O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk muhofazasi bo’yicha butun jahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari




Download 45,78 Kb.
bet6/13
Sana04.06.2024
Hajmi45,78 Kb.
#259879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A.Sarvinoz kurs ishi (1)

2.2 O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk muhofazasi bo’yicha butun jahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari.
Bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi va uni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sifatida intellectual mulkni rivojlantirish, uning muhofazasini ta’minlashda huquqiy asoslarni yaratish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish mamlakatni rivojlantirishda muhim yo’nalishlardan biri etib belgilandi. Ushbu sohada, eng avvalo, Butunjahon intellectual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishga muhim e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi 1991-yilning o’zidayoq Butunjahon Intelektual mulk tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi. Butunjahon intellectual mulk tashkiloti (BIMT) intellectual mulk (IP) xizmatlari, siyosati, axborot va hamkorlik sohasidagi global forumdir. BIMT Birlashgan Millatlar tashkilotining o’z-o’zini rivojlantiruvchi tuzilmasi bo’lib, unga 193 davlat hisoblanadi. BIMT 1970-yil 26-aprelda Butunjahon intellectual mulk tashkiloti konvensiyasi kuchga kirgandan so’ng tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga a’zo bo’lib kirgach intellectual mulkning turli yo’nalishlari bo’yicha hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kirishildi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston BIMT ning 20 ga yaqin shartnomalarini ratifikatsiya qilgan:
- Butunjahon intellectual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvensiyasi;
- Sanoat mulkini muhofaza qilish to’g’risidagi Parij konvensiyasi;
- Patent kooperatsiyasi to’g’risidagi shartnoma;
- Tovar belgilari bo’yicha qonunchilik to’g’risidagi shartnoma;
- Patent jarayonlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponenlashtirishni tan olish to’g’risidagi Budapesht shartnomasi;
- Xalqaro patent klassifikatsiyasi to’g’risidagi Strasburg bitimi;
- Belgilarni ro’yxatdan o’tkazish uchun Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi to’g’risidagi Nitssa bitimi;
- O’simliklarning yangi navlarini muhofazalash bo’yicha Konvensiya;
- Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to’g’risidagi Bern konvensiyasi;
- Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasini ta’sis etish to’g’risidagi Lokarno bitimi;
- Patent qonunlari to’g’risidagi shartnoma;
- Belgilarni xalqaro ro’yxatga olish to’g’risida Madrid Bitimiga Bayonnoma;
- Mualliflik huquqi bo’yicha shartnoma;
- Ijrolar va fonogrammalar bo’yicha shartnoma;
- Ko’zi ojiz, ko’rishda nuqsoni bo’lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to’g’risidagi Marokash shartnomasi.
O’zbekiston Respublikasi mazkur shartnoma va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish asnosida ularning talab va tavsiyalaridan kelib chiqqan holda turli intellectual mulk obyektlarini muhofaza qilishga qaratilgan normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilingan hamda ilgari qabul qilinganlari milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ushbu shartnoma va konvensiyalarga muvofiqlashtirilgan. Bularga misol sifatida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonun, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi qonun, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston BIMT ga a’zo bo’lgach o’zaro aloqalar yildan-yilga rivojlanib bordi. O’zbekiston vakillari BIMT tomonidan tashkil etilgan bir qator xalqaro konvensiyalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, BIMTning vakillari O’zbekistonga tashrif buyurib, o’zaro hamkorlikda Toshkent va boshqa shaharlarda konferensiya va anjumanlar tashkil etildi. Xususan, 1996-yilda BIMT Bosh direktori Arpad Bogsha va 2000-yilda Kamil Idris boshchiligida BIMT Xalqaro byurosi vakillarining rasmiy tashrifi davomida O’zbekistonning davlat patentlash va litsenziyalash siyosatini amalga oshirishdagi nufuzi va mavqeyi rasman tan olindi. Buning yorqin misoli sifatida jahondagi davlatlar rahbarlari ichida birinchilardan bo’lib O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy patentlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishdagi ulkan hissasi, ixtirochilik faoliyatidagi ko’magi hamda mamlakatimizning sanoat mulk obyektlarini xalqaro patentlash huquqiy jarayonlaridagi faol ishtiroki uchun Butunjahon intellectual mulk tashkilotining Katta oltin medali bilan mukofatlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24- maydagi PQ-1536-son Qaroriga asosan Intelektual mulk agentligi tashkil etilgach, BIMT bilan hamkorlik aloqalari yanada jadallashdi. BIMT va agentlik o’rtasida turli anjuman va seminarlar taskil etildi.
Xususan, 2012-yil 3-4 aprelda Toshkent shahrida Butunjahon intellectual mulk tashkiloti tomonidan Mualliflar va bastskorlar jamiyatlari xalqaro kofederatsiya (SIZAK) va O’zbekiston Respublikasi Inetellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasi va mulkiy huquqlarni jamoatchilik asosida boshqarish” mavzusidagi subregional seminari o’tkazildi. Ushbu tadbir 26-aprelda nishonlanadigan Butunjahon intellectual mulk kuniga bag’ishlangan.
