metrologik
tekshiruv va nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish
belgilangan.
O‘lchashlar birliligi o‘lchash holati sifatida belgilangan. Bunda o‘lchash
natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va o‘lchashlarning
xatoliklari
belgilangan ehtimollik bilan berilgan.
Qonunga muvofiq metrologiya bo‘yicha faoliyatni davlat boshqaruvini
metrologiya bo‘yicha milliy idora –
Standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish O‘zbekiston agentligi (O‘zstandart Agentligi) amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.1994 y. №410
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, 09.02.1996 y. №53 “O‘zbekiston
Respublikasining etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni
takomillashtirish to‘g‘risida”, 02.12.2003 №539 “O‘lchash vositalarini tayyorlash,
xaridga chiqarish va ijara bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida
nizomni
tasdiqlash to‘g‘risida” Qarorlariga muvofiq metrologik faoliyatning ba’zi sohalari
aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 y. №373
“Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston Agentligi
tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”
Qarorida
O‘zstandart Agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari,
shu jumladan metrologiya sohasida belgilangan.