|
Xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‘sish
|
bet | 2/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 24,62 Kb. | | #146049 |
31. Xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‘sish
Yoqilishi bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan ajratgich, uzgich va quvvat o‘chirgichlarining yuritmalariga, uzoqdan boshqaruvchi knopkalar va kalitlarni, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan kommutatsion apparatlarga (avtomatlar, rubilniklar, o‘chirgichlarga) «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi zarur.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan avtomat, rubilnigi va o‘chirgichi bo‘lmagan ulamalarda shiorlar saqlagichlar olib qo‘yilgan joylarga osiladi.
Izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda shiorlar to‘siqlarga, bir qutbli ajratgichlarda esa shiorlar har bir ajratgichning yuritmasiga osiladi. Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarda shiorlar 10.9., 10.10.-bandlarga mos ravishda osiladi.
Ajratgichlarning pnevmatik yuritmalariga havo ochadigan zadvijkalariga «Ochmang! Odamlarishlamoqda!» degan shior osiladi.
Kabel va havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarish uchun o‘chirilgan ajratgichlarning yuritmalariga ishlayotgan brigadalarni sonidan qat’iy nazar bitta «Ulamang! Odamlar ishlamoqda!» degan shior osiladi. Bu shior ish joyini tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarni hisobga olib turuvchi xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osiladi va echib olinadi.
Kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘yish uchun vaqtinchalik to‘siqlar yog‘ochdan yoki boshqa izolyasion materiallardan yasalgan shchit, shirma, ekran va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Kuchlanishni olmasdan turib qo‘yiladigan vaqtinchalik to‘siqlardan tok o‘tkazuvchi qismgacha bo‘lgan masofa 3.1.-jadvalida ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘lmasligi kerak.
6-10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida kerak bo‘lib qolgan hollarda bu masofa 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtinchalik to‘siqlarga «To‘xta! Kuchlanish!» degan yozuv yozib qo‘yilgan yoki kerakli xavfsizlik shiorlari mahkamlangan bo‘lishi zarur.
6-15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar bilan to‘sishni iloji bo‘lmagan hollarda o‘chirilgan va kuchlanish ostida qolgan qismlar orasiga (masalan, o‘chirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyasion qoplagich qo‘yishga ruxsat beriladi. Bu izolyasion qoplagich kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
|
| |