|
Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlariBog'liq Topologiyalari. Kompyuter tarmogining apparat va dasturiy ta’min (2)3. Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlari
1. Internet xizmatlari
Internet tarmog’i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi
funktsional imkoniyatlar quyidagilar: WWW Internet resurslarini tashkil etish, o’qish,
elektron pochta, Web hosting - Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish, Internet
conference - Internet orqali video muloqot, Searching - Internet qidiruv tizimlaridan
foydalanish, FTP fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo’lish, tarmoqda
xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash, Web-forumlar, Bloglar, Ijtimoiy tarmoqlar,
Internet-magazinlar, Yangiliklar, Messendjerlar, IPTV Internet tarmog’i orqali raqamli
televideniya, IP telefoniya - Internet tarmog’i orqali telefon so’zlashuvlar tarmoqdan
foydalanish va boshqalar.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga
uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli)
xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga
ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin. WWW
xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq
masofadagi do’stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o’rnini bosmoqda. Buning
uchun internetga bog’langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar
bo’lishi kifoya.
FTP (File transfer Protocol) fayl almashish protokoli internet standarti bo’lib,
internetda boshqa kompyuterlar bilan fayl ma’lumotlarini jo’natish va yuklashga
ruxsat beradi. Ma’lumotlarni jo’natish yuklashning aksidir: ma’lumotlarni jo’natish
internetda kompyuteringizdan serverga xujjatlar, grafiklar va boshqapredmetlarni
o’tkazish jarayonidir. Web sahifa mualliflari masalan, odatda web sahifalari
ma’lumotlarini web serverga jo’natishda FTP dan foydalanishadi.
|
| |