• KURS ISHI
  • University of business and science




    Download 0.78 Mb.
    bet1/8
    Sana16.04.2024
    Hajmi0.78 Mb.
    #197631
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kurs ishi
    Mikroiqtisodiyot kirish, AbbosxonMB, 1698066677, Dasturiy taminot tizimlarini loyihalash , 1434238, Individual loyiha, Umumiy, taqsimlangan va aralash xotirali arxitekturalar, AKBAROV IXTIYOR BAXTIYOROVICH, Karima-BU, Python dasturlash tili, 4-mavzu. Konsultativ yordam tamoyillari Reja-fayllar.org, Mexanika-yig\'uv sexlarini loyihalash. Qayumov A, Kabulov M, Doc1, Sohaning faol va nofaol terminlari Reja Sohaviy nofaol terminla, Kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha Konventsiya - Vikipediya







    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE



    IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN

    KURS ISHI


    Mavzu: ―Tovarning iqtisodiy mazmuni va uning xususiyati


    Bajardi: 1-kurs 23-24 guruhi talabasi
    Qabul qildi:

    MUNDARIJA:
    Kirish…………………………………………………………………… 3
    1.Tovar va ularning tasnifi..………………………...…………..………. 6
    2. Tovar belgisi tushunchasi ……………….………………………….... 16
    3. Tovar sifati va qiymati………………….…………………..…..……. 18
    4. Iste’mol tovarlarining turkumlanishi va assortimenti……………….. 20
    5. O’zbekiston Respublikasida tovar belgisidan foydalanish………….. 24
    Xulosa…………………………………………………………………… 29
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………... 31
    Kirish
    Tovarlarni tasniflash (klassifikatsiya)- bu ularni biror bir umumiy belgilariga bog‘liq holda kategoriyalarga, darajalarga taqsimlab chiqishning mantiqiy jarayonidir. Tasniflash inson faoliyatining barcha sohalarida muhim ahamiyatga egadir. Fanda u tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi va tartibga soladi hamda ilmiy izlanuvchanlikning muhim vositasi hisoblanadi.
    Tovarshunoslikda tovarlar, ularning xususiyatlari, sifat ko‘rsatkichlari kabilar tasniflanadi. Bugungi kunda bozorda o‘n minglab nomdagi tovarlar mavjuddir, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ularning nomenklatura2si yanada kengayib bormoqda.
    Ko‘pdan-ko‘p ashyolarni biron umumiy alomatiga ko‘ra guruhlar, sinflar va boshqa bo‘linmalarga taqsimlash tasniflash deyiladi. Mahsulotni birgina alomatiga ko‘ra tartibga solish guruhlash deyiladi. Odatda tasnif­lash oddiy guruhlashdan farq qiladi va o‘zaro bog‘langan bir necha taqsimot bosqichlari bo‘ladi. Bir-biriga muayyan tarzda bo‘ysinishgan bo‘linmali mahsulotni tasniflash yo‘li ierarxik tartibga solish deyiladi.
    Sanoat mahsulotlarining asosiy tasniflash alomatlari quyidagilardir: kelib chiqishi (qora metallurgiya, mashinasozliq kimyo sanoati, neftni qayta ishlash sanoati va hakazolar); ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i hamda elektr energiyasi va boshqalar); vazifasi (flyuslar, dizel yoqilg‘isi, sovutuvchi suyuqliklar, payvand elektrodlari va h.k.). Ishlab chiqarish-texnik ahamiyatidagi mahsulot shakli, kattaligi va boshqa alomatlardan iborat tabiiy holatiga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
    Mahsulot sarfini hamda mahsulot zahiralarini me’yorlashtirishda, moddiy texnika ta’minoti rejalarini ishlab chiqishda, milliy iqtisodiyotni moddiy resurslar bilan ta’minlash holatini nazorat etib turishda va boshqa ishlarda ana shu tasnifikatordan foydalaniladi. Kodlashtirish natijasida mahsulot nomlariga shartli belgilar (kodlar, shifrlar, nomenklatura nomeri) qo‘yiladi, bu narsa murakkab nomlardan qochishga, iqtisodiy axborot ishlab chiqishni avtomatlashtirishga imkon beradi.
    Assortiment- bu iste’mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko‘rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir. Assortiment tovarni tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sanoat va savdo assortimentlari farqlanadi.

    Download 0.78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    University of business and science

    Download 0.78 Mb.