|
Mavzu: Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalari Reja: Ishlarni boshidan oxirigacha xavfsiz bajarish bo‘yicha mas’ul shaxslar
|
bet | 1/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 24,62 Kb. | | #146049 |
Mavzu: Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalari
Reja:
1. Ishlarni boshidan oxirigacha xavfsiz bajarish bo‘yicha mas’ul shaxslar.
2. Mas’ul shaxslarning xuquq va vazifalari.
Ish rahbari 4.11.1.-bandda eslatilgan hamda quyidagi ish sharoitlarida tayinlanishi zarur;
- havo elektr uzatish tarmoqlarini qo‘riq maydonlarida mexanizm va yuk ko‘tarish mashinalari yordamida bajariladigan ishlarda;
- kuchlanish ostida bo‘lgan havo elektr uzatish tarmoqlarini himoya zonalarida hamma turdagi ustunlarni o‘rnatish, olib tashlash va simlarni (trosslarni) almashtirish hamda boshqa havo elektr uzatish tarmoklari bilan, I klassli radiouzatish tarmog‘i fideri bilan, temir va katta yo‘llar bilan, kemalar qatnovi tashkil qilingan daryolar bilan kesishgan joylarda ish bajarishda;
- ishlab turgan havo elektr uzatish tarmog‘i kuchlanishining ta’siridan paydo bo‘ladigan kuchlanish zonasida va aholi punktlaridan o‘tgan havo aloqa tarmoqlarida simlarni almashtirish va yangisini osishda;
- machtali o‘tish havo aloqa tarmoqlarini qurish, tarmoq oxiri va qayrilish joylaridagi ustunlarni almashtirishda;
- kabel aloqa tarmoqlarini sinashda;
- navbatchisiz kuchaytirgich punktlari apparatlaridagi ishlarda;
- yyerga ulagich pichog‘ini ulanmagan aloqa to‘lqinlarini filtrdan o‘tkazuvchi qo‘yilmalardagi ishlarda.
Filtr qurilmalari ichini ochmasdan bajariladigan ishlar bundan mustasno.
Naryad beruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish rahbari tayinlashga ruxsat etiladi.
17.1.3. Ish joyi tayyorlash jarayonida o‘chirish-yoqish apparatlari bilan operatsiya qilish talab qilinmasa, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari uskunalarida ish rahbari yoki ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishboshchi ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi saqlagichlarni olishi va brigada a’zolari bilan birgalikda ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatishi mumkin.
17.1.4. Dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari uskunalarida farmoyish bilan ushbu Qoidani 4.11.14 - 4.11.21, 4.12.2, 4.12.3. - bandlarida ko‘rsatilgan hamda quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
- elektr uzatish tarmog‘i kuchlanishi va I klassli radiouzatish tarmog‘i fideri ta’sir o‘tkazmaydigan uzilgan havo aloqa tarmoqlari va kabel aloqa tarmoklaridagi ishlar;
Ko‘riladigan masala: YUKEUL (VL), podstansiya va elektr stansiyalarining elektr qurilmalarida yerga ulagichni o‘rnatish masalasi ko‘riladi.
Tok o‘tkazuvchi qismga yerga ulagichni o‘rnatish kuchlanish yo‘qligini tekshirilgan zahotiyoq bajarilishi kerak.
Kuchma yerga ulagich avval yerga ulanadigan qurilmaga, keyin kuchlanish yo‘qligi tekshirilgan zahoti tok o‘tkazuvchi qismga o‘rnatilishi kerak.
Ko‘chma yerga ulagichni olishda uni teskari tarzda: oldin tok o‘tkazuvchi qismidan olib tashlab, keyin yerga ulangan uskunalardan olib tashlanadi.
Ko‘chma yerga ulagichni dielektrik qo‘lqopda 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida izolyasion shtanga qo‘llab qo‘yish va olish shart. Ko‘chma yerga ulagichni tok o‘tkazuvchi qismga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‘lqop kiyib qo‘lda mahkamlash kerak.
Ushbu Qoidaning 9.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgandan tashqari hollarda yerga ulagich uchun mo‘ljallanmagan simlarda foydalanish man qilinadi.
Ushbu Qoidani 4.3.2.7.5 va 15.2.1 bandlarda ko‘satilgan hollardan tashqari barcha elektr uskunada farmoyish bilan ish olib borishda ishboshi elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lishi mumkin.
