida, dinamik modelning obrazi tarzida ifodalangan bo`ladi. Xuddi ana shu tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu ishning qay yo`sinda bo`lishi boshqariladi.

    Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi


    Tashqi olamda turli hodisalar ma`lum darajada o`zaro doimiy bog`liqdir, ma`lum sharoitlarda namoyon bo`ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir. (olov hamma vaqt kuydiradi, tundan so`ng tong otadi). Ob`ektlar bilan hodisalar o`rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni ob`ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada o`zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish to`tish, ya`ni ob’ekt va hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya`ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda go`yo ichki, ya`ni ideal faoliyatning oldindan payqab olinadi. Ob`ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, ya`ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan qilinadigan ideal ishlar bilan almashinadi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o`tish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chog`da ko`z o`ngida yo`q bo`lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Ma`lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo`lganidan so`ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o`ylab, so`ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o`ylab, so`ngra bevosita tashqi munosabatga o`tishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.

    3. Faoliyatni egallash.


    Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor (harakat), sensor (sezgi) va markaziy komponentlari, ya`ni qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffo`z qilmokchi bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi. YUrish, dorda yurish kabilar ham. Bajariladigan harakatning ma`lum tomonlari dastavval to`la anglab boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ish tuzilishining shunday qisman avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat:

    1. Harakatlarni ijro qilish usullarining o`zgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan bir qator ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar o`rtasida hech qanday “to`xtab qolish” va tanaffuslar bo`lmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin.

    2. Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan ko`rish nazorati ko`p jihatdan muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi.

    3. Ish-harakatini markaziy boshqaruvchi usullarning o`zgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok qilishdan ozod bo`ladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operatsiyalarning tez va birlashgan holda “intuitiv” bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:

    1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash.

    2. Harakat namunasini esda olib qolish.

    3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish.

    4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi.

    5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.

    Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma deyiladi.

    Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni kushib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.

    Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, SHvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. CHizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin.

    Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada qo`llash mumkin.

    Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar

    Ob’ektiv

    Sub’ektiv

    Jihozlarning tuzilishi Jihozlarning holati

    ish sharoiti



    Fiziologik

    CHarchoq


    (toliqish)

    Salomatlik



    psixik munosabat o`z kuchiga ishonish kayfiyat

    Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi.

    Samara Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
    Odat odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo`naltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba`zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va keraqli harakatlar bo`lmasligi mumkin.

    4. Faoliyatning asosiy turlari


    Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi.

    Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’ uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham

    o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.

    Ta`lim. O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.

    Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.



    Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan narsalar va shunday iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi.

    Xulosa qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, o`quvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu faollikdir. Demak, biz yoshlarni faol yashashga, faol o`qishga, mustaqil davlatimizni rivojiga o`z hissalarini qo`shishga da`vat qilishimiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz, harakat qilishga undashimiz zarur.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Bola yashash ma`suliyatini his qilsagina, u faol bo`ladi.
    Download 23,51 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 23,51 Kb.