• Diniy nuqtai nazarga ko’ra din
  • Dinshunoslik




    Download 0,69 Mb.
    bet5/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    1-masala bayoni: .«Din» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. Dinning mazmun va mohiyatini ilohiy-diniy va ilmiy nuqtai nazardan tushunish mavjud.
    Din ham boshqa ta’limot, qarash, nazariyalar singari tabiat, jamiyat, insonning mohiyatini, mavjudligi va yashashi kabi muammolarga ilohiyotdan kelib chiqqan holda javob berib kelgan.
    Din inson e’tiqodi, ruhiy-ma’naviy dunyosi, his-tuyg’ulari, axloqiy va estetik tasavvurlari bilan bog’liq murakkab dunyoqarash bo’lib, u o’zicha Olloh nomidan hayot muammolarini echib, unga javob berib kelgan.
    Agar biz barcha dinlarga nazar tashlasak ular foniy, o’tkinchi dunyo azob-uqubatlari va yovuzliklaridan qutulish, yaxshilik va ezgulikka, yuksak axloqiylikka intilish g’oyalari bilan sug’orilganligini ko’ramiz. Bulardan tashqari asrlar davomida din na faqat insonlar hayotida, balki jamiyat ma’naviy, hattoki ayrim davrlarda siyosiy hayotida ham muhim rol’ o’ynab kelgan, ahamiyat kasb etgan. Xozirda mavjud barcha jahon dinlari umumbashariy qadriyatlarga tayanib inson va jamiyat axloqiy va ruhiy kamolotiga ta’sir o’tkazib kelganligi tufayli asrlar osha yashab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 2000 yil sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan dindorlarning xalqaro anjumani ishtirokchilariga tabriknomasida dinga shunday baho berilgan: «Din inson ruhini poklashi, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg’ularini mustahkamlashi, milliy an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi»2.
    Diniy e’tiqod xudo, payg’ambar, farishta, iblis, shayton, avliyo, arvoh va boshqa xil ins-jinslar bilan bog’liq tushunchalargina bo’lib qolmay, balki asrlar davomida kishilar hayotida shakllanib kelgan turli urf-odatlar, ijtimoiy va oilaviy turmush normalarini belgilab beruvchi qonun-qoida, axloq kodeksi hamdir.
    Jamiyat va insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida din nima degan savolga turlicha javob berib kelingan.
    Diniy nuqtai nazarga ko’ra din-ilohiy, g’ayri tabiiy kuchlarga, xudoga, payg’ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblardagi bayonlarga, oxiratga, butun yaxshi va yomonlik, ezgulik va yovuzlik yaratganning irodasi bilan bo’lishiga ishonmoqlik, shayton va iblislardan saqlanishdir.
    Qisqa qilib aytganda, din diniy nuqtai nazarga ko’ra, insonning muqaddas ilohiy kuch - Xudo mavjudligiga asoslangan ongli dunyoqarashi, hissiyoti, e’tiqod qilish va hatti-harakatlar majmuidir.

    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 0,69 Mb.