• Tayanch so’z va iboralar
  • 3- amaliy mashg’ulot mavzusi. Radiatsion va kimyoviy razvedka priborlari va ularni ishlatish. Ishdan maqsad




    Download 0,64 Mb.
    bet1/2
    Sana13.12.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #117731
      1   2
    Bog'liq
    12 амалий машгулот



    3- AMALIY MASHG’ULOT
    MAVZUSI.
    Radiatsion va kimyoviy razvedka priborlari va ularni ishlatish.


    Ishdan maqsad.

    1. Radiatsion razvedka priborlari va ularni ishlatishni o’rganish

    2. Kimyoviy razvedka priborlari va ularni ishlatishni o’rganish



    Tayanch so’z va iboralar: DP, DP-22V, DP-24, DP-23A, ID-1, ID-11

    Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi muhit ob’ektlarining radioaktiv ifloslanishini o’lchashda DP-5 turidagi asboblardan foydalaniladi. Bunda radiatsiya ta’siri va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-24, DP-23A, ID-1, ID-11 dozimetrlar turi bilan o’lchanadi. Shaxsiy dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo’lganda olingan shaxsiy dozalarni hisobga oladi. Tashqi muhitlarda foydalaniladigan ko’pgina dozimetrik asboblarning ishlash tamoyili radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni ionlash qobiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblarga: bir xil tamoyilda tuzilgan va qabul qiluvchi, ko’paytiruvchi, o’lchovchi qurilmalar hamda ishlashni ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.


    DP-5B, DP-5A, DP-5V ASBOBLARINING ASOSIY TEXNIK KO’RSATKIChLARI VA VAZIFALARI.


    Dala rentgenometrlari DP-5A va doza darajasini o’lchovchi DP-5B, DP-5V (2-rasm) har-xil predmetlarning gamma-nurlanish bo’yicha radioaktiv zararlanish va gamma radiatsiya darajasini o’lchash uchun mo’ljallangan. Gamma-nurlanishning ta’sir dozasi rentgen soatlarida (RG’s) yoki millirentgen soatda (mRG’s) asbob hisoblagichi joylashtirilgan havodagi quvvatini o’lchaydi (rasmga qarang).





    DP—5A o’lchagich pulti:


    1—g’ilof; 2-qopqoq; 3—mikroampermetr ko’rsatkichini tushiradigan tugmacha; 4— telefonni ulash uyasi; 5—ish tartibini boshqaradigan polenlsiomctr dastasi; 6—mikroampermetr; 7— daraja o’lchagich oynasini yoritgichi; 8- diapazonlarga ko’chirgich; 9— zond kabelini tutashtiruvchi qism; 10- nol holatiga o’rnatadigan mexanik korrektor tiqin.

    DP-5A, DP-5B, DP-5V asboblari minus 400 dan plyus 500 gacha haroratda va 65 foiz nisbiy namlik bo’lganda o’lchashlarni ta’minlaydi. Asbob zondini suvga 50 sm chuqurlikgacha tushirish mumkin. Asbob og’irligi 7,6 kurator gruppo’ qinsiz va qo’shimcha uskunasiz esa 2,8 kurator gruppo’ keladi.


    Asbob komplektiga 2 ta qayish bilan asbob qini va nazorat manba (strontsiy-90 va ittiriy-90); uzatuvchi shtanga; akkumulyatorga ulash uchun kabelli kuchlanishni bo’luvchi; element uskunalar yig’masi; telefon; hujjat joylashtiradigan qutilar kiradi.
    Energiya diapozoni 0,084 dan 1,25 Mev gacha bo’lganda gamma-nurlanishlar bo’yicha o’lchashlar diapozoni 0.05 RG’s.dan 200 RG’s.gachani tashkil qiladi. O’lchash asbobi 6 ta poddiapozonlarga ega.
    2-6 poddiapozonlardagi ko’rsatkichlar yuqori shkala bo’yicha olinadi va mos keluvchi koeffitsientlarga (1000, 100 va h.k.) ko’paytiriladi. Noldan birinchi ko’rsatgan raqamgacha bo’lgan bo’laklar ishchi bo’laklar hisoblanadi. Bir me’yoriy sharoitda ko’rsatish xatosi (q) 35 foizdan oshmaydi.
    O’lchash shkalalari.
    Yuqoridagi shkala gamma-nurlanishning doza quvvatini x1000, x100, x10, x1, x0,1 poddiapozonlarda o’lchash uchun mo’ljallangan. Zond oynasi ochiq holda («B» holat) tekshirilayotgan ob’ektdan 1-1,5 sm masofada beta-nurlanish mavjudligi aniqlanadi. Bunda beta va gamma nurlanishlarning umumiy dozasi o’lchanadi. Tepadagi shkalada qoraga bo’yalgan uchburchak va yoy bo’lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 RG’s bo’lganda, tepadagi shkala bo’yicha o’lchanadi. Rejimni yo’lga solib turuvchi potentsiometr asbobga uzatilayotgan elektroquvvatini moslab turadi va ulaydi.


    O’lchov jadvali


    Download 0,64 Mb.
      1   2




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3- amaliy mashg’ulot mavzusi. Radiatsion va kimyoviy razvedka priborlari va ularni ishlatish. Ishdan maqsad

    Download 0,64 Mb.