• Toshkent 2023 Mavzu: Operatsion tizimlarning arxitekturasi. Reja: 1. OT lar klassifikatsiyasi va ularni sinflarga ajratish.
  • 5. OTning boshqa sinflari. 6. Xulosa. 7. Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 108.7 Kb.
    bet1/6
    Sana29.05.2023
    Hajmi108.7 Kb.
    #66481
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mustaqil ish
    Boshlang\'ich matemarika nazariyasi va metodikasi (E.Jumayev), pre-intermediate 14.12.2022, Is7MJjgoFMk1KK3vJjhezgoXftTTI8jQtvSSlRw7, kafolat xati, mustaqil ish, ЭТ адебият, lomonosov, Shoshqalardi aziqlandiriwda basqa haywan tu’rlerinen pariq etetug’in tiykarg’i qa’siyetleri, AT maruza-18.4 Masofaviy ta\'lim1, 1668837564, NAFOSATSHUNOSLIK must. ish (1), MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN QIZ BOLALAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, 2 sinf matematika darsida miqdorlarga doir masalalar yechishga o, 2-mavzu

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Operatsion Tizimlar


    fanidan
    MUSTAQIL ISH

    Bajardi: 211- 20-guruh talabasi


    Abdumannonov Bexzod


    Qabul qildi: Abdurazzoqov Faxriddin


    Toshkent 2023


    Mavzu: Operatsion tizimlarning arxitekturasi.


    Reja:
    1. OT lar klassifikatsiyasi va ularni sinflarga ajratish.
    2. OTlar arxitekturali qurilishidagi asosiy yoʼnalishlar.
    3. Monolit va koʼp sathli tizimlar.
    4. Klient-server va mikroyadro modeli.
    5. OTning boshqa sinflari.
    6. Xulosa.
    7. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Birinchi dasturlar bevosita mashina kodlarida yaratilgan. Buning uchun, mikroprotsessor arxitekturasini va uning asosidagi tizimni mukammal bilish zarur. Hisoblash texnikasining rivojlanishi borasida, koʼp uchraydigan amallarni (operatsiyalarni) ajratib, ular uchun dasturiy modullar yaratilib, keyinchalik ulardan dasturiy taʼminotda foydalana boshladilar. Shunday qilib, 50-chi yillarda, birinchi dasturlash tizimlarini yaratishda kiritish chiqarish amallari uchun, keyinchalik matematik amal va funktsiyalarni hisoblash uchun modullar yaratildi. Keyinchalik, rivojlanish yuqori darajadagi translyatorlarni yaratilishiga olib keldi, yaʼni operatorlar oʼrniga zaruriy funktsiyalarni chaqiriqlarni qoʼyish imkoniyati kelib chiqdi. Kutubxonalar soni oshib bordi. Natijada, amaliy dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilaridan tizim arxitekturasini mukammal bilish talab qilinmay qoldi. Ular, dasturiy tizimga mos chaqiriqlar bilan murojaat va ulardan kerakli servis va funktsiyalarni olish imkoniga ega boʼldilar. Bu dasturiy tizim OT dir.


    Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va oʼzaro bogʼlanishi boʼyicha asos funktsiyalarni taʼminlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi boʼyicha mos xizmatlarni chaqirishni taʼminlaydi.
    Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan maʼlumotlarni kiritish va chiqarish masalasini taʼminlaydi.
    OT kutubxonalarida bu funktsiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash tizimi vositalari bilan har bir dasturga qoʼshmaslik imkonini beradi. Dasturlash tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va kattaliklarni tayyorlaydi. KCh (kiritish/chiqarish) tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari koʼp boʼlgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish, balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan qulay va samarali virtual interfeysni taʼminlaydi. Boshqa tomondan, parallel bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni taʼminlash talab qilinadi. Baʼzi KCh dasturchilaridan baʼzilari qurilmalardan mustaqildir, ularni KCh koʼpgina qurilmalariga, qoʼllash mumkin.
    Fayl – bir xil tuzilishga ega boʼlgan yozuvlar majmuasi koʼrinishida tashkil etilgan maʼlumotlar toʼplamidir.
    Fayl tizimi, foydalanuvchiga maʼlumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish koʼrish imkonini beradi. Fayl tizimi, maʼlumotlarni diskda yoki boshqa maʼlumot jamlamasida tashkil qilish usulini belgilaydi.
    Barcha zamonaviy OT lar oʼz fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy OT larning aksariyat koʼpchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va maʼlumotlarni boshqarish muammosini yechadi.
    FBT, foydalanuvchilardan kiritish-chiqarish qurilmalari va disk xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bogʼliq emas. UNIX da yoʼlga disk nomi yoki uning nomerini qoʼshish imkonini bermaydi, chunki bu OT uchun qurilmalarga qatʼiy bogʼlanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirigʼi yumshoq disk tizimini asos fayl tizimidagi koʼrsatilgan joyga qoʼshish (montirovka) imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir.


    Download 108.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 108.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 108.7 Kb.