• Enkripsiya bilan bog’liq holatlar
  • Va huquqqiy asoslari




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana26.02.2024
    Hajmi0.74 Mb.
    #162823
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-seminar
    5-класс ВОСПИТАНИЕ, Namuna, O, Masalalar yechish bo\'yicha praktum. Sillabus, 1 (2), 1 (3), 1.4 (2), Ma\'no, 2.09-tarbiyaviy ishlar metodikasi, To\'qliyeva M, To\'qliyeva M. (1), Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word, piraktika1, piraktika2
    SMS tasdiqlash kodlari 
    SMS tasdiqlash kodlari parollardan keyingi o’rinda eng muhim xavfsizlik vositasi 
    hisoblanadi. O’zbekistonda eng ko’p ishlatilayotgan va afsuski ko’plab kishilarning bilimsizligi 
    oqibatida eng ko’p muammo keltirib chiqarayotgan SMS tasdiqlash bu to’lov tizimlaridagi pul 
    o’tkazmalar bilan bog’liq SMS tasdiqlash bo’lib turibdi. Internetdagi qasidir xizmat muhim 
    ahamiyatga (odatda pul yoki boshqa moddiy/jismoniy ta’sirga) ega bo’lgan harakatingizni 
    tasdiqlash uchun sizning telefon raqamingizga SMS kod yuboradi. SMS xabarda ko’pincha 
    «iltimos, bu kodni hech kimga bermang», mazmundagi ko’rsatma bo’lishiga qaramasdan ba’zilar 
    kodni uchinchi shaxslarga beradi va kartasidan, hisobidan pul mablag’larini yo’qotadi. SHunday 
    ekan, parollardan tashqari SMS tasdiqlash kodlarini ham xavfsiz saqlash juda muhim! 
    Enkripsiya bilan bog’liq holatlar 
    Ma’lumotlarni internet orqali uzatishda foydalaniladigan eng zamonaviy xavfsizlik 
    vositasi – enkripsiya. Bunda foydalanuvchi tomonidan yuborish uchun kiritilgan ma’lumot 
    foydalanuvchi qurilmasining o’zida enkripsiya qilinadi (inson o’qishi/ko’rishi/eshitishi mumkin 
    bo’lgan shakldan faqat mashina o’qiy olishi mumkin bo’lgan shaklda o’tkaziladi). Enkripsiya 
    qilingan ma’lumot tarmoqda xavfsiz shaklda yetkazilib, qabul qiluvchi server yoki boshqa 
    qurilmada qayta shakllantiriladi (dekripsiya qilinadi). SHu tariqa ikki tomon ma’lumotni xavfsiz 
    shaklda bir-biriga uzatishi mumkin. 


    Sizning axborot xavfsizligingizda kim bilandir onlayn suhbatingizni uchinchi shaxslar 
    bilmasligi juda muhim hisoblanadi. Saytlar orqali ma’lumot almashganingizda brauzerning SSL 
    sertifikat haqida ma’lumot beruvchi qismiga e’tiborli bo’ling. Odatda zamonaviy brauzerlar 
    enkripsiyasi yo’q, SSL sertifikati eskirgan yoki mavjud bo’lmagan saytlardan foydalanuvchilarni 
    yaxshi ogohlantiradi. 
    Smart telefoningizga yuklab olayotgan dasturlaringiz va o’yinlaringizning ishonchliligiga 
    e’tibor bering. Ba’zan o’zini o’yin sifatida tanishtirayotgan dasturlar aslida boshqa g’arazli 
    maqsadlarda ish olib borishi ham hech gap emas. Ko’ngilsiz holatlarning oldini olish uchun faqat 
    ishonchli manbaalardan dastur va o’yinlaringizni yuklab olishingiz kerak. Google Play yoki Apple 
    AppStore kabi ishonchli manbaalardan foydalaning. Saytlardan to’g’ridan-to’g’ri yuklab olingan, 
    yoki sizga messenjerlar orqali yuborilgan o’yin va dasturlarni telefoningizga o’rnatmang. Mavjud 
    o’rnatilgan dasturlaringizni Google Play Protect yoki shunga o’xshash vositalar yordamida 
    tekshirishingiz mumkin. 
    Zamonaviy messenjerlarda, xususan Telegram va WhatsApp dasturlarida «tomondan-
    tomongacha enkripsiyalash» imkoniyati bor. Bunda siz va suhbatdoshingiz o’rtasidagi yozishma, 
    audio yoki video muloqot, almashiladigan fayllar enkripsiya qilinadi va server ishtirokisiz 
    to’g’ridan-to’g’ri suhbatdoshingizga yetkaziladi. Albatta, bu ham axborotning 100% xavfsizligini 
    ta’minlamaydi. CHunki hammaga ma’lumotni enkripsiyalangan shaklda yuborishda yoki qabul 
    qilishda bo’lmasligi mumkin. 

    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish