Texnik ijodkorlik va dizayn




Download 45,78 Kb.
bet12/13
Sana04.06.2024
Hajmi45,78 Kb.
#259879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
A.Sarvinoz kurs ishi (1)

Belgilansinki:
-Agentlining, shu jumladan, Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o’quv markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan to’liq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq to’lash va moddiy rag’batlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda o’tkaziladi;
- Agentlikka O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimigab tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining o’rinbosari – director boshchilik qiladi;
- Agentlik direktorini o’rinbosarlari belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. 2019 yil 1 martdan shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq:
- Tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va Tovar kelib chiqqan joy nomini ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnomalar topshirilgandan so’ng, Agentlik bir ish kuni mobaynida ushbu talabnomalar toshirilgandan so’ng, Agentlik ish kuni mobaynida ushbu talabnomalar haqidagi ma’lumotlarni o’zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
- Ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilar yoki ularning vakillari talabnomalari e’lon qilingandan so’ng Agentlikka ro’yxatdan o’tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin;
- Tovar belgisiga va xizmat ko’rsatish belgisiga doir mutloq huquq, Tovar kelib chiqqan joy nomi va Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi o’sha kunning o’zida Tovar belgisi haqidagi ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reyestrida ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi;
- Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi Tovar belgisi O’zbekiton Respublikasi hududida so’nggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalnilmaganda, shuningdek, jamoaviy belgidan foydalanish to’g’risidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan avval to’liq yoki qisman tugatilishi mumkin.
4.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalarni faqat electron shaklda davlat xizmatlari markazlari yoki O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali topshirish tartibini joriy etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yil 1 iyulga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha ma’muriy reglamentlar loyihalarini kiritsin.
5.Intellektual mulkning samarali himoyasini ta’minlash bo’yicha “yo’l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yo’l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6.Belgilab qo’yilsinki, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab patent vakillari har besh yilda kamida bir marta keyinchalik attestatsiyadan o’ttkazilgan holda intellectual mulk sohasida o’z malakalarini oshirishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda Ilg’or ta’lim standartlari va texnologiyalari hamda Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv va ilmiy salohiyatidan foydalangan holda intellectual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7.Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi “Byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jihatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5446-son Farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga “Xufiyona iqtisodiyot” shakllanishi holatlarini aniqlash, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qo’yish funksiyalari yuklangan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda:
2019 yil 1 iyulga qadar O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan hammaga ma’lum Tovar belgilarining nohalol ro’yxatdan o’tkazilishini aniqlash nuqtai nazaridan O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tkazilgan barcha Tovar belgilarini to’liq xatlovdan o’tkazsin va qonun talablari buzilgan holda berilgan Tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini ko’rsin;
-Intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash va oldini olish bo’yicha ta’sirchan choralarni ko’rsin.
8.Agentlik O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, Bosh prokuratura huzaridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar quyidagilarni ta’minlovchi intellectual mulk ob’ektlarning yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va joriy etsin:
- Huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo’lgan intellectual mulk ob’ektlarini real vaqt rejimida kuzatib boorish;
- Intellektual mulk ob’ektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo’lganda ularni avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;
- Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish.
9.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
- O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda intellectual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini, shu jumladan, Mulk huquqini himoya qilish xalqaro indeksi mezonlarini inobatga olgan holda ta’minlashning zamonaviy baholash va tahlil qilish tizimini joriy etish bo’yicha Kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va 2019 yil 1 iyulga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
-Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020 yil 1 yanvardan boshlab intellectual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda patent bojlari va to’lovlarini, shuningdek, norezidentlardan Tovar belgisi va sanoat namunasining huquqiy muhofazasini berish uchun undiriladigan individual boj stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agentlikning faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish , shu jumladan, uning xodimlarini moddiy rag’batlantirish bo’yicha takliflar kiritsin;
- Manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek, o’zlari qabul qilgan normative-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.M.Mavlonov va O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K.Davletov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Intellektual mulk deganda, biz turli zamonlarda insonlar o’zining ongi va tafakkuri, bilimi va qobiliyati yordamida kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda yaratgan ijod mahsulotlari yoki mulklarini tushunamiz ekan. Bu mulklarni zamonaviy texnologiya sohasi, fan va adabiyot sohasi yoki sanoat va kimyo sohasi singari boshqa bir qator sohalarning rivojlanishi , yangiliklar yaratilishi va tatbiq etilishi misolida sanab o’tish mumkin.
Inson salohiyati bilan yaratilgan intellectual mulkning himoya qilinishi, ommaga taqdim etilishi, moliyalashtirilishi, shuningdek faoliyatini davom ettirishi, ayniqsa, uning muhofaza etilishi yillar davomida muhim masalaga aylanib bormoqda. Shu bois intellectual mulk huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, yuzaga kelgan muammolarning yechimlarini birgalikda izlash va uni bartaraf etish, dunyo hamjamiyatining rivojlanishi bevosita ushbu sohada chuqur ilmiy izlanishlar olib borishni taqazo etadi.
Intellektual mulkning huquqiy himoyasiga doir qonunchilikni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish milliy iqtisodiyotning innovatsion rivoji hamda mamlakatning intellectual ishlab chiqarishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Shu bois yangi intellectual mulk obyektlarini yaratish, ilmiy-ijodiy faoliyatni moddiy qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotni innovatsion bosqichga o’tkazish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, ayniqsa, sohada huquqni qo’llash amaliyotini kuchaytirish, huquq egalarining og’ishmay rioya etish dolzarb vazifalardan bo’lib qolaveradi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respubllikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining1992 yil 3 avgustdagi 360son qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo’mitasi va uning huzurida Respublika ilmiy-texnika va patent litsenziya axboroti markazi tashkil etildi.
Bu ma’lulumotlarga tayangan holatda, biz shunday xulosaga kelamizki, O’zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi (ORIMA) O’zbekistonda Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, ularga bo’lgan munosib foydalanishni ta’minlash va ularni rivojlantirish bilan shug’ullanadi ekan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Intelektual mulk huquqlarini tartibga solish, ommaviy maqsadlarni amalga oshirish va investorlarga qulayliklar yaratish uchun xizmat ko’rsatadi. Bu agentlik Intellektual mulk huquqlari bilan bog’liq huquqiy masalalarda ko’maklashadi va ma’lumotlarni tarqatadi.


Download 45,78 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 45,78 Kb.