Mavzu: Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalari Reja: Ishlarni boshidan oxirigacha xavfsiz bajarish bo‘yicha mas’ul shaxslar




Download 24,62 Kb.
bet3/6
Sana25.01.2024
Hajmi24,62 Kb.
#146049
1   2   3   4   5   6
32. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
Kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi ko‘rsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni ishlatish oldidan ishga yaroqligini tekshirishga mo‘ljallangan maxsus asbob yordamida yoki yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismga yaqinlashtirib tekshirib olinadi.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanish ko‘rsatuvchi asbobdan dielektrik qo‘lqopkiyib foydalanish kerak.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini izolyasion shtanga bilan uni tok o‘tkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin. Kuchlanish yo‘qligi uchqun chiqish va chirsillash alomatini yo‘qligidan hisoblanadi. Bir zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligi koronatsiya alomati ovozi chiqib tojlanishni yo‘qligidir.
Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini 1000 V kuchlanishdan yuqorisida IV gruppaga ega bo‘lgan, va 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan uskunalarida III gruppaga ega bo‘lgan bitta navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi tomonidan tekshirishga ruxsat etiladi. Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini ikki ishchi bajarishi shart: 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida IV va III gruppali; 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida III gruppali bo‘lishlari zarur.
Kuchlanish yo‘qligini sxemaga solishtirib joyida tekshirish quyidagi hollarda ruxsat etiladi: ochiqtaqsimlovchi elektr uskunalarida, tashqarida o‘rnatiladigan komplekt taqsimlovchi elektr uskunalar va komplekt transformator punktlarida, shuningdek elektr uzatish tarmoqlarida tuman, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan taqdirda maxsus kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob yo‘q, bo‘lgan hollarda;
330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ikki zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida;
Havo va kabel elektr tarmoqlarining kirimlarida kuchlanish yo‘qligini sxemaga qarab joyida tekshirilgan taqdirda, buni tarmoqning boshqaruvi kimning ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha navbatchi tasdiqlaydi.
Havo elektr tarmog‘ida kuchlanish yo‘qligini sxemaga qarab joyida tekshirish dispetcherlik nomiga mos kelgan tarmoqni yo‘nalishi va tashqi belgisini hamda uning ustunlariga yozilgan belgilariga qarab aniqlashdan iborat.

Download 24,62 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 24,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalari Reja: Ishlarni boshidan oxirigacha xavfsiz bajarish bo‘yicha mas’ul shaxslar

Download 24,62 Kb.