|
Rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 8,96 Kb. | | #149164 |
Bog'liq Rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili-fayllar.org
Rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili
Rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili Reja:
1.Jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida elektron biznes
2. Elektron biznesning asosiy turlari
3. Elektron yoki internet do’kon
Bugungi kunga kelib jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini raqamlashtirdi desak noto'g'ri bo'lmaydi. Tabiiyki XX asrning 60-yillarida g'arb davlatlarida kompyuter texnologiyalarining tarqalishi, raqamli iqtisodiyot bilan bir qatorda elektron tijorat sohasi ham rivojlanishining bosh me'zoni bo'ldi. Albatta bizning yurtimizda ham soha rivoji uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. So'zimizning isboti sifatida yurtboshimizning: "Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo'lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o'ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o'rganishi kerak"1 degan fikrlarini keltirishimiz mumkin. Berilayotgan e'tiborga qaramasdan mazkur yo'nalishda o'z faoliyatlarini boshlamoqchi bo'layotgan tadbirkorlar o'zbek segmentida yetarlicha ma'lumotlar topishlarida muammolarga duch kelishmoqda. Raqamli iqtisodiyot hamda, elektron tijorat borasida qilingan nazariy va amaliy ishlarni tahlil qilgan holda yangidan-yangi takliflar va metodlarni yaratish borasida bir qancha ilmiy izlanishlar qildik. Zero qilingan ilmiy izlanish davomida ko'plab masalalarga yechimlar topishni maqsad qildik.
Elektron biznes kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, XX asrning ikkinchi yarmi boshlarida axborot texnologiyalari sohasi taraqqiy eta boshlagani bunga turtki bo'lganini kuzatishimiz mumkin. Tabiiyki, korxonalar o'rtasida va ularning ichida ma'lumotlar almashuvini soddalashtirish va arzonlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli beqiyos. Yirik korporatsiyalar pulni, vaqtni, binolarni va kuchni tejash maqsadida hujjatli ishlarni qog'ozsiz texnologiyalarda amalga oshira boshladilar. Bu jarayon albatta ma'lumot almashinuv tezligini ortishiga ham ko'maklashdi. Shuni ta'kidlash kerakki, elektron tijorat kontseptsiyasi tushunchasi hali internet globallashmasdan oldin paydo bo'ldi. Ammo faqat 2000-yillaga kelibginav lektron biznes bank sektori va elektron ma'lumotlar almashuvidan tashqariga chiqdi va biznesni yuritishning samarali vositasi sifatida keng rivojlandi. Yurtimizda soha rivojining ilk uchqunlari XX asr oxiri va XXI asr boshlariga to'g'ri keladi. Shunga qaramasdan ushbu qisqa muddat ichida elektron tijorat yo'nalishi ancha rivojlandi. So'ngi besh yillikda O'zbekistonda internet tezligining oshishi hamda, chekka chekka hududlarga ham yetib borishi,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli qarori2 ga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko'lamli chora-tadbirlar ko'rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to'lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
|
| |