• Muammoli ta’lim bosqichlari
  • O‘z- o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
  • Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar




    Download 430.43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana20.12.2022
    Hajmi430.43 Kb.
    #36189
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Is7MJjgoFMk1KK3vJjhezgoXftTTI8jQtvSSlRw7
    Boshlang\'ich matemarika nazariyasi va metodikasi (E.Jumayev), pre-intermediate 14.12.2022, kafolat xati, mustaqil ish, mustaqil ish, ЭТ адебият, lomonosov, Shoshqalardi aziqlandiriwda basqa haywan tu’rlerinen pariq etetug’in tiykarg’i qa’siyetleri, AT maruza-18.4 Masofaviy ta\'lim1, 1668837564, NAFOSATSHUNOSLIK must. ish (1), MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN QIZ BOLALAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, 2 sinf matematika darsida miqdorlarga doir masalalar yechishga o, 2-mavzu
     Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
    - Muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish;
    - Solishtirish, umumlashtirish;
    - Dalillarni aniqlash va qo‘llash;
    - Vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
    - O‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.
    Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2.
    Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to‘g‘riligini
    tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni tizimlashtirish orqali).
    Muammoni hal etish bosqichlari:
    1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan
    bog‘liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
    2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan
    muammo hosil bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
    3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini
    tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi
    Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894
    yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo‘llagan. XX asrning 60 yillarida
    bu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy
    etildi.  Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida


    boshlangan bo‘lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-
    degan g‘oya yotadi.
    Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va
    tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan
    ishlab chiqilgan.
    Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega.
    1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
    2. Muammoning qo‘yilishi.
    3. Muammoning yechimini topish.
    Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish
    mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq.
    Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar diqqatini bir joyga
    (muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi.
    Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga
    keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida
    nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy
    faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda
    tutadi.
    Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o‘quvchilarga
    tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar
    beriladi.
    Bunda:
    • nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha;
    • shakllantirilmagan savol bilan;
    • ortiqcha ma’lumotlar bilan;
    • o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
    • yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon
    etish;
    • olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
    • hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash;
    • «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
    Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda
    amalga oshiriladi Muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash,
    yechim modelini aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan
    yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o‘rtasidagi
    zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan
    iboratdir.
    An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab –
    o‘quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikma va malakalarini hosil qila olmaydi,
    chunki ularga o‘zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning
    yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O‘zlashtirilgan bilimlar shablonlarini
    takrorlash bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli
    vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.
    Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga
    o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u


    mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni
    yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi.
    Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi
    quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo –
    murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi,
    uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda
    hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi.
    O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida
    izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt
    munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
    Muammoli ta’lim va uning o‘ziga xosliklari.
    Bugungi kunda, muammoli o‘qitish (3.2-rasm) deganda mashg‘ulotlarda
    pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga
    qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida
    o‘quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‘nikmalarga, malakalarga ega bo‘ladilar va
    fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
    Muammoli o‘qitish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarga
    taalluqli, chunki bu yerda shaxs sub’ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning
    maqsadi - pedagogik jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir.
    Muammoli o‘qitish, o‘qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy
    bilimlar mantiqi o‘zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.
    Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o‘quv materialining eng
    optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm),
    o‘quvchini uni yechishga yo‘naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli
    o‘qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli
    vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, tabaqalashtirilgan va
    individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
    Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni
    nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. o‘quvchilarga mashq uchun
    beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish
    uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga
    qaratiladi.
    O‘quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda
    o‘qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli
    masalalar qo‘yadi, ularni yechimining yo‘llari va vositalarini izlashga undaydi. 
    Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o‘zi yo‘lga boshlaydi.
    Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi
    quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo –
    murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi,
    uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda
    hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi.
    O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida
    izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt


    munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
    1.
    Muammoli ta’limning mohiyati va vazifalari.
    Muammoli ta’lim-o‘quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va
    ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal
    etish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir.
    Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga
    oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik
    turidir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot
    uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi
    maqsadlariga mos keladi.
    Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishniig
    reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi.
    Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning
    o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini,
    muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish
    bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni
    o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
    Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq
    tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek,
    o‘rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni
    yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Muammoli vaziyat har qanday
    fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt
    (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, masala
    bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Muamoli o‘qitishning o‘ziga xos
    jihatlari majudki, bu jihatlarni tadqiqotchi B.Aysmontas quyidagicha izohlaydi.
    B.Aysmontas bo‘yicha muammoli ta’limning yutuq va kamchiliklari:
    Yutuqlari
    Kamchiliklari
    1.Bilimlarni
    o‘zlashtirishdagi yuqori
    darajadagi
     
