• Mavzu
  • Ta`limiy maqsad
  • Dars turi
  • I.Tashkiliy qizm
  • III.Yangi mavzu bayoni: Gazlamani bichishga tayyorlash
  • Yubka bichish
  • IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Mavzu: Yubka andazasini tayyorlash va bichish. Gazlama ustiga andazani joylashtirish, gazlamani bichishga tayyorlash va bichish Tarbiyaviy maqsad




    Download 37 Kb.
    Sana13.11.2023
    Hajmi37 Kb.
    #98113
    Bog'liq
    Yubka bichish
    yubka slayd



    6-sinf

    Sinf

    6-A

    6-B

    6-D

    6-E

    6-F

    6-g

    Sana



















    Mavzu: Yubka andazasini tayyorlash va bichish. Gazlama ustiga andazani joylashtirish, gazlamani bichishga tayyorlash va bichish
    Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga yubkalar haqida ma`lumot berish, olgan bilim ko`nikmalarini amalda joriy etish,tejamkorlikni o`rgatish.Ularni milliylik ruhida tarbiyalash.
    Ta`limiy maqsad: Yubkalar haqidagi bilimlani oshirish, bichish qoidalarini tushuntirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:Yubkalar haqida bilim, ko`nikma malakalarini rivojlantirish .
    Shakllantiriladigan kompetensiya: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 hisob-kitoblarga asoslanib shaxsiy, rejasini tuza olish va hisob-kitob bilan ish yuritish.
    Dars turi: Yangi bilimlarni berish.
    Usul: Nazariy, ko`rgazmali, savol-javob.mustaqil. amaliy.
    Asbob moslamalar: Sm lenta, qalam, jadval, ish qutichasi. Mato.tikuv mashinasi.
    Darsning borishi; I.Tashkiliy qism. II.O`tgan mavzuni mustahkamlash.III.Ynagi mavzuni o`rgatish. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.V.O`quvchilarni baholash.VI.Uyga vazifa .
    I.Tashkiliy qizm:I,Salomlashuv. Davomatni aniqlash.Darsga tayyorgarlik ko`rish.Navbatchilik
    II.O`tgan mavzuni mustahkamlash:
    Yubkani bichishda bo`ylama ip qanday yo`naladi?
    Yubkaning chizmasini chizish uchun qanday o`lchovlar olinadi?
    Yubkaning kengligi qaysi o`lchovda olinadi?
    Vitochka nima uchun olinadi?
    Bir-biringizni o`lchovingizni oling.
    Yubka qismlarining nomlarini ayting.
    III.Yangi mavzu bayoni: Gazlamani bichishga tayyorlash
    Gazlamani o`ngi va teskarisini, bo`ylama va ko`ndalang iplarini aniqlash. Gazlama nuqsonlarini belgilab qo`yish.Andazani gazlamaga joylashtirishda uning gullari yo`nalishiga va tukiga ahamiyat beriladi.Gazlamaning tuki pastdan yuqoriga qaratib bichiladi.Gazlamaninig gullari bir tomonga y`onalgan bo`lsa, andazani hamma qismlarini bir tomonga qaratib joylashtiriladi.Belbog` qismi esa, bo`y ip yo`nalishiga ko`ndalang joylashtiriladi. Bir xil parallel qismlari ham bir tomonga yo`naltirib joylashtiriladi.Gazlama yirik katak va yo`l-yo`l gulli bo`lsa, unga andazani qo`yganda yo`llari va kataklari bir-biriga mos tushishi shart.Agar gazlama yo`lli bo`lsa, andazani bo`lylamasiga yoki lo`ndalangiga qo`yiladi. Archa qilib bichishda hamma chekkalari ustma-ust qo`yiladi.
    Yubka bichish

    1. Gazlamadan bo`ylama ipi bo`yicha belbog` uchun eni 7sm qilib bichib olinadi.

    2. Gazlamani o`ngini o`ngiga qaratib andazani joylashtiriladi.

    3. Andazani gazlamaga to`g`nog`ich bilan qadab chiqiladi

    4. Andazaning atrofini chizib chiqiladi, andazada ko`rsatilgan chok haqlarini qoldirib, yana qaytadan chizib chiqiladi.

    5. Yubkaning qismlarini chok haqi qoldirilgan chiziq bo`yicha bichiladi.

    Bichiqning qismlarini tikishda tayyorlashda yubkaning beldan bo`ksagacha bo`lgan qismini gavdaga moslashtirish uchun vitochka, taxlam olinadi. Buni bir tomondan ikkinchi tomonga salqi qaviq solib ko`chiriladi, o`rtasiga ko`klash qaviq qatori solinadi
    IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Bitachkalar nima uchun kerak?
    Vitochkalar qanday tarzda tikiladi?
    Nima uchun aylana o`lchovlari yarmi yoziladi?
    Uzunlik o`lchovlari qanday yoziladi?
    V.O`quvchilarni baholash
    VI.Uyga vazifa: Yubkani tikib kelish
    Download 37 Kb.




    Download 37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yubka andazasini tayyorlash va bichish. Gazlama ustiga andazani joylashtirish, gazlamani bichishga tayyorlash va bichish Tarbiyaviy maqsad

    Download 37 Kb.