|
Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish
|
bet | 5/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 24,62 Kb. | | #146049 |
34. Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‘ini taqsimlovchi elektr uskunalaridan o‘chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion apparatlari oldida yerga ulanishi shart.
Quyidagilarga ruxsat etiladi:
— 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida asosiy elektr tarmog‘i ikki tomonidan yerga ulangan, shoxobchadagi podstansiyalarda esa yerga ulagich o‘chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektr tarmoq yerga ulanmaydi.
— 6-20 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yerga ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan asboblar oldida elektr uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan yerga ulagichlar ish joyi bilan ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‘ida o‘rnatilishi sharti bilan, o‘sha kuchlanish olinib o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini yerga ulamaslik mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yerga ulagichlar yerga ulash uskunalari bor ustunlarga o‘natilishi kerak.
Havo elektr uzatish tarmoqlarini kesishgan joylarida ko‘pzanjirli elektr uzatish tarmog‘ining o‘chirilgan bir tarmog‘ida, kuchlanish ta’siri ostidagi elektr tarmoqda va elektr uzatish tarmog‘ining alohida fazalarida ish bajarish uchun yerga ulagich o‘rnatish bo‘yicha talab 14-bobda keltirilgan.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni faqat ish joyiga qo‘yish etarli.
Ushbu Qoidani 5.6.1.-bandida eslatib qo‘yilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‘lganda troslar ham yerga ulanishi shart.
Sim tortadigan metal roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (zajimlarda) yotgan simlar uchun roliklarning (zajimlarning) o‘zidagi qo‘zg‘almas bo‘lagini yerga ulash kifoya. Metal konstruksiyali hamda temir qobig‘lari yerga ulangan temir-beton ustunlar va undagi roliklar halqasi (oboymasi) va qisqichlar orasida tabiiy tutashish bo‘lsa, rolik va qisqichlarni qo‘shimcha yerga ulash talab qilinmaydi.
|
| |