Zamonaviy teleradio tizimlarining antenna qurilmalari




Download 1.63 Mb.
bet1/49
Sana06.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#94662
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Sim ken pol tex
74ab99ad-9f6c-4b97-8a95-41f46378db9c, I bob Boshlang`ich sinflarda rivoyat va hadislarni o`quvchilarg, Buxoro davlat universiteti, Doniyor Suvonov Telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni tasniflash, Arrizo 6 Pro price UZ - 15 06 2023 Web, Shohrux ARXEOLOGIYA, Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. M, Gnoseologiya bilish nazariyasi. Axborotlashuvning falsafiy asos, 1-O.N. Topshiriqlari, Tema12, 6-Labaratoriya jumisi (2), 1670911787, 4-mavzu. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish, xZnNXeM6KwCUFFZCvpVC9A58IYN90oied0U3Dxzr

KIRISH


Ushbu ma’ruza matnlari “Zamonaviy teleradio tizimlarining antenna qurilmalari” fanidan o‘qilayotgan ish rejasiga mos keladi va 70611002 – “Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanni o‘rganishda o‘quv dasturida amaliy mashg‘ulotlarni bajarilishi ko‘zda tutilgan.


Talaba ushbu ma’ruza matnlaridan IEEE 802.11 standartning arxitekturasini, protokollar stekini, IEEE 802.11а: IEEE 802.11b;IEEE 802.11g; IEEE 802.11n standartlarini, simsiz tarmoqlarning tashkil etish va rejalashtirilishni, infratuzilmali rejimni, WDS, WDS with AP rejimlarni, Ad Hoc rejimini, tarmoqlarning ishlash rejimlari va ularning tashkillashtirish xususiyatlarini, Wimax texnologiyasini, uning asosiy xarakteristikalarini, ishlash printsplari va rejimlarini, simsiz tarmoqlar xavfsizligiga tahdidlar va xavflarni, simsiz tarmoqlar xavfsizlik protokollarini, WEP shifrlash mexanizmini, simsiz tarmoqlarda audentifikatsiyalash WPA spetsifikatsiyasini, simsiz tarmoqlarda audentifikatsiyalashni 802.11i (WPA2), uzatiladigan ma’lumotlarning butunlik va konfedentsialli texnologiyasini, RFID, ZigBee, NFC, Bluetooth kеng pоlоsаli ulanish texnologiyalarini, raqamli aloqa tizimlaridagi “signal-shovqin” nisbatini o‘rganishi nazarda tutilgan.
.
  1. ma’ruza


Simsiz kеng pоlоsаli ulanish texnologiyalari

Reja:


  1. Simsiz kеng pоlоsаli ulanish texnologiyalarining o‘ziga xosligi.

  2. IEEE 802.11 standartlari.

Simsiz axborot tizimlari va tarmoqlari yanada katta ommaviylikka ega bo‘lib bormoqda, chunki ular an’anaviy simli tarmoqlarga qaraganda qator afzalliklarga ega. Lekin chastotalar spektrining litsenziyalanmaydigan dipazonida ishlaydigan foydalanuvchilarning katta soni halaqitlarning ortishiga va har bir ma’lum tarmoqdagi shovqin darajasining oshishiga olib keladi. Tarmoqning unumdorligiga boshqa radiotexnik vositalarning ishlashi keltirib chiqaradigan halaqitlar ham sezilarli ta’sir qiladi.
So‘nggi yillarda ma’lumotlarni simsiz uzatish tarmoqlari telekommunikatsion industriyaning rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Texnologiyalar o‘zgardi, lekin uzatishning mazmuni – ma’lumotlar berilgan vaqtda bitta nuqtadan boshqasiga kelishi uchun bir necha turli elementlarni uzaro ta’sirlashishini tashkil etish o‘zgarmasdan qoldi.
Butun dunyoda va O‘zbekistonda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining keskin rivojlanishi quyidagi afzalliklarga bog‘liq bo‘ldi:

  • arxitekturaning tez moslashuvchanligi, ya’ni mobil foydalanuvchilarning ulanishida, harakatlanishida va uzilishida vaqtning suzilarli yo‘qotilishlarisiz tarmoqning topologiyasini dinamik o‘zgartirish imkoniyati;

  • ma’lumotlarni yuqori uzatish tezliklari;

  • loyihalashtirish va qurishning tezkorligi;

  • ruxsat etilmagan ulanishdan yuqori himoyalanganlik darajasi;

  • qimmat turadigan va hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydigan optik tolali yoki mis kabelni yotqizish va ijaraga olishni radi etish.

