|
Texnik ijodkorlik va dizayn
|
bet | 1/13 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 45,78 Kb. | | #259879 |
Bog'liq A.Sarvinoz kurs ishi (1)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ FANLAR fakulteti
FIZIKA VA TEXNOLOGIYA kafedrasi
“TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi
Bajardi: Abdusalomova S.N.
Ilmiy rahbar: _____________
Andijon-2024
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligi
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism:
2.1 O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash
2.2 O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk muhofazasi bo’yicha butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari
2.3 Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyati
Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Har qanday mamlakatning rivojlanganlik darajasi undagi intellektual mulkning rivojlanganlik darajasiga qarab belgilanadi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda o’z intellektual mulkini rivojlantirish borasida ayniqsa, bu mulkning davlatda va butun dunyoda himoyalanishiga katta e’tibor qaratiladi.
Mualliflik huquqining xalqaro miqyosda himoya qilinishida Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) o’rni kata. U 1976 yil 14 iyul kuni Stokgolm shahrida imzolangan Butunjahon Intellektual mulk tashkilotini tashkil etish haqidagi konvensiya asosida tashkil etilgan hukumatlararo xalqaro tashkilotdir.
Ushbu tashkilot 1974 yil dekabr oyida BMTning hukumatlararo xalqaro tashkiloti degan maxsus maqomni olgan. Tashkilotning vazifasi – dunyoda davlatlar o’rtasida kelishuv va bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni muvofiqlashtirish hamda shu sohadagi turli shartnoma va konvensiyalarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda dunyoning 180 dan ortiq davlati BIMTning a’zosi hisoblanadi. O’zbekiston 1991 yil 25 dekabrdan mazkur Tashkilotning teng huquqli a’zosidir. Bugungi kunda mamlakatimiz BIMTning 14 ta xalqaro hujjatini tasdiqlagan.
2000 yili Butunjahon Intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlari o’rtasida 26 aprel – “Xalqaro intellektual mulk kuni” sifatida nishonlanishi kelishilgan. 2001 yildan boshlab ushbu sana har yili butun dunyoda nishonlab kelinmoqda.
|
| |