• Bosh director
  • Agentlik faoliyatini tashkil etish




    Download 45,78 Kb.
    bet5/13
    Sana04.06.2024
    Hajmi45,78 Kb.
    #259879
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    A.Sarvinoz kurs ishi (1)

    Agentlik faoliyatini tashkil etish
    Agentlikka O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh director boshchilik qiladi.
    - Bosh direktorning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o’rinbosari bo’ladi.
    - Bosh director moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko’rsatish shart-sharoitlari bo’yicha vazirning birinchi o’rinbosariga, bosh director o’rinbosari – vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi.
    Bosh director:
    - Agentlik faoliyatiga umumiy rahbrlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
    - Xodimlarning umumiy soni doirasida Agentlik tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritadi, Agentlikning shtatlari jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
    - Agentlikning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
    - Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
    - Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
    - O’z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ko’rsatmalar beradi.
    - Bosh director qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
    - O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari;
    - Patent bojlari, EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazganlik uchun to’lov hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag’lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
    - Bunda Agentlik xodimlari mehnatiga haq to’lash xarajatlari O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari hisobiga qoplanadi, xodimlarni moddiy rag’batlantirish va Agentlikning joriy ta’minoti budjetdan tashqari mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
    Agenrlikda Bosh director, uning o’rinbosarlari, shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yo'nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibida hay’at tashkil etiladi.
    - Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Bosh director taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
    - Hay’at quyidagilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi:
    - Agentlik faoliyatining Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yanada takomillashtirish va amalga oshirish bo’yicha ushbu nizomda nazarda tutilgan asosiy yo’nalishlarni tayyorlash amalga oshirish;
    - Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
    - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini ashirish.
    - Hay’at Agentlik vakolatiga taaluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.
    - Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
    - Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko’pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
    - Hay’at qarorlari Bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
    - Bosh director va hay’at a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lgan taqdirda, Bosh director paydo bo’lgan kelishmovchiliklar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o’z fikr-mulohazalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozma shaklda ma’lum qilishlari mumkin.
    - hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
    Agentlikda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovarning kelib chiqish joylari nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog’liq apellatsiyalarni, shuningdek Tovar belgilarini O’zbekiston Respublikasida umumiy e’tirof etilgan deb tan olish to’g’risidagi arizalarni sudgacha ko’rib chiqish uchun Apellatsiya kengashi tuziladi.
    Agentlikni qayta tashkil va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Ma’lumot o’rnida shuni ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra daha 33-uyda joylashgan.
    O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi Fax raqami 71 2325005 dan iborat.
    O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi sayti manzili ima.uz.



    Download 45,78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 45,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agentlik faoliyatini tashkil etish

    Download 45,78 Kb.