Radiotizimlar zamonaviy atamashunoslikda tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlariga bo‘linadi. Farq, avvalo qo‘llaniladigan tebranishlar
tashuvchilari tuzilmalaridan iborat. Tor polosali tizimlarga kiradigan an’anaviy radiovositalar signal tashuvchisi sifatida bir chastotali garmonik tebranishlarni ishlatadi. Bunday tizimlardagi ajratilgan chastotalar dipazonida ko‘plab foydalanuvchilarning ishlashi imkoniyatini ta’minlash uchun uzatiladigan signallar chastotalari polosalarini iloji boricha kamaytirishga uriniladi. Keng polosali aloqa tizimlarida tebranishlar tashuvchilari sifatida keng polosali psevdo-tasodifiy signallar qo‘llaniladi. Bunda har bir foydalanuvchining signali chastotalar diapazonining butun ajratilgan oralig‘ini egallaydi, alohida signallarni ajratish esa kodli usullarda amalga oshirildi.
IEEE 802.11 standarti ma’lumotlar simsiz keng polosali uzatish tarmoqlarining keskin kengayishi, RadioEthernetdan foydalanish bilan radiokanal bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini taqdim etadigan operatorlar sonining, shuningdek bu xizmatlar foydalanuvchilari sonining ortishi elektromagnit moslashuvchanlik muammosiga olib keldi. Ayniqsa, bu RadioEthernet-provayderlar soni 5-10 taga etadigan yirik shaharlar uchun xarakterli bo‘lib qoldi. Natijada 2,4-2,5 GGs chastotalar diapazoni kuchli o‘ta yuklangan va shovqinlashgan bo‘lib qoldi.
Shovqinlashganlik muammosi ko‘rsatilgan diapazon yaqinida GSM-1800 sotali aloqa, radioreleli aloqa tizimlari, idoraviy vatijorat ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va boshqalar intensiv ishlaydigan boshqa hududlar uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunday vaziyatning yakuniy natijasi radioaloqa sifatining yomonlashishi va mos ravishda oxirgi foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishi bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, yaqin vaqtlarda RadioEthernetga yaqin 2,5-2,7 GGs dipazonda ishlaydigan MMDS texnologiyasi asosidagi keng polosali simsiz ulanish tizimlarning qurilishi keltirib chiqaradigan vaziyatning qo‘shimcha o‘tkirlashishi kutilmoqda
Yuzaga kelgan vaziyat ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlarini o‘z tizimlari radiokanallarida halaqilar sathlarini kamaytirish uchun usullar va vositalarni izlashga majburlamoqda. Shunga ko‘ra, halaqitbardoshlikni oshirish masalalarini echilishining bo‘lishi mumkin yo‘llarini, ma’lumotlarni simsiz uzatish
tarmoqlarida radioaloqa sifatini yaxshilashga asosiy yondashishlarni tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.
Simsiz lokal tarmoqlarning eng ommaviy standarti IEEE 802.11 standarti hisoblanadi. IEEE – ingl. Institute of Electrical and Electronics Engineers (Elektr va elektronika bo‘yicha muxandislar instituti) simli va simsiz axborot uzatish tarmoqlari sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Simsiz tarmoqlar standartlarini yaratish sohasidagi boshlang‘ich nuqta sifatida IEEE tashkiloti tomonidan 1990 yilda 802.11 qo‘mitasining tashkil etilishi hisoblanadi. Bu guruh 2,4 GGs chastotada, 1 a 2 Mbit/sekund ulanish tezliklarida ishlaydigan radioqurilmalar a tarmoqlar uchun umumiy standartni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. Standart ustida ishlar 7 yildan keyin yakunlandi va 1997 yilning iyunida birinchi 802.11 spesifikatsiya ratifikatsiya qilindi. IEEE 802.11 standarti simli tarmoqlar uchun ko‘plab standartlarni ishlab chiqadigan mustaqil xalqaro tashkilotdan WLAN mahsulotlari uchun birinchi standart hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu texnologiyaning yangi standartlari (IEEE 802.11n) 300 Mbit/sekundgacha tezlikni bir necha yuzlab metr masofalargacha ta’minlashga qodir.
802.11 standartlari to‘plami 802.11 MAS nimdarajasi bilan ishlatilishi mumkin bo‘lgan fizik darajaning (Physisal Layer Protocol-PHY) qator ishlatilishi texnologiyalarini aniqlaydi. PHY darajalari quyidagilar (1.1-rasm):

