Oriental universiteti tarix fakulteti yordamchi tarix fanidan taqdimot guruh: 3/4 Bajardi




Download 0.6 Mb.
Sana01.04.2024
Hajmi0.6 Mb.
#183726
Bog'liq
Aminov Temur Yordamchi tarix
A hybrid approach for part of speech tagging of Burmese texts, 1655188078, Kimyo-oqitish-metodikasi.Рахматуллаев, dilshox pedagogika obs refl sum-all (2), Sotsiologiya, 3-amaliyga topshiriq, pdf, Siyosiy huquqiy sohadagi 10TA ustuvor xalqaro reytinglar va ul, Farg’ona politexnika instituti, Leksiya 5, Leksiya 4, Leksiya 6 (1), BAR CHART 30.10 2022, Boymurzayev Oʻrozboq.Tashkiliy hujjatlar va ularni rasmiylashtirish, 9-lecture Multimedia

ORIENTAL UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
YORDAMCHI TARIX FANIDAN TAQDIMOT
Guruh: 3/4
Bajardi: Aminov T.
MAVZU: Tarixiy informatika va dendroxronologiya
TARIXIY INFORMATIKA TUSHUNCHASI
Tarixiy informatika – tarix fani va ta’limini axborotlashtirish jarayoni qonuniyatlarini o‘rganuvchi bilimlar sohasidir. Tarixiy informatika asosida barcha turdagi tarixiy manbalarning elektron versiyalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar majmuasi yotadi. Tarixiy informatikaning nazariy asosini zamonaviy axborot kontseptsiyasi bilan ijtimoiy informatika va nazariy manbashunoslik tashkil etadi. Tarixiy informatika mazmunini aniqlashtirish uchun bu sohadagi bilimlarni 3 qismga ajratish mumkin. Ular:
1. Metonazariya
2. «O‘rta darajadagi» nazariyalar
3. Mikro nazariyalar
Metonazariya axborot nazariy tushunchasining tarixiy tadqiqot masalalariga qo‘llanilishi masalalari bilan shug‘ullanadi. Axborot tushunchasi nuqtai nazaridan yondashuvchi 1-tadqiqotlar D. Kovalchenko tomonidan olib borilgan. Metanazariyaning boshqa aspekti 1948-yilda amerikalik K.Shennon tomonidan «Axborot miqdori» matematik tushunchasini kiritib asos solingan axborot nazariyasidir.
  • Tarixiy informatikaning o‘rta darajadagi nazariyalari sifatida tarixiy manbalar modellarini manbaga yo‘naltirilgan tizimlarini qurish printsiplarini ko‘rsatish mumkin. Tarixiy informatika mikronaariyalariga konkret manbalar tahlili algoritmlarni kiritish mumkin.
  • Tarixiy informatika mutaxasislarini tayyorlash va qayta tayyorlash masalasi juda muhimdir. Gap shundaki, injener uchun bilimlarning 50 % eskirishi vaqti 5 yil, kimyogar uchun 4 yil, Tarixiy informatika mutaxassisi uchun 3 yilni tashkil etadi. Shuning uchun Angliyada tarixiy informatika bo‘yicha mutaxassis tayorlashga kirishildi. O‘tgan asrning 80–90 yillarida bilimlarning barcha jarayoniga kirib kelgan axborotlashtirish jarayoni tarix fanini chetlab o‘tmadi. Tarixchilar kompyuterlardan foydalanibgina qolmay, tezlik bilan rivojlanayotgan dasturiy va texnik vositalar ularni tarixiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan vositaga aylantirdi. Bu esa tarixchi faoliyatida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini yaratdi.

Tarixiy informatika sohasidagi xalqaro ilmiy jamiyatlar rivojining birinchi o’n yilligida ushbu professional hamjamiyatning aniq tuzilmasini shaklandi .Ushbu hamjamiyat bir necha bir-biri bilan mahkam bog’langan gurux va qatlamlardan iborat. Ular tarixiy informatika rivojida turli mavqega ega bo’lib,ushbu jarayonga o’z hissalarini qo’shadi.Birinchi gurux – tarixiy manba ma’lumotlarini taqdim etish va tahlil qilishning yangi usullarini , mos algoritmlarini, dastur va texnologiyalarni ishlab chiquvchilardir.Aynan ana shu guruxning mavjudligi tarixiy informatikani o’z tekshirish predmetiga, maxsus metodlariga va tadqiqot instimentlariga ega bo’lgan ilm sohasi sifatida e’tirof etish imkonini berdi. Ikkinchi gurux – yangi axborot texnologiyalaridan, usul va dasturiy ta’minotdan foydalanuvchilar bo’lib, ular tezlik bilan rivojlanayotgan informatsion texnologiyalarni o’zlashtiradilar, taraqqiyot yutuqlarini tarixiy tadqiqotlarga qo’llaydilar.Uchinchi va eng ko’p sonli qatlam bu – tadqiqotchi tarixchilarning keng ommasi bo’lib, ular birinchi ikki gurux faoliyati ntijalaridan amalda foydalanadilar.Albatta, bu guruxlashtirish shartli bo’lib, ushbu uchala guruxlar kesishishi, bir-biriga o’tishi mumkin. Muhim tomoni shundaki, ushbu struktura tarix fanini yangi metodlar va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlabgina qolmay, yirik tadqiqotchilik muammolarini hal etishda ulardan foydalanishga yorqin misollarini taqdim etishi kerak. Bunday maqsadlarni amalga oshirishning eng qulay shakli - o’rganilayotgan manbalarni elektron versiyaga o’girilib, tarixiy informatika bo’yicha mutaxassislar ega bo’lgan axborot texnologiyalari va analitik usullar vositasida kompleks tahlil qiladigan tadqiqotchilik loyihalari hisoblanadi. Ushbu loyihalardan olinadigan natijalar tahlilida mos soha mutaxassislari qatnashadi.


Download 0.6 Mb.




Download 0.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oriental universiteti tarix fakulteti yordamchi tarix fanidan taqdimot guruh: 3/4 Bajardi

Download 0.6 Mb.