|
Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 2/13 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 45,78 Kb. | | #259879 |
Bog'liq A.Sarvinoz kurs ishi (1)Kurs ishining dolzarbligi: Intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, yuzaga kelgan muammolarning yechimlarini birgalikda izlash va uni bartaraf etish, dunyo hamjamiyatining rivojlanishi bevosita ushbu sohada chuqur ilmiy izlanishlar olib borish.
Kurs ishining maqsadi: Intellektual mulk huquqlarini tartibga solish, ommaviy maqsadlarni amalga oshirish va investorlarga qulayliklar yaratish.
Kurs ishining vazifalari: Yangi intellektual mulk obyektlarini yaratish, ilmiy-ijodiy faoliyatni moddiy qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotni innovatsion bosqichga o’tkazish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, ayniqsa, sohada huquqni qo’llash amaliyotini kuchaytirish.
Kurs ishining obyekti: Intellektual mulk bo’yicha o’quv dasturlarni tayyorlash, mutaxassislarni tayyorlash va intellektual sohasida faoliyatni tashkil etish.
Kurs ishining predmeti: Intellektual mulk haqida asosiy ma’lumotlar, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning qonuniy va amaliy jihatlari, Intellektual mulkni boshqarish va rivojlantirsh bo’yicha tajribali ishlar.
Kurs ishining me’moriy-huquqiy asoslari: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qarori.
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
2.1 O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining Intelektul mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2016-yil 20-oktabrdagi PQ-2637-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi to’g’risidagi yangi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari;
Patent bojlari,elektiron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazganlik uchun to’lov hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag’lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi “Intellekt Ekspert“ davlat unitar korxonasi O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o’quv markaziga qo’shib yuborish yo’li bilan qayta tashkil etilsin.
Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”
2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT,
2011-y., 6-son, 47-modda) o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida takliflar kiritsin;
O’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari zimmasiga yuklansin.
Sh. Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to’g’risida Nizom qoidalari
O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (keying o’rinlarda Agentlik deb ataladi) intellectual mulk sohasida yagona davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o’z faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Agentlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Agentlik o’z faoliyatini davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek Butunjahon intellectual mulk tashkilotida va intellectual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.
Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga ega bo’ladi.
|
| |