    mustaqillik,
    ta’lim
    oluvchilarning mustaqil dunyoqarashini
    shakllantirishga yordam beradi .
    2.o‘quvchining shaxsiy motivatsiya-lari,
    bilishga doir qiziqishlarini shakllantiradi .
    3.o‘quvchilarning fikrlash qobiliya-tini
    rivojlantiradi
    4.o‘quvchilarning dialektik tafak-kurining
    shakllanishi va rivoj-lanishiga yordam
    beradi, ular tomo-nidan o‘rganilayotgan
    hodisalar va qonuniyatlardagi yangi
    aloqadorlikni yuzaga chiqarilishini
    ta’minlaydi.
    1.Amaliy ko‘nikma va malakalarni
    shakllanishda boshqa ta’lim tiplariga
    qaraganda kam darajada qo‘llaniladi.
    2.Boshqa ta’lim turlariga qaraganda
    bir xil hajmdagi bilimlarni
    o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt talab
    etiladi.


    Muammo o‘qitishning mohiyati shundaki, u talabaga tanish bo‘lgan
    ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va tushuntirish
    uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi znddiyatdir. Ziddiyat bilimlarni
    ijodiy
    o‘zlashtirish
    uchun
    harakatlantiruvchi
    kuchdir.
    2. Muammoli ta’limni qo‘llash texnologiyasi.
    Muammoli ta’lim murakkabligiga ko‘ra turli darajada bo‘lishi, ya’ni tashkil
    etilishi mumkin. Bu talabalarning tayyorgarlik darajasiga, bilim darajasiga va
    fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq holda tanlanadi.
    Muammoli ta’limning birinchi darajasi – o‘qituvchi tomonidan muammo yaratiladi
    va o‘qituvchi tomonidan yechimlar ishlab chiqiladi, talabalar bu holda muammoli
    ta’lim jarayonida faoliyat yuritishga o‘rganadilar.
    Muammoli ta’limning ikkinchi darajasida – o‘qituvchi tomonidan muammo
    vujudga keltiriladi va talabalar tomonidan yechiladi. Bu holda talabalar muammoni
    yechish usulini kuzatadilar va passiv holatda bo‘ladilar. Ular muammoni yechish
    malakasi bilan tanishadilar.
    Muammoli ta’limning uchinchi darajasida – talaba tomonidan muammoli
    vaziyat tashkil etiladi va muammo o‘rtaga tashlanadi. o‘quvchilar tomonidan
    mustaqil ravishda yechim topiladi. Bunda talabalar faol ishtirok etadilar va ularda
    mustaqil va ijodiy fikrlash refleksi rivojlanadi.
    Muammoli ta’limning to‘rtinchi darajasida - muammoli vaziyatni ham,
    muammoning yechimini ham talabalar o‘zlari tashkil qiladilar. Ular mavzudagi
    mavjud muammoni ko‘ra olishga va uning yechimini mustaqil ravishda topa
    olishga o‘rganadilar. Bu muammoli ta’limning eng yuqori darajasi hisoblanadi.
    Chunki talabalar ijodiy fikrlashga o‘rganadilar. Bu holda talabalar o‘ta faol holatda
    bo‘ladilar. O‘qituvchi esa kuzatuvchi va ba’zan yo‘naltiruvchi sifatida maydonga
    chiqadilar.
    Muammoli vaziyatlar mazmuniga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:
    1. Maqsad noma’lum – uni aniqlash kerak.
    2. Faoliyat ob’ekti noma’lum – uni aniqlash kerak.
    3. Faoliyat usuli noma’lum – uni aniqlash kerak.
    4. Faoliyatni bajarish shartlari noma’lum – uni aniqlash kerak.
    O‘quv jarayonida o‘qituvchi muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish uchun ularni
    tashkil etish texnologiyasi bilan tanish bo‘lishi kerak. Albatta bu vazifa mavzuning
    xarakteridan kelib chiqqan holda bajariladi. Muammoli vaziyatlarni quyidagi
    turlari bor:
    1. Kutilmagan favqulodda – hayratlanarli vaziyat.
    2. Nizo vaziyati.
    3. Faraz qilish vaziyati.
    4. Inkor qilish vaziyati.
    5. Nomuttanosiblik vaziyati. (amaliy va nazariy bilimlarning bir-biriga tugri
    kelmasligi, yoki eski bilimlarning yangi bilimlarga to‘g‘ri kelmasligi.
    6. Tanlash vaziyati.


