• 2. Aksiyada ishtirok etish shartlari
  • Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling




    Download 465.67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana02.08.2023
    Hajmi465.67 Kb.
    #77878
      1   2   3   4
    Bog'liq
    “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish
    2-chi labaratoriya ishi Elektronika, Labaratoriya ishi, 14-tema, Kompyuter savodxonligi – Test Familiya Ism Eslatma !, Nazarov abbosning Umumiy psixologiya fanidan kurs ishi mavzu, SABUROVA MAXSUDA AXMEDOVNA QAYD VARAQA, FRANSUZ TILI O\'RGANISH, PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, Презентация1, 3 seminar, XQ sillabus qq, Farhod va shirin dostonida she`riy san`atlar talqini, Список рыб, занесённых в Красную книгу Узбекистана, turon


     
    “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” 
    aksiyasini o‘tkazish shartlari 
    1.Aksiyaning umumiy shartlari 
    1.1. Aksiyani o‘tkazish muddati – 2022-yil 1-apreldan 2023-yil 31-dekabrgacha. 
    1.2. Aksiyada tarmoq qamrovi zonasida joylashgan, texnik imkoniyati mavjud bo‘lgan 
    barcha jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan, 
    yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar 
    ishtirok etishi mumkin. 
    1.3. Aksiyada Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlaridan (keyingi o‘rinlarda – 
    telekommunikatsiya xizmatlari) foydalanuvchi Abonentlar ishtirok etishi mumkin. 
    1.4. 
    Aksiya doirasida abonentlarga FTTB, GPON texnologiyalari bo‘yicha 
    telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish davrida foydalanish uchun abonent qurilmalari 
    taqdim etiladi, keyinchalik ushbu Aksiya shartlari bajarilgandan so‘ng, ularga egalik qilish 
    huquqi Abonentga o‘tadi. “Abonent qurilmalari” deyilganda, telekommunikatsiya xizmatlarini 
    ko‘rsatish uchun so‘nggi mil uskunalari nazarda tutiladi, jumladan: FTTB texnologiyasi uchun 
    tarmoq marshrutizatorlari, PON texnologiyasi uchun GPON terminallari (to‘liq jamlamada 
    ONT-modem, ATB abonent rozetkasi). 
    2. Aksiyada ishtirok etish shartlari 
    2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun abonentlar Kompaniya telekommunikatsiya 
    xizmatlarning YANGI 3, YANGI 4, YANGI 5, YANGI 1000 tarif rejalaridan biriga ulanishlari 
    lozim. 
    2.2. Abonent Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlaridan maʼlum oylar
    (hisob-kitob davri) davomida tarifni pasaytirmasdan foydalanishi shart. Har bir tarif rejasi uchun 
    hisob-kitob davri quyidagicha: 
    Yangi abonent qurilmalari uchun: 
    • YANGI 3 (169 990 so‘m) - 12 ta hisob-kitob davri; 
    • YANGI 4 (199 990 so‘m) - 6 ta hisob-kitob davri; 
    • YANGI 5 (349 990 so‘m) - 3 ta hisob-kitob davri; 
    • YANGI 1000 (999 990 so‘m) - 1 ta hisob-kitob davri. 
    Avval foydalanilgan abonent qurilmalari uchun: 
    • YANGI 4 (199 990 so‘m) - 2 ta hisob-kitob davri; 
    • YANGI 5 (349 990 so‘m) - 1 ta hisob-kitob davri; 
    • YANGI 1000 (999 990 so‘m) - 1 ta hisob-kitob davri. 
    2.3. Agar abonent Aksiya bo‘yicha xizmatlarga ulangandan so‘ng, shaxsiy kabinet yoki 
    MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali tarif rejasini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa (2.2-bandda 
    belgilangan muddatlar tugagunga qadar), bunday holatda, faqat abonent to‘lovi amaldagi tarif 
    rejasidan yuqoriroq bo‘lgan tarif rejalariga o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Bunda hisob-kitob 
    davrlari soni Aksiya bo‘yicha ulanilgan dastlabki tarif rejasini inobatga olgan holda saqlab 
    qolinadi. 


    Misol: Abonent “YANGI 4” tarif rejasiga (199 990 so‘m) Aksiya orqali ulandi va bir 
    oydan keyin (hisob-kitob davri) tarifni o‘zgartirishga qaror qildi. YANGI 3 (169 990 so‘m) 
    tarifiga o‘tishga harakat qilinsa, o‘tish imkonsiz bo‘ladi, mavjud YANGI 5 tarifiga (349 990 
    so‘m) o‘tilsa, Aksiya bo‘yicha qolgan muddat 5 hisob-kitob davrini tashkil etadi. 
    2.4. Abonent qurilmasi taqdim etilganda (yangi ulanish, texnologiyani o‘zgartirish yoki 
    mavjud abonentga qurilma taqdim etilganda), Abonent kelgusi hisob-kitob davri uchun abonent 
    to‘lovi bo‘yicha avans to‘lovini, shuningdek, bir martalik ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini 45 000 
    so‘m miqdorida amalga oshiradi. 
    2.5. Yangi ulanish paytida, ushbu shartlarning 2.4-bandiga muvofiq Aksiya doirasida 
    ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi to‘langanda, telekommunikatsiya xizmatlari tariflarining shartlari 
    (“Internetga keng polosali ulanish xizmatlari va tariflar narxnomasi”)da ko‘zda tutilgan 
    ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinmaydi. 
    2.6. GPON texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga kirish xizmatlariga ulanganda
    va ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha statsionar telefon aloqasi mavjud bo‘lmaganda, Abonentga
    IP-telefoniya xizmatlariga ulanish tavsiya etiladi (tarif rejasining shartlariga muvofiq). 
    2.7. Abonentning Aksiyada ishtiroki davomida abonent to‘lovi o‘z vaqtida amalga 
    oshirilishi majburiy shart hisoblanadi. Abonent qurilmasi taqdim etilgan kundan boshlab, aksiya 
    bo‘yicha ulangan telekommunikatsiya xizmatlari ushbu shartlarning 2.2. bandida belgilangan 
    muddatlar mobaynida moliyaviy blokirovkaga o‘tmasdan faol holatda bo‘lishi kerak. 
    2.8. Amaldagi Abonentlar ulanish texnologiyasini boshqa texnologiyaga o‘zgartirganda 
    Aksiyada ishtirok etishlari mumkin: 
    • ADSL, VDSLdan FTTBga, GPONga; 
    • FTTBdan GPONga. 

    Download 465.67 Kb.
      1   2   3   4




    Download 465.67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling

    Download 465.67 Kb.
    Pdf ko'rish