Esse fashizm mafkurasining shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va nazariy manbalar




Download 124.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.04.2024
Hajmi124.64 Kb.
#185998
  1   2   3
Bog'liq
esse. toyirov Bahrom
labar2, Xolboyev Rustam


ESSE 
Fashizm mafkurasining shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va nazariy 
manbalar. 
Dastlab fashizm tushunchasiga taʼrif berib oʻtishimiz lozim. «Fashizm 
— avtoritar militaristik ultranatsionalizm doirasidagi mafkura va jamoatchilik 
siyosiy harakati va shunga monand tarzda jamiyat va iqtisodiyotning qattiq 
tartibda boshqarish shakli». Bu ta’rifdan biror narsani anglab olish qiyin. 
Umuman olganda, «fashizm» so‘zi italyancha «fascio» (fashio) — «ittifoq» 
so‘zidan kelib chiqqan. U esa qadimiy lotincha «fasci» — «bog‘lam» so‘ziga 
borib taqaladi. Qadimgi Rimda bog‘lam hokimiyat ramzi sanalgan. U jips 
qilib bog‘langan novdalar shaklida bo‘lgan. O‘z-o‘zidan, «fashizm» 
qandaydir birlik va jamoaviylik bilan bog‘liqligi yuzaga chiqadi. Fashizmning 
asosiy g‘oyaviy rahnamosi — fashistlar Italiyasini 1922 yildan 1943 yilgacha 
boshqargan Benito Mussolini bo‘lgan. U «XIX asr individualistlar asri bo‘lgan, 
XX asr esa kollektiv va davlat asri bo‘ladi», degan edi. Kelib chiqadiki
fashizmda davlat individdan ustun bo‘ladi, kollektiv esa shaxsdan 
muhimroq. Aynan hayotning ko‘plab jabhalarida davlatning tartibga soluvchi 
roli fashizmning bosh farqli jihati, deyishadi: o‘sha qadimgi Rim novdalaridek 
hamma bir xilda, bir-biriga o‘xshash bo‘lmog‘i kerak. «O‘zining fashizm 
haqidagi mashhur essesida taniqli italyan yozuvchisi va olimi Umerto Eko 
fashizm o‘ziga juda ko‘p narsani qamrab olishini yozgan. Ayniqsa, Mussolini 
fashizmi. Uning fashizmi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha tushuncha 
va mafkuralarning omixtasi bo‘lgan. 
Fashizm tarkibida millatchilik (natsionalizm) albatta bo‘ladi. Italyan 
fashizmining tarkibiy qismida natsionalizmdan tashqari muhim 
qo‘shimchasi etatizm (davlatning jamiyat hayotidagi har bir narsaga 
aralashish huquqi) bo‘lgan. Italyan fashizmi davlat haqidagi absolyut 


ta’limot bo‘lgan. O‘z fikrlarini yorqin bildira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
Mussolini fashizmni juda oddiy shaklda ifoda etgan: «Davlatdan boshqa 
hech narsa», «davlatdan tashqari hech narsa», «davlatga qarshi hech narsa», 
— deydi falsafa tarixchisi Dmitriy Xaustov. «Bu mafkura umuman olganda 
individualizmga zidlikni nazarda tutadi. Alohida individlar hayotini o‘rtaga 
tikib bo‘lsa ham guruh, jamiyat, partiya yoki davlatni saqlab qolish 
to‘g‘risidagi g‘oya. Fascio so‘zi ham alohida shaxs bo‘lib qolish emas
qandaydir fashistik harakat ishtirokchisi bo‘lish uchun bir musht, bir 
bog‘lam, bir zanjirga birlashishni anglatadi», — deydi Ozod universiteti 
o‘qituvchisi, faylasuf Kirill Martinov. Fashizm vatani aynan Italiya bo‘lgan. 
Lekin bugunga kelib ko‘pchilik uchun fashizm tushunchasi Mussolini 

Download 124.64 Kb.
  1   2   3




Download 124.64 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Esse fashizm mafkurasining shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va nazariy manbalar

Download 124.64 Kb.
Pdf ko'rish