• MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
  • Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
  • 2030-yilgacha xorijiy OTMda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish.
  • Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi




    Download 101.9 Kb.
    bet1/29
    Sana27.03.2024
    Hajmi101.9 Kb.
    #178401
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti -kompy.info
    Toshkent farmatseftika institute farmatsiya fakulteti 111 b guruh, 1-Маъруза. Биоорганик кимёга кириш, Taqdimot (5), The independant work-WPS Office, 1-ОН, axborot, 12-ameliy, 10-lab, 9-lab, 10-мавзу, O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org, signallar va tizimlar 2-mustaqil ish, 1 ж, Select rpadoyinchi, 11, \' \' from func; So`rov natijasini tanla fayllar (3), Kompyuter modellashtirish 2 mustaqil ishi

    Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi

    Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi.

    MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

    1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning to‘rtinchi moddasida yozilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan.

    Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.


    Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
    SH.M.MIRZIYOYEV
    1989-YIL 21-OKTYABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
    Prezidentimiz 2019 yil 21 oktabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
    Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta'siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta'kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
    «Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e'tiborni mustaqillikka bo‘lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak», dedi prezident.
    Farmonga muvofiq, 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
    Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
    ► 2025-yilgacha davlat maktabgacha ta'lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
    ► 2030-yilgacha maktablarda o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida ona tili fanini o‘qitish ko‘lamini haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;
    ► OTMda o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilgacha 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;
    ► lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida «O‘zbekiston milliy qomusi» jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
    ► 2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish;
    ► teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;
    ► 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish;
    ► dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;
    ► xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish;
    2030-yilgacha xorijiy OTMda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish.
    O‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta'limning barcha turlari uchun o‘quv lug‘atlari yaratildi.
    2021-yil 1-apreldan rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi.

    Download 101.9 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 101.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi 208-guruh talabasi Bakturdiyeva Charosxonning O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil Taqdimot ishi

    Download 101.9 Kb.