Elektr uskunada mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lmagan brigada ishchilari ustidan nazorat olib borish uchun nazorat qiluvchi shaxs tayinlanishi kerak.
Nazorat qiluvchi quyidagilarga javob beradi:
— tayyorlangan ish joyi naryad ko‘rsatmasiga mos ekanligiga;
— ish joyiga qo‘yilgan yerga ulagichning, to‘siqlarning, xavfsizlik shiorlari va belgilarining, o‘chirish uzatkichlari qulflarining butkul saqlanishiga;
— ish olib borayottan brigada a’zolarining tok o‘rish xavfidan saqlashga;
Ish jarayoni bilan bog‘liq xavfsizlikka javobgar shaxs, shu brigada boshqaruvchisi bo‘lib, bu shaxs brigada tarkibiga kirib, doimo ish joyida bo‘lishi shart. Uning familiyasi naryadning «alohida ko‘rsatmalar» deb qayd etilgan satriga yozib qo‘yilishi kerak.
Nazorat qiluvchi shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan ishchidan tayinlanishi mumkin.
Har bir brigada a’zosi ushbu Qoida talablarini, ishlashga ijozat berish paytidagi va ish jarayonida olgan yo‘riqnoma hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma talablarini bajarishi shart.
Korxona rahbarining yozma ko‘rsatmasi bilan o‘z ishchilariga qo‘yidagi huquqlarni berish rasmiylashtiriladi: naryad, farmoyish beruvchi, ish rahbari, ishboshchi, ishlashga ijozat beruvchi (tezkor-ta’mirlash xodimidan), shuningdek elektr uskunani yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar.
Javobgar shaxslar o‘rindoshlik yo‘li bilan 4.1.-jadvaldagi qo‘shimcha vazifalarning birini bajarishlari mumkin.
Ish bajarish uchun ish joyini tayyorlashda kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa, quyida ko‘rsatilgan tartibda texnik tadbirlar bajarilishi kerak:
- barcha o‘chirilishi kerak bo‘lgan uskunala ro‘chirilishi, ularning o‘z-o‘zidan yoki yanglishish oqibatida yoqilishiga to‘sqinlik qiluvchi choralarni ko‘rish;
- uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga, qo‘l bilan boshqariladigan yuritmalarga taqiqlovchi shiorlar osish;
- odamlarni elektr toki bilan jarohatlanishdan saqlash maqsadida yerga ulash zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulashdan oldin ularda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
- yergaulagichnio‘rnatish (yergaulagichpichoqlariniulash, ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish);
- zarur bo‘lgan taqdirda ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish va to‘siqlarga xavfsizlik shiorlari osish. Mahalliy sharoitga qarab o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlar yerga ulashdan oldin yoki keyin, to‘siqlar bilan ajratiladi.
Tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlashda, kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa quyidagilar o‘chirilishi zarur:
- ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar;
- odamlar, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni elektr uskunalarining kuchlanish ostidagi to‘siq qo‘yilmagan tok o‘tkazuvchi qismlariga3.1-jadvalida qayd qilingandan kam masofaga yaqinlashishlari mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar.
Elektr uzatish tarmoqlarini o‘chirib ishlash mobaynida, ushbu uzatish tarmog‘ini ayrim qismlari, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘iga 3.1.-jadvalining uchinchi ustunida qayd qilingan masofadan kam masofagacha yaqinlashishlari mumkin bo‘lsa, bu uzatish tarmog‘I ham o‘chirilishi zarur. Ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‘I ustuniga osilgan havo aloqa tarmog‘i ham albatta o‘chirilishi zarur.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarda ish joyiga har tomondan kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlarni o‘chirish yo‘li bilan ko‘rinadigan uziqlar hosil qilinishi kerak. Ko‘rinadigan uziqlar saqlagichni olib qo‘yish, hamda uzgich va quvvat o‘chirgichlari orqali bajariladi (apparatichiga joylashtirilgan prujina ta’sirida avtomatik tarzda ulanadigan kommutatsion apparatlar bundan istisnodir).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalari Reja: Ishlarni boshidan oxirigacha xavfsiz bajarish bo‘yicha mas’ul shaxslar
|