• Badiiy asar haqida qisqacha
  • ASAR MAVZUSI Asar butunlay ikki xil olamda yashagan va afg’onistondagi urushlar sabab tinch hayoti buzilgan va taqdiri uchrashgan ikki ayol haqida .
  • Asarning lingvistik tahlili
  • Asardagi konflikt Laylo uyga kelgach dastlab Maryam uni o’ziga dushman deb biladi , Asar kulminatsiyasi
  • Asardagi folklor namunalari
  • Asardan olgan taassurotlarim
  • Xolid Husayniy “ming quyosh shu’lasi”




    Download 2.59 Mb.
    Sana31.03.2024
    Hajmi2.59 Mb.
    #182911
    Bog'liq
    Ziyodullayev J DBM 6-10, 5-5 Bug‘-suvli qizdirgichlarni issiqlik xisobi., 855, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja (1), httpsweb.hbcvip.org#pagesminewalletmoney-detail-listmoney-detail-listtype=2, DavrMobile 07.01.2023 23-26-36, Лаборатория иши Биполяр транзисторда ясалган уэ кучайтиргич схем, hFl4ixQI6bZs8a6X23Ev9M7u6Ux3Y1DZXWbHetSh, BRONZA QOTISHMASIDAGI, BOBOQULOVA GULMIRA, Asqar, Algoritmni loyihalash mustaqil ish 3, AYJ DASTURI, Zaxirani avtоmatik ulash (ZAU), Is gazidan ehtiyot bo (2)

    Badiiy asar tahlili “MING QUYOSH SHU’LASI

    Muallifning qisqacha biografiyasi

    • Khaled Hosseini (1965-yil 4-martda tugʻilgan) — afgʻon-amerikalik yozuvchi va shifokor. U 15 yoshidan Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashab kelgan va hozirda shu davlatning fuqarosidir. Uning 2003-yilda yozilgan debut asar "The Kite Runner" (Shamol ortidan yugurib) dunyo boʻylab katta muvaffaqiyatga erishib, 101 hafta davomida eng muvaffaqiyatli kitoblar roʻyxatida turgan (shulardan 4 haftasida 1-oʻrinda boʻlgan). 2007-yilda u ikkinchi kitobi — "A Thousand Splendid Suns" (Ming quyosh shulasi) asarini yaratadi.

    Badiiy asar haqida qisqacha


    Asar nomi: Ming quyosh shu’lasi
    ASAR MUALLIFI:XOLID HUSAYNIY
    JANRI: ROMAN
    IJODIY METODI : REALIZM

    ASAR TARIXIY VA AVTOBIOGRAFIK ASAR HISOBLANADI. ASARDA KO’PLAB VOQEALAR YOZUVCHI O’Z KO’RGAN KECHIRGANLARIGA ASOSLANGAN.

    ASAR MAVZUSI

    Asar butunlay ikki xil olamda yashagan va afg’onistondagi urushlar sabab tinch hayoti buzilgan va taqdiri uchrashgan ikki ayol haqida .

    Muhabbat ,tinchlik,do’stlik, ota va bola munosabatlari barchaasi bir asarda mohirlik bilan keltirilgan.

    Asarning asosiy g’oyasi

    Asarda Afg’onistonning urush oqibatidagi ayanchli ahvoli ko’rsatilgan. Asarning g’oyasi nafaqat urush dahshatlarini ochib bergan , balki o’sha davrdagi insonlarning ayanchli taqdiri, tinchlik eng buyuk ne’mat ekanligini uni yo’qotish qanchalar qimmatga tushishi haqida.

    Asar sarlavhasi haqida

    • Asar aksariyat voqealari Qobulda bo’lib o’tadi.Asarning aynan ming quyosh shu’lasi deb nomlanishing asosiy sababi shundaki ,buyuk ozarbayjon shoiri Tabriziy ming quyoshning shu’lasi Qobulda doimo porlaydi deb aytgan . Shu sababli shoir aynan shu sarlavhani qo’yadi.