    7. Izlanuvchi va tadqiqot ishlari o‘tkazish ham muammoli vaziyatlaridan
    bo‘lib
    hisoblanadi.
    3. Muammoli ta’limni qo‘llash mahorati
    Muammoli ta’lim bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. U talabalarni
    mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu esa bugungi axborotlar oqimi davri uchun o‘ta
    muhim. Fikrlash refleksni, ijodkorlikni va qiziqishni rivojlantiradi. O‘zlashtirilgan
    bilimlarni puxta bo‘lishiga yordam beradi. o‘quvchilarni faollashtiradi va kasbiy
    tayyorgarlikni mustahkamlaydi. Ammo bu ta’limning bir muncha chegaralanganlik
    tomonlari ham yo‘q deb bo‘lmaydi. Muammoli ta’limni tashkil etish va o‘tkazish
    bir muncha ko‘proq vaqt talab etadi. Barcha mavzularni bu usuldan foydalangan
    holda tashkil etib bo‘lmaydi. o‘quvchilar soni chegaralanadi. O‘qituvchi
    differensial va individual yondashuvni ishlab chiqmasa, ba’zi passiv talabalar
    chetda qolib ketadi.
    Muammoli ta’limni tashkil etish shart-sharoitlari.
    A.e.
    Muammoli o‘qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan
    iborat:

    talabaning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o‘stirish, ijodiy
    ko‘nikmalarini rivojlantirish;

    muammoni mustaqil yechimini topishda o‘quvchilar tomonidan
    o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar an’anaviy o‘qitishdan ko‘ra ancha
    mustahkam bo‘ladi;

    nostanart muammolarni ko‘ra oluvchi, qo‘ya oluvchi va yecha oluvchi
    o‘quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;

    kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda o‘zining
    xususiyatlariga ega.
    Har qanday o‘quv materiali ham muammoli bayon etishga mos
    kelavermaydi. O‘quvchilarga fan tarixini o‘rgatishda muammoli vaziyatlarni
    yaratish oson. Farazlar, yechimlar fandagi yangi ma’lumotlar takroriy bosqichidagi
    an’anaviy tasavvurlarning inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va
    hokazolar muammoli bayon etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi.
    Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash – muammoli fikrlashni
    shakllantirishning asosiy istiqbolli yo‘llardan biridir. O‘qitishning an’anaviy
    usulidan muammoliga o‘tish muvaffaqiyati,  quyidagi ikki omil bilan
    belgilanadigan
    «muammolik
    darajasi»ga
    bog‘liq
    bo‘ladi:

    muammoning murakkablik darajasi – mazkur muammo doirasida talaba
    uchun ma’lum va noma’lumlar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi;

    muammo yechimida o‘quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham
    shaxsiy hissalari hisobga olinadi.
    Qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda
    muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi
    muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar
    bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar
    talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy


    izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar»
    yo‘naltiruvchi savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, u o‘quvchilar javoblarigi
    tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik
    faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko‘nikma,
    bilim-transformatsiya (qayta shakllanish) ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va
    reproduktiv o‘qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.
    Mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda
    etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va
    o‘qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini
    (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish)
    egallashni ta’minlaydi.
    Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli
    vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib uning asosida didaktik ziddiyatlar
    yotadi. Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli
    vaziyat» «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan
    anglanadiki muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib o‘zida
    sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi uni bartaraf
    etish yangi bilimlar usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi.
    Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun
    boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa shubhasiz muammoli vaziyat yechimini u
    qabul qilmaydi ya’ni muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash
    muamo mohiyatini tushunib yetilishi ifodalanishi mavjud bilim va ko‘nikmalar
    majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq
    boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo
    muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi biroq barcha muammoli vaziyat
    muammoga aylanavermaydi.
    O‘z- o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
    Muammoli ta’limni rivojlanish tarixiga izoh bering?
    Muammoli ta’limning qanday darajalarini bilasiz?
    Qanday muammoli vaziyatlarni bilasiz?
    Muammoli ta’limni tashkil etishda kanday omillarni xisobga olish kerak?
    Muammoli vaziyatlarga iqtisodiy mavzulardan misollar keltiring.
    Muammoli ta’lim texnologiyasining yutuq va kamchiliklarini ko‘rsating.
    Muammoli ta’lim talabalarda kanday kunikma va malakalarni rivojlantiradi?
    Oliy ta’lim tizimida muammoli ta’limning axamiyatiga izox bering.

    Download 430.43 Kb.
    1   2   3   4




    Download 430.43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar

    Download 430.43 Kb.
    Pdf ko'rish