• 8. Belgilab qo’yilsinki
  • Adliya vazirligining quyidagi takiflariga rozilik berilsin




    Download 45,78 Kb.
    bet10/13
    Sana04.06.2024
    Hajmi45,78 Kb.
    #259879
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    A.Sarvinoz kurs ishi (1)

    7. Adliya vazirligining quyidagi takiflariga rozilik berilsin:
    - Intelektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o’quv markazi” davlat unitar korxonasini “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi qoshidagi Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlash;
    - 2019/2020 o’quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik unversitedida “Intellektual mulk huquqi” mutaxassisligi bo’yicha yangi magistratura yo’nalishini ochish va unga bazaviy oliy ma’lumotdan qat’iy nazar intellectual mulk sohasidagi muataxassislarni tayyorlash vazifasini yuklash;
    - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga Intellektual mulk sohasidagi kadrlarning malakasini, shu jumladan, pullik asosda oshirish bo’yicha qo’shimcha vazifa yuklash.
    8. Belgilab qo’yilsinki:
    a) Adliya vazirligi huzurida O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri rais hisoblanadigan intellectual mulk obyektlarning huquqiy muhofazasi bilan bog’liq bo’lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko’rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi;
    Apellyatsiya kengashi tarkibiga intellectual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi;
    Apellyatsiya kengashining tarkibida Adliya vazirligi va Agentlik xodimlari soni Apellyatsiya kengashi a’zolari umumiy sonining o’ttiz foizdan oshmasligi lozim;
    b) Quyidagi mezonlarga muvofiq keluvchi Tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisi O’zbekiston Respublikasi hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi:
    - Tovar belgisi qo’llaniladigan tovarlar va xizmatlarning turi O’zbekiston Respubliaksining amaldagi va potensial Iste’molchilari tomonidan yoxud Tovar belgisi qo’llaniladigan tovarlar va xizmatlarning turi uni tarqatilishini ta’minlashda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud Tovar belgisi qo’llaniladigan tovarlar va xizmatlarning turiga aloqador bo’lgan ishbilarmonlar doirasi tomonidan tanib olinishi, bunda tovarning sifat darajasi haqida tushuncha mamlakatdagi Tovar belgisi bilan bog’liq bo’lishi kerak;
    - Avvaldan xos bo’lgan yoki faol foydalanish natijasida vujudga kelgan yuqori farqlanish xususiyati;
    - O’zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, Internet tarmog’ining milliy segmenti domen nomlari tizimida Tovar belgisidan keng foydalanish va uning reklama qilinishi;
    - Respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalanish natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati;
    v) Apellyatsiya kengashi tomonidan qaror qabul qilishda yuqoridagi mezonlar bilan bir qatorda mazkur qarorda aks etmagan ushbu sohadagi xalqaro standartlar, shu jumladan, Butunjahon intellectual mulk tashkilotining hujjatlariga muvofiq qo’shimcha mezonlar inobatgav olinishi mumkin.

    Download 45,78 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 45,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adliya vazirligining quyidagi takiflariga rozilik berilsin

    Download 45,78 Kb.