Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari




Download 45,78 Kb.
bet3/13
Sana04.06.2024
Hajmi45,78 Kb.
#259879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A.Sarvinoz kurs ishi (1)

Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, Tovar belgilari va boshqa Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
- Ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, Tovar belgilari va boshqa Intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan, ro’yxatdan o’tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish;
-Davlat patent fondini va Intellektual mulkning rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ularning saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining xo’jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini ta’minlash;
-Intellektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga “yagona darcha” tamoyili boyicha davlat interaktiv xizmatlari ko’rsatish;
-Korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash bo’yicha konsultativ va amaliy ko’maklashish, shuningdek intellectual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
-Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Agentlik o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Intellektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni ko’rib chiqish uchun belgilangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
- Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, Tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, electron hisoblash mashinalari (keying o’rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumot bazalari va integral mikrosxemalar texnologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko’rib chiqishga qabul qiladi;
- Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini davlat ekspertizasidan o’tkazadi, ko’rsatilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro’yxadan o’tkazishni amalga oshiradi, muhofaza qilish hujjatlarini beradi, O’zbekiston Respublikasida umumiy bo’lgan Tovar belgilarining tegishli reyestrlarini va ro’yxatini yuritadi;
- Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, Tovar belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylar nomi,EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga, berilgan buyurtmanomalarining belgilangan tovarlarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo’yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi;
- Ko’rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining Qishloq xo’jaligi ekinlari navlarini sinash markazi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi;
- Muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;
- Intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to’g’risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to’liq yoki qisman o’zgaga berish to’g’risidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;
- Intellektual mulkning rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
- Davlat patent fondini butlash ishlarini tashkil etadi va o’tkazadi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo’jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;
- Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellectual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarini himoya qilish masalalari bo’yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
- Patent bo’yicha vakolatli vakillarni attestatsiyadan va ro’yxatdan o’tkazadi, patent bo’yicha vakolatli vakillarning davlat reyestrini yuritadi;
- Intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish bo’yicha huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa davlat organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;
- Mualliflik huquqi va aralash huquqlar to’g’risidagi qonun buzilishlari to’g’risida belgilangan tartibda xulosa beradi;
- Tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va aralash huquqlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiqligi haqida xulosa beradi;
- Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun dasturlarni tiklash, realizatsiya qilish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- Petent-axborot va boshqa xizmatlar ko’rsatganlik uchun to’lov miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam ko’rsatadi;
- Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro kooperatsiyani va o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
- Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish bo’yicha idoralararo axborot hamkorligini amalga oshiradi;
- Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari uchun intellectual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, intellectual mulk sohasida kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- Intellektual mulk sohasida faoliyatrni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va ularda qatnashadi;
- Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirish uchun intellectual mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi;
- Qonunchilikka muvofiq Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini ko’rib chiqadi;
- Intellektual mulk masalalari bo’yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoizumlar, konferensiyalar, seminarlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va ularda qatnashadi;
- Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan qonuniy foydalanish to’g’risidagi masalalarda aholi keng qatlamalarining huquqiy madaniyati savodxonligini oshirish tadbirlarini o’tkazadi;
- Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro shartnomalar tuzish to’g’risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi hamda Vazirlar Mahkamasi topshirig’iga binoan mazkur shartnomalarni imzolaydi;
- Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xorijiy patent idoralari, xalqaro mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlarini va patent-huquqiy adabiyotlarni xalqaro almashishni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o’rganish va undan foydalanishni tashkil etadi;
- Intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi hamda ushbu hamkorlik doirasida intellectual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo’lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo’yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ishlarida qatnashadi;
O’zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o’z vakolatlar doirasida ta,minlaydi.



Download 45,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 45,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari

Download 45,78 Kb.