|
Texnik ijodkorlik va dizayn
|
bet | 9/13 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 45,78 Kb. | | #259879 |
Bog'liq A.Sarvinoz kurs ishi (1)3. Adliya vazirligi:
a) Bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda agentlikning budjetdan tashqari jamg’armasi mablag’laridan foydalanish tartibini hamda O’zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning patent bojlari va tolovlaridan o’rnatilgan tartibda tushadigan mablag’larni yo’naltirish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini vazirlar mahkamasiga kiritsin;
b) ikki hafta muddatda:
- Mazkur qarorning uchinchi bandi “v” kichik bandida ko’rsatilgan mablag’lar kelib tushishining alohida hisobini yuritish uchun tegishli bank va g’azna shaxsiy hisob varaqalari ochilishini;
- Agentlikning g’azna shaxsiy hisob varaqasidagi qoldiq mablag’lar agentlikning budjetdan tashqari jamg’armasi shaxsiy hisob varaqasiga o’tkazilishini ta’minlasin.
v)ikki oy muddatda Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkazish orqali Agentlikning intellectual mulk sohasida chuqur bilimlarga hamda amaliy ish tajribasiga ega halol, tartib-intozomli va malakali kadrlar bilan to’ldirilishini ta’minlasin.
4. Agentlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag’lari, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda shakllantiriladigan adliya vazirligi va agentlikning budjetdan tashqari mablag’lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lar belgilansin.
5. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
Davlat organlari, korxonalari, muassalari va boshqa tashkilotlar faoliyatida Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi bo’yicha o’rganishlar o’tkazish;
- Intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo’l qo’ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish.
6. Adliya vazirligining hududiy bo’linmalariga quyidagi qo’shimcha vazifalar yuklatilsin:
-Korxonalar, muassalar va tashkilotlarga intellectual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha konsultativ va amaliy ko’maklashishж
- Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofaza qilishni, mualliflarning va boshqa huquq egalarining huquqlari muhofaza qilinishini ta’minlash bo’yicha, shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga qarshi kurashishdan vakolatli davlat organlariga ko’maklashish orqali tegishli choralar ko’rish;
- Aholi o’rtasida intellectual mulk muhofazasi sohasida huquqiy madaniyatni oshirish bo’yicha targ’ibot tadbirlarini tashkillashtirish va o’tkazish.
|
| |