• 2-masala bayoni
  • Ilmiy dinshunoslik nuqtai nazardan din




    Download 0,69 Mb.
    bet6/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    Ilmiy dinshunoslik nuqtai nazardan din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda tadiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan (tabiatdan) tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqiy», «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotidir.
    Din – muayyan ta’limotlar, xis-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida shakli, uni idrok etish usuli.
    Din voqelikni, ijtimoiy hayotni, uning xodisalarini o’ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
    Dininig umumiy tarixini faqat uni yaxlit muayyan qonun qoidalarga bo’ysungan, har xil ziddiyat qaramaqarshilik jarayonlari bilan bog’liq aslida ijtimoiy iqtisodiy tuzum bilan belgilanuvchi ijtimoiy ong shakli deb qaragan holda o’rganish mumkin. Bu degani har bir dinni uning kelib chiqishi taraqqiyoti, uni paydo qilgan konkret tarixiy sharoit va u yashayotgan jarayonni o’rganish ham demakdir.
    2-masala bayoni:Din inson va jamiyat hayotida bir qator vazifalarni bajarib kelgan. Shulardan ba’zilarini aytib o’tamiz:

    • har qanday din o’ziga e’tiqod qiluvchilar uchun to’ldiruvchilik, ovituvchi (kompesatorlik) lik vazifasini bajaradi;

    • dinlar muayyan dinga e’tiqod qiluvchilarni ushbu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integrativlik) funktsiyasi deyiladi;

    • din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish – regulyativlik funktsiyasini bajaradi;

    • dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat, ya’ni aloqa bog’lovchi (kommunikativ) funktsiyani bajaradi;

    din dindorlarni axloqli, odobli qilib tarbiyalash kabi vazifalarni bajaradi.3
    Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umuman olganda Din – ishonmoqlik tuyg‘usidir. Bunday tuyg‘usi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki biron-bir xalch Dinsiz, e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng go‘zal ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida Din turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Dinning dastlabki ko‘rinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va boshqalardir. Shuningdek, urug‘-qabila Dinlari, milliy Dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon Dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga ko‘pxudolik (politeistik), so‘ngra yakkaxudolik (monoteistik) ko‘rinishida bo‘lgan. Har bir Din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuyg‘u va sig‘inish ob’ektlarini o‘z ichiga oladi. har qanday jamiyatda Din ma’lum ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri kuchlidir. Har bir Din dindorlarini o‘z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi, o‘z qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini o‘taydi. Dinlar o‘z marosim va bayramlarinin qavmlari tomonidan qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi, shuningdek, o‘z qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga o‘z munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. (Q.Axloq) Madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va milliy avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.
    Din xam boshqa ta’limot va nazariyalar singari xayot masalalari, jumladan, inson moxiyati , uning mavqei, yashashi kabi muamolarga ozicha javob beradi. Din inson etiqodi ,manaviy dunyosi, xis-tuyg`ulari, axloqiy vaestetik tasavurlari bilan bog`liq murakab dunyoqarash bolib,u ozicha xayot muamolarni yechadi va javob beradi. Dini oddiy xayoliy afsona va toat-ibodatgina deb ta’riflab bo`lmaydi.Xudo tushunchasi muayan extiyoj sifatida kishilarni biriktirish, ularni qonun-qoida va tartibga o`rgatish, xis-tuyg`ular va didini qanoatlantirish vositasi sifatida yuzaga kelgan. Diniy talimot o`tmishda kishi ma’naviy extiyojlani qondirib, tabiat olamidagi va ijtimoiy xayotdagi xilma-xil xodisalarni tushuntiribberishga intilgan. Dinshunos olim C.A. Tokaref ta’kidlagandek , barcha dinlar foniy dunyo yovuzliklaridan qutilish, yahshilika intyilish g`oyalari bilan sug`arilgan. (Diniy ta’limotlar, - deb yozadi u, -nixoyatda turli tuman shakildagi e’tiqodlarga, xarxil diniy – mifalogik namunalarga qaralib qaramay, aslida, bir kata muamoni xal qiladi:Kishilar xayotidagi yomonlik, jabru jafolar qayerdan paydo bo`lgan va ulardan qanday qutilish mumkin? Javoblar xarxil bo`lsada mazmuni bir xil ). Jaxon dinlarni xammasi xayot,yashash talimoti sifatida yuzaga kelgan, barcha muqaddas kitoblar Avesto , Zabur , Tavrot ,Injil , Quronda maskur axloqiyb tarbiyaviyb masalalar asosiy o`rini egallaydi. Buyuk rus yozuvchisi L.N. Tolstoy xarbir inson uchun din bosh masala, uni xayot maqsadlariga berilgan javob deb ta’riflaydi. F.M. Dostoyevskiy esa xar bir xalqa xos diniyb e’tiqodni asosiy moxiyati yahshilik va yomonlikni ajratishda deb hisoblaydi. Jaxon dinlarini yashovchanligi aslida uning umum insoniy qadryatlariga tayanib, inson axloqiy va ruxiy kamolotiga zo`r tasir o`tkazib kelganligidadir. Diniy dunyoqarash orqali inson asrlar davomida noxaqlik , adolatsizlik kabi xukumron tartiblarga qarshi noroziligini bildirgan. Ayrim kishilar borliq oldida ojizligi tufayli g`ayritabiiy kuchga itoat qilish, go’yoki abadiy yaratilgan ilohiy tartib qoidalarga bo’ysunishni zaruriyat deb hisoblagan.

    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy dinshunoslik nuqtai nazardan din

    Download 0,69 Mb.