Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni reja




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana17.09.2023
Hajmi0.6 Mb.
#82301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA
2-chi labaratoriya ishi Elektronika, Labaratoriya ishi, 14-tema, Kompyuter savodxonligi – Test Familiya Ism Eslatma !, Nazarov abbosning Umumiy psixologiya fanidan kurs ishi mavzu, SABUROVA MAXSUDA AXMEDOVNA QAYD VARAQA, “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish, FRANSUZ TILI O\'RGANISH, Презентация1, 3 seminar, XQ sillabus qq, Farhod va shirin dostonida she`riy san`atlar talqini, Список рыб, занесённых в Красную книгу Узбекистана, turon


PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING 
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI 
REJA: 
1. 
О`qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o`rni 
2. 
Pedagogik mahorat tushunchasi
3. 
Pedagogik ta’sir vositalari haqida umumiy tushuncha. 
Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan 
beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik 
kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab 
kasb hisoblangan. 
Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni 
ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan 
hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor 
berilmoqda. 
Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bosqichma-bosqich 
muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy 
nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol 
avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning 
saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga 
bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini 
bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi 
muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi 
mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga 
tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, 
pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli 
pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur.
Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini 
yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega.
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini 
o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi 
o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, 
talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim. 
Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi 
tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi. 
Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan 
ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz 
fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan 
ajrata oladilar. 
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar 
ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim. 
Bular quyidagilar: 
- Ijtimoiy bilimdonlik 
Dars mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish, 
yoshlar bilan til toptirish va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati. 


- Uslubiy bilimdonlik- 
Barcha bilimlarini, ko`rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda 
yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati. 
- Kasbiy bilimdonlik 
O`z fanini va predmeti sohasi bo`yicha chuqur va har tomonlama mukammal 
bilimlariga ega bo`la olishi, o`z ustida ishlash qobiliyati. 
Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy 
bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. 
Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab-
takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga 
erishadi. 
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi 
mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish 
uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g’avg’o
ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu 
sababdan bo`lsa kerak: 

Download 0.6 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni reja

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish