|
I bob. O‘lchash usullari va xatoliklari haqida ma’lumotlar
|
bet | 1/8 | Sana | 12.08.2024 | Hajmi | 120,8 Kb. | | #269378 |
Bog'liq 1 (2)
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I bob. O‘lchash. O‘lchash usullari va xatoliklari haqida ma’lumotlar
1.1. O‘lchash va o‘lchash usullari………………………………………..……
II bob. ASOSIY QISM.
2.1 Pozisioner va uning texnologik jarayonlardagi ahamiyati…………………
2.2 Pozisionerlar va ularning turlari, ishlash prinsiplari………………….........
III bob. Foxboro SRD960 markali potensiometrning o‘lchash sxemasini tahlil qilish
3.1 Foxboro SRD 991 markali pozisionerning ishlash prinsipi va qo‘llanilish sohalari……………………….………………………………………………….......
3.2 Foxboro SRD991 markali pozisionerning metrologik xarakteristikalarini o‘lchash diapazoni, aniqlik sinfi va yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini hisoblash…….............................................................................................................. 3.3 Foxboro SRD991 markali pozisionerni o‘rnatish uchun qo‘yiladigan talablar………………………………………………………………………….........
IV Xulosa……………………………………………………………………………
V Foydalanilgan adabiyotlar………….…………………………………….……..
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi
Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fani texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa dolzarb muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarga o‘z ixtisoslarini nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur egallashlariga yordam beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, inson boshqarishga qodir bo‘lmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirish, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratish imkonini beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti — asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsi- yalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqa- rorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yax- shilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini ort-tirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobi- gagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xom¬ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va chiqa- rilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
|
| |