Koaksial kabel.(Coaxial cable). Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli
tizimida foydalanilish mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan
uzatish. Birinchi holda raqamli signal ShK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday
shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo’ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. U
tezligi 10 MbitG’sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish
kanaliga ega. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul
qilish stantsiyasiga yo’naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni
aylantirish operatsiyasini modem (modulyatorG’demodulyator) bajaradi; har bir
stantsiya o’z modemiga ega bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli ko’p
kanalli (o’nlab kanallar bo’yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat bitta
kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarnivideosignallarni,
ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha etishi mumkin.
7
246-rasm. Koaksial kabel (Coaxial cable) ni ko’rinishi Optik tolali kabel (fiber-optic cable) - tarmoqda foydalaniladigan eng yangi
texnologiya hisoblanadi. Bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq
tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bunday tizim tashqi elektr
halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (2 GbitG’s gacha) va xatosiz
uzatish mumkin bo’ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi.
Bunday kabellarda kanallar soni juda ko’p bo’ladi. Ma’lumotlar faqat simpleks rejimida
uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil etish uchun qurilmani
ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali kabel hamma vaqt juft tolali
bo’ladi). Kamchiliklari qatorida qiymati yuqoriligi va ulash murakkabligini ko’rsatish
mumkin.
247-rasm. Optik tolali kabel (fiber-optic cable) ni ko’rinishi Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan
o’lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun uning dasturiy
ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda
ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo’ljallangan
8
bo’lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili
joriy etilgan.
Birinchi
tamoyilda
tarmoqning
dasturlashtirilgan
ta’minoti
ko’pgina
foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri
resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh
kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli
modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin Fayl-server-bu serverning eng
umumiy
turi.
Ta’kidlash joizki, fayl-serverning disk sig’imi odatdagi
kompyuterlarnikidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan boshqa kompyuterlar
foydalanadi.
Tarmoqlarda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Masalan, printer, modem,
maksimal aloqa uchun qurilma. Fayl - server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina
tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning
operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi. Ishchi
stantsiyada faqat resurs va fayl
- server orasidan murojaat kilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys vazifasini
bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallagan dasturli tizimlari foydalanuvchiga
fayl - serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo’yicha ushbu dasturli tizimlar
faylli serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanishi
mumkin. Lekin, bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo’lganda
foydalanuvchi kompyuteriga, ya’ni ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va kerakli ishni
bajaradi. Bunda barcha ma’lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo’lsa va
faylli serverda saqlanayotgan bo’lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga
oshiriladi. Shubhasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining
kompyuteriga ko’chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil "klient-server" arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti
resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash
va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga ham mo’ljallangan. "Klient -
server" dasturiy tizimi serverning dasturli ta’minoti va foydalanuvchi-klientning dasturli
ta’minotidan iborat.
Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: klient-dasturlar foydalanuvchining
kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga
so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server
tomonidan amalga oshiriladi va foydalanuvchi kompyuterga faqat bajarilgan so’rov
natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir
necha 40 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ko’p sonli
foydalanuvchilarning yuqori unumli ishlashini, ishonchlilikni va himoyalanganlikni
ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient- server arxitekturasi (ma’lum ma’noda)
asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi
mashhur Web - serverlar,
9
FTD serverlar, elektron pochta serverlari ma’lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining
klient dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat olish va ulardan javob olish uchun
so’rash imkoniyatini beradi.
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog’i server deb
yuritilishi mumkin.