2
disk kontrollerlari va boshqalar)ning bog’lanishini ta’minlaydigan va ularga umumiy
disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan
almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to’plamidir. Lokal
tarmoqlarning asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona kompyuterlarning
ma’lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbob - uskunalarida xatolikning
yuzaga kelish ehtimolining deyarli yo’qligi.
Lokal tarmoq uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5
kmdan 6 kmgacha bo’lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta’minlaydi. Lokal
tarmoqning
xarakterli
tomonlari:·
chegaralangan
geografik
hudud,
foydalanuvchilarning katta tezlikka ega tarmoqda ishlashni ta’minlash, lokal servislarga
doimiy ulanish, yonma-yon turgan qurimalarga ulanish. Shaxsiy kompyuterlarning lokal
tarmog’i keng tarqalgan.
236–rasm. Lokal
tarmoqni binodagi
joylashuvi
237-rasm.
Kompyuterlar va mobil
qurilmalarni simsiz
bog’lanishi
Mintaqaviy tarmoqlar (Metropolitan Area Network, MAN)
–shahar va viloyatlar
darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya
kanallari orqali o’zaro bog’lagan lokal tarmoqqa nisbatan kattaroq tarmoqlar yig’indisi.