    Asarning lingvistik tahlili

    • Frezeologizmlar: boshim oqqan tarafga, qay go’rdan keldi, jizzaki bo’lib qolmoq, ko’ngli ochiq, erib ketmoq, juftakni rostlamoq, ko’zdan yo’qolmoq, hafsalasi pir bo’lmoq
    • Kasb hunarga oid so’zlar: qo’g’irchoqboz, oshpaz, haydovchi, amaldor, usta , shifokor, xumcha, chinni bilakuzuk , zebigardon, munchoq, soat, kursi
    • Toponimlar:Qobul, Hirot
    • Tarixiy so’zlar

    Asardagi milliylik

    • Asarda 1974 yilda ramazon oyining kuzga to’g’ri kelishi, yangi oy ko’rinishi bilan butun hayot o’zgarib qolganligi, ramazon oyining qanchalik osuda o’tganligi aytib o’tilgan.”Bayramda hamma bir biriga shirinlik ulashar , hayit bilan tabriklashar edi”

    Badiiy asardagi tugun

    • Asardagi tugun bu ikki ayolning badbaxt bir kimsaning qo’liga tushib qolganligidir . Maryam otasining va ogay onasi va singillarining xohishiga ko’ra Rashidning qo’liga tushadi, Laylo esa badbaxt urush oqibatida u bilan qoladi , ammo ikkisi ham Rashiddan qutulishni ozod erkin hayotga chiqishni xohlashadi.

    Asardagi konflikt

    • Laylo uyga kelgach dastlab Maryam uni o’ziga dushman deb biladi ,

    Asar kulminatsiyasi

    • Asarning kulminatsiaysi Rashidning Tariq o’ldi deb yolg’on gapirgani va Maryamni do’pposlashidan boshlanadi. Rashidning o’lasi qilib urishi va qamab qo’yishi , Layloni ham ayamay urishi ularning sabrini tugatadi va Maryam Rashidni urib o’ldiradi

    Asardagi yechim

    • Asarda Maryam va Laylo nihoyat zolim qo’lidan qochib qutulishadi.
    • Laylo Tariq bilan baxtli hayot kechira boshlaydi.
    • Maryam esa yerdan topolmagan baxtini samodan topishga umid qilib bu yorug’ olamdan ko’z yumadi.

    Asardagi folklor namunalari

    • “Raftem ba mozori sharif Mulla Mahummadjon”
    • Chulg’onur har tomi behad mohitob anvorida , ming quyoshning shu’lasi porlaydi har devorida(Tabriziy)

    Asardagi eng yaxshi aforizmlar va mushohadalar

    • 1. O’lim haq
    • Biror bir afg’on yo’qki urush uning taqdiriga soya solmagan bo’lsa
    • Sen kim bo’lishni istasang albatta bo’la olasan
    • Turmush qochmaydi vaqtida bilim olish kerak
    • Bu urush bir kun tugaydi sen shunda vatanga kerak bo’lasan

    Asardan olgan taassurotlarim

    • Asar juda mohirona tarzda yozilgan. Asarni o’qir ekanmiz beixtiyor ko’zimizga yosh olamiz. Yozuvchi ushbu asar orqali tinchlikning qadriga yetishga undayda .
    • Bunda biz ko’rishimiz bo’lgan narsalar: shirin visol , achchiq haqiqat

    Ven diogrammasi

    • Maryam sodda , unchalik ham chiroyli bo’lmagan , baxtsiz ,mehribon
    • Laylo chiroyli, sodda, ona, samimiy mehribon
    • Umumiy jihatlari mehribon, sodda, baxtsiz , xo’rlangan

    Download 2.59 Mb.




    Download 2.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xolid Husayniy “ming quyosh shu’lasi”

    Download 2.59 Mb.