    • 802.11 standartining 2,4 GGs diapazondagi chastotani sakrashsimon qayta sozlashli (FHSS) PHY darajasi;

    • 802.11 standartining 2,4 GGs diapazondagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma- ketlikli usulda spektrni kengaytirishli (DSSS) PHY darajasi;

    • 802.11b standartining 2,4 GGs diapazonda komplementar kodlashli PHY darajasi;

    • 802.11a standartining 5 GGs diapazondagi ortogonal chastotaviy multipleksirlashli (OFDM) PHY darajasi;

    • 802.11g standartining 2,4 GGs diapazondagi kengaytirilgan fizik darajasi (Extended Rate Phisical Layer-ERP).

802.11 standarti fizik darajalarining asosiy vazifasi MAS nimdarajasi uchun simsiz uzatish mexanizmlarini ta’minlash, shuningdek simsiz muhit holatini baholash va u haqida MAS nimdarajaga xabar berish kabi ikkilamchi funksiyalarni bajarilishi qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. MAS va PHY darajalari mustaqil bo‘lishi uchun shunday ishlab chiqildi. Aynan MAS va PHY nimdarajalari orasidagi mustaqillik 802.11b, 802.11a va 802.11g standartlaridagi qo‘shimcha yuqori tezlikli fizik darajalarni ishlailishiga imkon berdi.
802.11 standarti fizik darajalarining har biri ikkita nimdarajaga ega:

    • Physical Layer Convergence Procedure (PLCP). Fizik daraja holatini aniqlash protsedurasi;

    • Medium Dependent (PMD). Fizik darajaning uzatish muhitiga bog‘liq bo‘lgan nimdarajasi.



1.1-rasm. PHY darajaning nimdarajalari


PLCP nimdaraja borligicha simsiz muhit orqali ma’lumotlarni u yoki bu uzatish va qabul qilish usuli ishlatiladigan PMD nimdarajasidan foydalaniladigan
MAS-stansiyalar orasida MAS protokoli ma’lumotlari elementlarining (MAS Protocol Data Units-MPDU) harakatlantirilishi amalga oshiriladigan o‘zaro ta’sirlashishni ta’minlash darajasi hisoblanadi. PLCP va PMD nimdarajalar 802.11 standartining turli variantlari uchun farq qiladi.
Fizik darajalarni o‘rganishga kirishishda oldin fizik darajaning tashkil etuvchilaridan biri bo‘lgan skremblirlashni ko‘rib chiqamiz.
Zamonaviy uzatkichlar asosida yotadigan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish mumkin bo‘lgan xususiyatlardan biri bu uzatish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar uzatkich nuqtai nazaridan tasodifiy tarzda kelishi haqida ko‘zda tutish hisoblanadi. Bu ko‘zda tutishsiz fizik darajaning qolgan tashkl etuvchilarining qo‘llanilishi hisobiga olinadigan ko‘plab avzalliklarini ishlatib bo‘lmasdi.
Lekin bo‘ladiki, qabul qilinadigan ma’lumotlar yetarlicha tasodifiy emas va aslida nollar va birlarning takrorlanadigan to‘plamlari va uzun ketma-ketliklaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Download 1.63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy teleradio tizimlarining antenna qurilmalari

Download 1.63 Mb.