Darsning mavzusi: Davlat boshqaruv shakllari
Darsning ta’limiy maqsadi:- Davlat boshqaruv shakllari unig maqsad vazifalarini o’quvchilarga tushuntirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi Davlat boshqaruv shakllari kelib chiqishi ijtimoiy iqtisodiy hayotidagi o’rnini o’quvchilarga tushuntirish haqida o’quvchilarning dunyoqarashlari shakallantirish
Darsning rivojlantiruvshi maqsadi: mavzu orqali o’quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o’rgatish, nutq madaniyati huquqiy ongini o’stirish, huquqiy demokratik davlatga munosib farzandlarni tarbiyalashga erishish, davlat haqidagi bilimlarni, ko’nikmalarni rivojlantirish, jamiyat haqidagi bilimlarni, ko’nikmalarni rivojlantirish.
Egallanishi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar:
,davlatning inson hayotida tutgan o’rnini o’quvchilarga tushuntirish
,davlatning va ularning belgilari haqidagi bilimlarga ega bo’lishlari lozim.
Darsning jihozi: 1.Darslik;
2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar;
4.Ko’rgazmali qurollar (xarita, yozuv taxtasi, bur, davlat ramzlari suratlari, boshqotirma varaqlari, plakat-ko’rgazma, testlar, jadval, kompyuter, videoproyektor).
Tarqatma materiallar: darsda o’rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
Asosiy tushunchalar va atamalar:;
Davlat boshqaruv shakllari t
Davlat
Tuzilish shakli
Yangi dars mavzusining mundarijasi:
O’qituvchi dars mavzusi va maqsadini e’lon qiladi hamda ushbu mavzuni o’rganayotganda o’quvchilar egallaydigan bilimlar va ko’nikmalar sanab o’tiladi.
Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog’oziga yozib qo’yish zarur.
O’qituvchi slaydlar orqali yangi mavzu va darsning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Dars mazmunini ro’yobga chiqarish ustida ishlash.
III. Dars yakunlarini chiqarish.
IV. Uyga topshiriqlar.
Darsning blok chizmasi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
O’rganilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Matn ustida ishlash.
|
10 daqiqa
|
4
|
Ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish.
|
8 daqiqa
|
5
|
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar bilan ishlash.
|
8 daqiqa
|
6
|
Darsdagi ishlar yakunlarini chiqarish.
|
3 daqiqa
|
7
|
Uyga topshiriqlar.
|
2 daqiqa
|
Yangi mavzu bayoni
Davlat boshqaruv shakllari
Davlat quyidagi asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi:
boshqaruv shakli;
hududiy tuzilishi;
siyosiy tartib (rejim).
-
Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo’linishi tushuniladi.
|
Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va respublika turlariga bo’linadi.
Monarxiya – oily hokimiyat yakka hokim- davlat boshlig’ining qo’lida bo’lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruv shakli.
-
Monarxiya- yunoncha so’z bo’lib, yakka hokimlik ma’nosini bildiradi.
|
Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i sifatida maydonga chiqadi;
monarx davlatni yakka o’zi boshqaradi;
monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi;
monarx o’z faoliyatida mustaqildir;
hokimiyatni o’rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
umrbod boshqaruv;
monarx o’z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.
Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo’ladi.
Agar monarx o’z davlatini boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron bir idora bilan cheklanmasa bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.
Agar monarxning hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron bir idora bilan cheklangan bo’lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament boshqaruvi shaklidagi monarxiya bo’ladi (masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).
“Respublika” so’zi yunoncha umumiy ish ma’nosini bildiradi. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo’lgan davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
hokimiyat oily idoralarining saylab qo’yilishi;
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
hokimiyat oily idoralarining o’z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;
qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi idora bo’lgan sudlar obro’yining ortishi;
fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
Respublikalar prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika hamda aralash shaklidagi respublika turlariga bo’linadi.
Prezidentlik respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo’lgan Prezident boshqaradi.
Parlamentar respublikada davlat boshlig’i- president saylanuvchi mansabdor shaxs bo’lib, asosan, parlament tomonidan saylanadi.
Boshqaruv shakli deganda davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o’zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
|
|