Seminar ishida BIMT va SIZAK vakillari, Rossiya, Ruminiya, moldova, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekistonning mulkiy huquqlarni jamoatchilik asosida boshqarish bo’yicha tashkilotlari va shuningdek, Respublikaning soliq va sud organlari, efir va kabel ko’rsatish va eshittirish tashkilotlari vakillari, asarlar mualliflari, ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va boshqa manfaatdor shaxslar qatnashdilar.
2013-yil 1-mayda Butunjahon Intellaktual mulk tashkiloti va O’zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan tashkil etilgan Patent koopertasiyasi shartnomasi (RST) tizimi bo’yicha milliy seminar o’tkazildi. Seminar ishi jarayonida BIMT vakili va Agentlik mutaxassislari tomonidan xalqaro talabnomalarni tuzish, topshirish va ko’rib chiqish, xalqaro patent qidiruvi, xalqaro dastlabki ekspertizasi, RST tlabnomalarini electron yo’l bilan topshirish, talabnoma beruvchilar uchun xizmatlar (ePCT) va RST bo’yicha axborot resurslari masalalari muhokama qilindi.
Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o’zaro hamkorlikka 2014-yilning 20-23-may kunlari “Oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida intellectual mulk” mavzusida, 2015-yilning 12-15-may kunlari “Tovar belgilarining huquqiy muhofazasi masalalari va belgilarini ro’yxatga olishning Madrid tizimi” mavzusida, 2016-yilning 12-15-may kunlari “Innovatsiya va intellectual mulk” mavzusida va boshqa qator mavzularda turli darajadagi seminar va uchrashuvlar o’tkaziladi.
Agentlik vakillari 2017-yilda Jeneva shahrida o’tkazilgan BIMT ga a’zo davlatlar vakillarining Assembleya yig’ilishida ishtirok etdilar. Mazkur yig’ilish doirasida agentlik vakillari BIMT bosh direktori F. Garri bilan uchrashdilar. F.Garri O’zbekiston Respublikasida amalga oshirlayotgan islohotlarni yuqori baholab, O’zbekistonning BIMT faoliyatiga sezilarli ishtirokini ta’kidladi. Shuningdek, agentlik mutaxassislarining malakasini masalalarida zaruriy yordam ko’rsatishga va’da berdi. Mazkur uchrashuvda erishilgan o’zaro kelishuvga muvofiq 2017-yil 6-oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi va Jahon Intelektual mulk tashkiloti o’rtasida “O’zbekiston Respublikasida texnologiyalarni va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish to’g’risidagi memorandum” imzolandi. Ushbu kelishuvda o’zaro hamkorlikda texnologiyalarni va innovatsiyalarni qollab-quvvatlash markazlarini tashkil etish belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3365-son Qaroriga asosan Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazlari tarmoqlarini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Ushbu Memorandumga muvofiq 2017-yildan davomida Agentlikning Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv markazi tomonidan respublikamiz Oliy o’quv yurtlari va Fanlar Akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlarida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazlari tashkil qilib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4168-son Qaroriga asosan tasdiqlangan “yo’l xaritasi”da Butunjahon intellectual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish vazifasi qo’yilgan. Xususan, quyidagi masalalar bo’yicha BIMT bilan hamkorlikni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan:
- “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida intellectual mulkni huquqiy muhofaza qilishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish;
-Xalqaro normative-huquqiy hujjatlar, BIMTning texnik qo’llnmalari va ilmiy kitoblarini tarjima qilish va moslashtirish bo’yicha BIMTning texnik ko’magini oshirish;
- Intellektual mulk, shu jumladan uning huquqiy himoyasi sohasidagi milliy mutaxassislarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish;
- Jamiyatda ntellaktual mulk obyektlariga bo’lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ’ibot choralari va ishlarini o’tkazish.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019-yil 11-12-sentyabr kunlari Agentlik tomonidan BIMT bilan hamkorlikda “Intellektual mulkka nisbat hurmat munosabatini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda BIMT, Estoniya, Belgiya va boshqa davlatlardan vakillar ishtirok etishdi. Ushbu seminar davomida intellectual mulk obyektlariga nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirish va oshirishning konsepsual asoslari, mazkur sohada BIMTning tutgan roli, Intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha xalqaro hamkorlik va bu boradagi rivojlangan davlatlarning tajribasi muhokama qilindi. Seminar yakunida “Intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha strategic hamkorlik”mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-yanvardagi “ Intelektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tabirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qaroriga asosan Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O’zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish belgilangan.
Ushbu milliy strategiyani qabul qilishdan maqsad intellectual mulk tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e’tiborga molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir.

Download 45,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 45,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk muhofazasi bo’yicha butun jahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari

Download 45,78 Kb.