• Foydami yoki zarar
  • Sun’iy intellekt informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan




    Download 16.7 Kb.
    Sana04.03.2024
    Hajmi16.7 Kb.
    #166777
    Bog'liq
    1-amaliy
    Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli – bu, presentation, Purchase Principles deadline 1 (2), 13 amaliy ishi, 12 амалий машгулот, КИНЕМАТИКА МАТЕРИАЛЬНОЙ ТОЧКИ, Химя презитатция №20, 009 сем1 2курс ИстУзб, Nodir1, 2 (2), YN savol 2 kimyo 2023, Bayonnomasi ¹, Образли” хотира тадқиқоти “Кўрув образли хотираси” ни ўрганиш Ме-fayllar.org, 3-Практический занятия, ранглар псих

    Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
    Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
    1990 yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
    Sun’iy intellektning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni Sun’iy intellekt ning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.

    Foydami yoki zarar?


    Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa Sun’iy intellekt ga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.
    Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask Sun’iy intellekt ning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil.
    Maskning fikricha, “Sun’iy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf- xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”.
    Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi.
    “Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, Sun’iy intellekt shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.
    “Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark Sun’iy intellektga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. Sun’iy intellekt ning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi.
    Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
    «Sun’iy tafakkur» atamasi esa keyinroq paydo bo‘ldi: 1956-yilning yozida AQShning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti), Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti) singari o‘nlab olimlar ishtirok etdi hamda mavzu bo‘yicha ma’ruza qilgan amerikalik informatik Jon Makkarti (1927–2011) «Artificial Intelligence» («Sun’iy tafakkur») atamasi muallifi sifatida tarixda qoldi.Ushbu uchrashuvdan so‘ng sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega mashinalarni faol rivojlantirish boshlandi. Mazkur sohada yangi texnologiyalarni yaratishda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni faol moliyalashtirgan harbiy muassasalar muhim rol o‘ynadi. Keyinchalik bu sohadagi ishlar yirik kompaniyalarni ham qiziqtirib qo‘ydi. Zamonaviy hayot tadqiqotchilar oldiga yanada ko‘p murakkab vazifalarni qo‘ya boshladi. Shu bois sun’iy tafakkur, o‘zining paydo bo‘lgan davriga nisbatan, mutlaqo boshqacha shart-sharoitlarda rivojlana bordi. Globallashuv jarayonlari, raqamli tarmoqdagi huquqbuzarliklar (xakerlar) faoliyati, internet taraqqiyoti va boshqa muammolar – bularning bari olimlar oldiga sun’iy tafakkur sohasidagi murakkab vazifalarni hal etish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi.Ushbu sohada so‘nggi yillarda erishilgan muvaffaqiyatlar (masalan, avtonom texnikalarning paydo bo‘lishi)ga qaramay, haqiqatda sun’iy intellektni yaratishga ishonmaydigan tanqidchilarning ovozi hamon tingani yo‘q – ularning fikricha, bu u qadar qobiliyatli dastur emas.Faylasuflar insoniy intellekt tabiati va uning maqomi qanday bo‘lishi haqida yakdil fikrga kelisholganicha yo‘q. Sun’iy tafakkurga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda sun’iy tafakkurni hal etish bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalar uchraydi. Shuningdek, ushbu masalada qanday mashinani aqlliroq sanash mumkin, degan yagona tushuncha mavjud.
    Download 16.7 Kb.




    Download 16.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellekt informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan

    Download 16.7 Kb.