2-Ma’ruza. O‘ZBEKISTON O‘LCHASHLAR BIRLIGINI TA’MINLASH
TIZIMI. XUQUQIY ASOSLARI VA NIZOMLARI
Reja:
2.1.O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi
2.2.Respublikada o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha
munosabatlarni
huquqiy tartibga solish sohasida hukumat qarorlari.
2.3.O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining
huquqiy asoslari
2.4.O‘zbekiston o‘lchashlar birililigini ta’minlash davlat tizimi asosiy
nizomlari
2.5 Kattalik birliklarini qo‘llash tartibi. Xalqaro birliklar tizimi (SI).
2.6.Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar
2.1. O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash
tizimi
O‘lchashlar birliligini ta’minlash har qanday mamlakat uchun muhim davlat
vazifasi hisoblanadi. Mamlakatning barcha tadbirkor sub’ektlari
ularning qanday
mahkamaga qarashligi va mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar, o‘lchashlar birliligiga
rioya qilishi lozim.
O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash
tizimining faoliyati natijasida ta’minlanadi.
O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)
– bu
O‘zbekiston Respublikasining xalq-xo‘jalik kompleksining samarali iqtisodiy
rivojlanishi talablaridan kelib chiqqan, o‘lchashlar birliligiga erishish va uni asrash
ilmiy-asoslangan, texnik maqbul va iqtisodiy maqsadga muvofiq me’yorlar, qoidalar
va protseduralar tizimidir.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining asosiy nizomlari O‘z RST 8.001-
1998 “O‘z O‘DT. O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi. Asosiy nizomlar” da
bayon etilgan.
O‘z O‘BTT ning asosiy maqsadlari me’yoriy-huquqiy hujjatlarda quyidagicha
belgilangan:
– o‘rnatilgan qonun-tartiblarni, yuridik va jismoniy
shaxslarning huquq va
manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya
qilish;
– o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash,
sotish va ijara masalalari
bo‘yicha boshqarish davlat idoralari bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga solish;
– O‘zbekiston xalq xo‘jaligi kompleksining barcha sohalarida o‘lchashlarning
birliligi va talab etilgan aniqligiga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni
yaratish;
– O‘z O‘DT qoidalari, me’yorlari va protseduralarini xalqaro tashkilotlar va
boshqa davlatlar o‘xshash tizimlarining tavsiyanomalari bilan uyg‘unlashtirib,
xalqaro hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
– metrologik faoliyat doirasidagi ishlarni xalqaro va hududiy darajalarda
o‘zaro hamkorlik qilish va tan olishni ta’minlash;
– tadbirkorlik sub’ektlari darajasida O‘z O‘BTT
talablarini boshqa
tizimlarning talablari bilan uyg‘unlashtirish.
Maqsadlardan kelib chiqqan holda, O‘z O‘BTT uchun quyidagi vazifalar
qo‘yilgan:
– milliy qoidalarni xalqaro qoidalar bilan uyg‘unlashtirish
asosida
davlatlararo munosabatlarning rivojlanishiga ko‘maklashish;
– O‘z O‘BTT ni xalq xo‘jaligining ajralmas qismi sifatida rivojlanishini
bashorat qilish;
– o‘lchashlarning birliligini,
talab etilgan aniqliligini, ishonchliligini
ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning ilmiy va texnik imkoniyatlarini
rivojlantirishda
qatnashish, shuningdek o‘lchashlar metodlarini, o‘lchash
vositalarini mukammallashtirish va ularning aniqligi,
ish unumi va puxtaligini
oshirishga ko‘maklashish.
O‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning ilmiy asosi metrologiya –
o‘lchashlar to‘g‘risidagi fandan iborat. Bu fan uchta asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi:
– metrologiya bo‘yicha milliy idora bajaradigan faoliyatga oid va birliklar,
o‘chash metodlari, vositalari va o‘lchash labaratoriyalariga oid davlat talablarini
qamragan qonuniy metrologiya;
– amaliy metrologiya. Buning vazifasiga nazariy metrologiya ishlanmalarini
va qonuniy metrologiya nizomlarini amalda qo‘llanish masalalari kiradi.