1
9- MARUZA:
Tarmoq texnologiyasi va Internet xizmatlari.
Reja:
1. Kompyuter tarmog’i haqida umumiy tushunchalar. Tarmoq turlari va
topologiyalari.
2.Kompyuter tarmogining apparat va dasturiy ta’minoti.
3. Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlari
1. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari. Kompyuter tarmog’i
bayonnomalari, kompyuter tarmog’ining apparat va dasturiy
ta’minoti.
1.
Kompyuter tarmog’i haqida umumiy tushunchalar.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash
texnikasi paydo bo’lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni
bunday uzatish alohida
foydalanilayotgan kompyuterlarni bargalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir
necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir
kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning
resurslaridan
birgalikda foydalanish, hamda ko’pgina boshqa muammolarni ham hal
qilish mumkin bo’ladi.
Tarmoq -
kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot
almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o’zaro bog’langan majmui.
Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar
kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuter tarmog’i – bu kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashinuvini
ta’minlaydigan kompyuter va qurilmalar to’plami.Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida
foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir
nechta kompyuter yordamida echish imkoniyatlarini beradi.
Kompyuter tarmog’i
(NetWork, net – tarmoq va work - ishlash) – bu kompyuterlar o’rtasida
axborotlar
almashish tizimidir. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga barcha kompyuterlar
resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash.
Kompyuter tarmoqlarini
masshtabi qarab turlarga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (Local
Area Network,
LAN),
mintaqaviy tarmoqlar (Metropolitan Area Network, MAN),
global tarmoqlar
(WideAreaNetwork, WAN).